O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

31-rasm. Hayotga qarshi jinoyatlar 
Inson hayoti muqaddas sanaladi. Konstitutsiyamizning 14-moddasida 
“Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish 
yeng og’ir jinoyatdir”, degan qoida o’rnatilgan. Qasddan odam o’ldirish 97-
moddaning ikkinchi qismi bandlari doirasida sodir etilgan bo’lsa, umrbod 
ozodlikdan mahrum qilishgacha bo’lgan jazolar qo’llaniladi.
Hayotga qarshi qaratilgan jinoyatlarda jinoiy tajovuz qaratilgan ob’ekt inson 
hayotidir. Inson hayoti masalasida fikr yuritganda, homilani ona qornidaligi 
holatini shaxs sifatida idrok etib bo’lmaydi. Chunki homila ona tanasining bir 
qismi bo’lib, hali yorug’ olamda nafas olib o’z hayotini boshlamagan bo’ladi. Bola 
ona tanasidan to’liq ajralib chiqishi va mustaqil nafas olishidan boshlab, uning 
hayoti boshlanadi. Biologik o’lim yuz berib, tana faoliyati to’xtaguncha bo’lgan 
davrdagi hayot shaxsning ajralmas huquqi bo’ladi.
Mazkur jinoyatlar ichida nisbatan ko’proq uchraydigani qasddan odam 
o’ldirish (97-modda) hisoblanadi. Ushbu jinoyat jamiyat, oila va farzandlar uchun 
HAYOTGA 
QARSHI 
JINOYATLAR
Qasddan odam o’ldirish
Kuchli ruhiy 
hayajonlanish holatida 
qasddan odam o’ldirish
Onaning o’z 
chaqalog’ini qasddan 
o’ldirishi
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga 
chiqib qasddan odam o’ldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlash chegarasidan chetga 
chiqib, qasddan odam o’ldirish 
Ehtiyotsizlik orqasida 
odam o’ldirish 
O’zini o’zi o’ldirish 
darajasiga yetkazish 
O’zini o’zi o’ldirishga 
undash


221 
og’ir oqibatlarni keltirib chiqaradi. Og’irlashtiruvchi holatlarda odam o’ldirganlik 
mahalla va keng jamoatchilik uchun qo’rquvni yuzaga keltirishi, o’zaro 
ishonchsizlik va tahlikalarni paydo qilishi mumkin. Xususan, ikki yoki undan ortiq 
shaxsni, homilador ayolni, ojiz qariya yoki nogironni o’ta shafqatsizlik bilan, bir 
guruh shaxslar yoki o’ta xavfli retsidivist tomonidan o’ldirilishi kabi holatlar inson 
ko’ngliga xavotirni solishi oddiy holdir.
Huquqshunoslar ona o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishi (99-modda) 
bo’yicha jinoyatni kvalifikatsiya qilishganlarida inson hayoti masalasiga oydinlik 
kiritishgan. Moddaga ko’ra, bola ona tanasidan ajralib chiqayotganidan yoki 
tug’ilgan zahoti bir yoki bir necha daqiqaga yetib borib yoki yetib bormay o’ldirish 
qo’yishi ona o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishi jinoyati sifatida 
kvalifikatsiyalanadi. Agar tug’ilgandan keyin ma’lum bir muddat o’tib, onadagi 
ruhiy-jismoniy holat o’tib ketganidan keyin o’ldirsa, harakat qasddan odam 
o’ldirish (97-modda) jinoyati bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Odam o’ldirish jinoyati qasd yoki ehtiyotsizlik ko’rinishida amalga 
oshiriladi. 97-moddada belgilangan hodisalar bo’yicha jinoyatni yengillashtiruvchi 
holatlar ko’zda tutilmaydi.
Qasddan odam o’ldirishning yengillashtiruvchi holatlari zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o’ldirish, kuchli ruhiy hayajonlanish 
holatida qasddan odam o’ldirish, ona o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishi, ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning chegarasidan chetga chiqib qasddan 
odam o’ldirish jinoyatlari uchun belgilanadi.
Hayotga qarshi jinoyatlarda inson hayotiga tajovuz qilish orqali ijtimoiy 
xavfli oqibat – odam o’lishiga olib keluvchi harakat yoki harakatsizlik sodir etiladi. 
Ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlar ham shunga o’xshash ko’rinishlarda 
namoyon bo’ladi.
Hayotga qarshi qaratilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda tajovuz 
qiluvchini odam o’ldirish maqsadi bor-yo’qligini aniqlash muhim ahamiyatga ega 
bo’ladi. Bu jinoyatni qasd yoki ehtiyotsizlik holatida sodir etilganligi hamda 
og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlariga ta’sir ko’rsatadi.


222 
Ko’rilayotgan jinoyatlar uchun javobgarlik 13 yoshdan qasddan odam 
o’ldirganlikning og’irlashtiruvchi holati (97-modda ikkinchi qismi) uchun 
belgilanadi. 97-modda birinchi qismi va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
qasddan odam o’ldirish jinoyatlari uchun 14 yoshdan, keyingi jinoyatlar uchun 16 
yoshdan javobgarlikka tortish belgilangan.
Hayotga qarshi jinoyatlar ichida o’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazish va 
o’zini o’zi o’ldirishga undash jinoyatlari boshqalaridan biroz farqlanib turadi. Boisi 
bunda jinoyat sub’ekti odam o’ldirish harakatini bevosita amalga oshirmaydi. 
Uning harakati, ya’ni moddiy yoki boshqa jihatdan o’ziga qaram bo’lgan yoki 
bo’lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish, sha’ni, qadr-qimmatini muttasil 
kamsitish, ko’ndirish, aldash natijasida o’zini o’zi o’ldirish yoki shunga suiqasd 
qilish darajasiga yetkazish yoxud shunday ish qilishga undashda namoyon bo’ladi.
Har qanday holatlarda ham insonning hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar 
davlat va jamiyat tomonidan oqlanmaydi. Ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun 
yarashuv instituti ham qo’llanilmaydi. Odam o’ldirish yoki unga suiqasd qilish 
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi tufayli xavfli hisoblanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish