O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qanday maqsadni ko’zlaydi? 
2.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qaysi organ tomonidan qo’llaniladi? 
3.
Aqli norasolikni qanday ko’rinishlari bor? 
4.
Jazoni o’tayotgan mahkumlarning ruhiy kasallikka chalinishi qanday oqibat 
keltirib chiqaradi? 
5.
Jazoni turmada o’tayotgan mahkumning ruhiy holati buzilsa davolanish 
qaerda amalga oshiriladi? 
6.
Bemorni shifoxonaning biridan ikkinchisiga o’tkazish qanday hal qilinadi? 
7.
Majburlov choralari tayinlangan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki 
tibbiy maslahat komissiyalari qachon tekshiruvdan o’tkazadi.
8.
Kimlarning xulosalari bemorlarning davolanish muddatiga ta’sir ko’rsatadi? 
9.
Shaxsni surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo 
bo’lgan deb topish qanday amalga oshiriladi?
10.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarga tibbiy 
yo’sindagi majburlov chorasining qo’llanilish tartibi kim tomonidan 
belgilanadi?


216 
14 BOB. LIBERALLASHTIRISH VA SHAXSGA QARSHI 
JINOYATLAR 
Jinoyat huquqida liberallashtirish tushunchasi va uning huquqiy 
asoslari
Liberallashtirish 
– murosasozlik, murosaga keltirish ma’nolarida 
qo’llaniluvchi so’z bo’lib, jinoyat qonunchiligida keskin chora-tadbirlarni 
yumshatilishi holatini ifodalaydi. Amaldagi Jinoyat kodeksi qabul qilingan 1994 
yildan boshlab hozirgi davrgacha jinoyat qonunchiligida katta sifat o’zgarishlari 
yuz berdi. O’zgarishlar jinoyatlar tasnifi va jazolarning kuchiga qaratildi. 2001 yil 
29 avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda 
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar 
kiritish haqida”gi Qonun bilan sohada yirik o’zgarishlar amalga oshirila boshlandi.
2001 yilgi qonun ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda o’tkazilayotgan 
liberallashtirishni jinoyat qonunchiligida qo’llash imkonini berdi. Qonunning qabul 
qilinishi bilan Jinoyat kodeksidagi jinoyatlar tasnifiga hamda uning 105 ta 
moddasiga jinoiy jazolarni liberallashtirish bo’yicha o’zgartishlar kiritildi. Jazolar 
muddatlarining qisqartirilishi natijasida og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarning 75 foizga 
yaqini ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga 
kiritildi. Jinoyat kodeksining 13 moddasiga muhim o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritilishiga erishildi. Jinoyat qonunchiligida avvallari bo’lmagan yarashuv instituti 
joriy etildi. Jazoni o’tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilish va jazoni 
yengilrog’i bilan almashtirish uchun belgilangan muddatlar qisqartirilishiga 
erishildi.
Jinoyat huquqi doirasidagi liberallashtirishlar keyinchalik ham davom 
ettirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi 
“O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi PF-3641-
sonli Farmoni asosida mazkur jazoni bekor qilishning huquqiy asoslari yaratildi. 
2007 yilning 11 iyulida “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston 


217 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab o’lim jazosining 
bekor qilinishi mamlakatimiz insonparvarlik siyosatining yaqqol ifodasi bo’ldi. 
O’lim jazosi umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.
Shaxs ozodligini cheklash bilan bog’liq jazolar jinoyat sodir etgan shaxslar 
uchun og’ir oqibatlar keltirib chiqarishi inobatga olinib, 2008 yil 10 aprelda 
“Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bunda jinoyatlar sodir 
etilganda qo’llaniladigan nisbatan og’ir jazolar o’rniga jarima jazosini qo’llab, 
mahkumni iloji boricha jamiyatdan ajratmaslik maqsadlari ko’zda tutildi.
Jazolarni liberallashtirish bilan bog’liq yana bir qoida, ya’ni aybdorning o’z 
qilmishidan amalga pushaymon bo’lganida jazo tayinlash normasi 2010 yil 18 
mayda Jinoyat kodeksiga kiritildi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi 26 ta jinoyat tarkibidan olib tashlandi. 66
1
-
modda kiritilib, jinoyat qonunchiligida yarashuv instituti shakllantirildi. Yarashuv 
instituti jabrlanuvchi va ayblanuvchi o’rtasida kelishuv yoki kechirganlik holati 
vujudga kelganda, jinoiy javobgarlik va jazoni bekor qilish asoslarini vujudga 
keltirdi.
2012 yil 29 dekabrda tadbirkorlikni davlat tomonidan huquqiy himoya 
qilishni kuchaytirish asoslarida qabul qilingan qonun ko’plab iqtisodiy va boshqa 
masalalarga yengilliklar olib kirdi. Xususan, sudlanganlikni olib tashlash 
muddatlari qisqartirildi. Ko’p bo’lmagan miqdor, ancha miqdor, ko’p miqdor va 
juda ko’p miqdor tushunchalariga o’zgartishlar kiritildi va miqdorlar 
muqobillashtirildi. Tadbirkorlik bilan bog’liq jinoyatlarda yetkazilgan zararning 
o’rni qoplansa, javobgarlikni yengillashtirish yoki butunlay ozod qilish masalalari 
bo’yicha tuzatishlar belgilandi.
2014 yil 4 sentyabrda Jinoyat-protsessual kodeksiga 242
1
-modda “Uy 
qamog’i” ehtiyot chorasi kiritilib, protsessual majburlovda yangi chora vujudga 


218 
keltirildi. Ushbu chora qamoqda saqlash chorasiga nisbatan yengilroqligi bilan 
ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni asosida qonunchilikka 
o’zgartishlar kiritilib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada himoya qilishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari ko’rildi. Sudlarning mustaqilligi va professionalligini 
oshirishga e’tibor qaratildi.
Prezident Farmoni qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilishi, jinoyat sodir 
etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga 
kisqartirilishi, ehtiyot chorasi qo’llanilishidagi tergovning yeng ko’p muddatlari 1 
yildan 7 oygacha qisqartirilishiga olib keldi. 
“Habeas corpus” instituti doirasida prokurorga tegishli bo’lgan pochta-
telegraf jo’natmalarini xatlab qo’yish va eksgumatsiya qilishga sanktsiya berish 
vakolatlari sudlarga o’tkazildi.
Agar O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi qabul qilingan 1994 
yildan boshlab jinoyat qonunchiligida yuz bergan o’zgarishlarni ko’rib chiqadigan 
bo’lsak, jazolar tizimida katta yangiliklar bo’lganligini ko’ramiz. Jumladan, mol-
mulkini musodara qilish, o’lim, qamoq jazolari kodeksdan chiqarib tashlandi. 
O’lim jazosi 13 ta turdagi jinoyatlar uchun belgilangan edi, ushbu jazo butunlay 
bekor qilindi. Ularning o’rniga ozodlikni cheklash va majburiy jamoat ishlari 
jazolari jinoiy jazolar tizimiga kiritildi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish