O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Avtobusda ketayotgan kishining yonida o’tirgan yigit undan telefonini berishni
so’radi. Telefonni olib kimgadir nomer terib bog’landi va tushunarsiz jumlalar
bilan gaplashib telefonni qaytardi hamda rahmat aytib keyingi bekatda tushib
qoldi. Ikki soatlar o’tgach, so’ralgan narsa tayyorligi va uni qaerda bo’lsa
yetkazib berishini mumkinligini aytib bir odam telefon qildi. Uning nimaligiga
qiziqqan holda telefon egasi o’zi turgan joyni ma’lum qildi. 45 daqiqalarda
ko’zoynak taqqan va soqol qo’ygan bir yigit nomersiz mashinada keldi va kichik
sumkani berib, “Mendan akamga salom ayting” dedi va javobni kutmay jo’nab
ketdi. Osmondan tushgan boylik nima ekanligini aniqlash uchun sumkani titgan
paytda qo’li qayrilib, unga kishan solinganligini sezmay ham qoldi. Sumkada
qoradori bor edi.
- Vaziyat qanday yakun topishi mumkin?


211 
Davolash-profilaktik muassasada bemorlarni majburiy davolash jarayonida 
ularning jismoniy imkoniyatlarini inobatga olib, mehnat terapiyasi va qayta mehnat 
tarbiyasi ta’minlanadi. Buning uchun hududlardagi sanoat, qurilish, qishloq 
xo’jaligi sub’ektlari bilan shartnomalar tuziladi. Ularning ish vaqti shartnoma 
tuzilgan korxonadagi qabul qilngan ish kuniga muvofiq kelishi zarur.
Mehnat jarayonlari korxona ma’muriyati tomonidan tibbiyot xodimlari 
nazorati ostida tashkil etiladi. Ish haqi shartnoma tuzilgan xo’jalik sub’ektidagi 
mehnatga haq to’lash shartlari asosida belgilanadi. To’lash uchun hisoblangan ish 
haqining 30 foizi bemor davolanayotgan davolash-profilaktika muassasasining 
hisobiga 
o’tkazilib, 
ushbu 
summa 
bemorni 
ovqatlantirish, 
hududni 
obodonlashtirish, tibbiy dori-darmon va uskunalar hamda zaruriy harajatlar uchun 
sarflanadi. Qolgan summa soliq, aliment va boshqa to’lovlarni qoplashga 
yo’naltiriladi. Ortgan mablag’ ishonchnoma orqali bemorning qarindoshlari yoki 
tuzalib chiqqandan so’ng, uning o’ziga beriladi.
Tibbiy davolash muassasasidan bemorning qochib ketishi ichki ishlar 
organlari tomonidan qidiruv e’lon qilinishini keltirib chiqaradi. Ichki tartiblarga 
bo’ysunmaganlarga qarindoshlari bilan ko’rishish, jo’natma va chetdan oziq-ovqat 
olish cheklanishi mumkin. Davolanish muddati davomida o’zining namunali 
xulqini ko’rsatgan bemorlar uchun ayrim yengilliklar ko’zda tutiladi.
Majburlov chorasi qo’llanilgan bemorlar sog’aygach, davolanish tugatiladi. 
Agar davolanish davom ettirilishiga talab mavjud bo’lsa, shaxsning yashash 
hududidagi narkologiya dispanserida ambulatoriya kuzatuviga yoki mutaxassis 
nazoratiga o’tkaziladi. Bemorlarni davolash muddati tamom bo’lishidan 10 kun 
oldin tibbiy kartasidan ko’chirma ushbu muassasaga va hokimlikka jo’natiladi.
Jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga sud hukmi bilan ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlansa, mahkumning davolanishi u jazoni o’tayotgan 
joyda amalga oshiriladi. Agar bemor davolanishni jazo muddati tugagach ham 
davom ettirishiga zarurat bo’lsa, umumiy asoslarda yashash hududidagi tibbiy 
davolash muassasasiga o’tashi lozim.


212 
Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi sudning qonuniy kuchga kirgan asosida 
qo’llaniladi. Mahkumlarga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’llash 
ularni davolash maqsadlarini ko’zlaydi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan birga tibbiy yo’sindagi majburlov 
chorasi tayinlangan mahkumlar jazoni ijro etish muassasasida ro’yxatga olinib, 3 
kun ichida tekshiruvdan o’tkaziladi. Agar bemor alkogolizm, giyohvandlik yoki 
zaharvandlikka yo’liqqan bo’lsa, uni narkolog vrach, aqli rasolikni istisno 
etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatr vrach ro’yxatga oladi.
Mutaxassis 
vrachlar 
bemorda 
klinik, 
anamnestik, 
psixopatologik, 
somatonevrologik va laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazishadi hamda tashhis 
qo’yilib, bemorni individual davolash rejasi tuziladi. Bemorni davolash mazkur 
reja asosida dori-darmon va psixoterapevtik ta’sir o’tkazish choralari orqali olib 
boriladi. Bunda turli treninglarga asoslangan psixologik, tibbiy-ijtimoiy va kasbiy 
reabilitatsiya usullari qo’llanilishi nazarda tutilgan.
Kasallikning xususiyatlari va darajasiga qarab narkolog yoki psixiatr 
tomonidan statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi o’rnatiladi. Statsionar davolash 
dori vositalarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur davolashning 
yakunlanishi ambulatoriya kuzatuvining davom ettirilishini belgilaydi va davolash 
davom ettiriladi.
Tekshiruvlar davomida statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi uchun 
to’sqinlik qiluvchi kasallik aniqlansa, tibbiy komissiya tomonidan chiqarilgan 
xulosaga asosan davolash vaqtincha to’xtatib turiladi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi tayinlangan mahkum davolanishdan 
bosh tortsa, unga nisbatan qonun normalarida ko’zda tutilgan choralar qo’llaniladi. 
Buning uchun tibbiyot bo’limi boshlig’ining jazoni ijro etish muassasasi nomiga 
bergan yozma ma’lumoti asos bo’ladi.
Tayinlangan 
majburlov 
chorasi 
yakunlanishi 
uchun 
muassasa 
shifokorlarining tibbiy xulosasi asos bo’lib xizmat qiladi. Tibbiy xulosa taqdim 
etilgach, jazoni ijro etish muassasasi boshlig’i o’n kun ichida majburlov chorasini 
tugatishni so’rab sudga murojaat qiladi.


213 
Qo’llanilgan majburlov chorasini tugatish bo’yicha sud muhokamasi 
mahkum jazoni o’tayotgan joydagi sudda ko’rib chiqiladi. Sud tibbiy yo’sindagi 
majburlov chorasini tugatish bo’yicha ajrim chiqarganidan so’ng, jazoni ijro etish 
muassasasi rahbariyati surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka 
mubtalo bo’lgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni tegishli viloyat, tuman (shahar) 
sog’liqni saqlash organlariga yuboradi. Shaxsning tibbiy varaqasi mazkur 
organlarga yuboriladigan materiallarga ilova qilinadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish