O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi II kurs 018-66 guruh talabasi Maxmarasulov Mansurning



Download 86,92 Kb.
bet4/34
Sana22.07.2021
Hajmi86,92 Kb.
#126172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Maxmarasulov Mansur 018-66

1.2. Gruppa reagentining ta’siri
Uchinchi gruppa kationlarini I va II gruppa kationlaridan ajratish uchun ionlar aralashmasiga ammiakli bufer eritma ishtirokida (pH~9,2) gruppa reagenti - ammoniy sulfid yoki ishqoriy muhitda vodorod sulfid ta ’sir ettiriladi. Vodorod sulfid bilan III gruppa kationlari pH>8,7 b o ‘lgandagina to ‘liq ajraladi. Bu gruppa kationlarining eritmalarida tuzlaming gidrolizi tufayli pH<7 boiadi. Shu bois uchinchi gruppa kationlarini cho‘ktirish uchun pH ni 8-9 oralig‘ida ushlab turadigan ammiakli bufer aralashmadan foydalaniladi. Yuzaki qaraganda ammiakli bufer aralashmani ishlatishga hojat yo‘qday ko‘rinadi, chunki ammoniy sulfid eritmada birinchi bosqichdayoq deyarli (100 %) gidrolizlanib, ammoniy gidrosulfid va ammoniy gidroksidni hosil qiladi:
(NH4)2S + H2O NH4+ + HS- + NH4OH
Bu eritma amalda ammiakli bufer aralashmadan iborat bo‘lib, uning pH qiymati 9,25 boradi. Aslini olganda eritmaning pH qiymatini doimiy saqlab turish juda muhimdir, yuqorida aytilganiday uchinchi gruppa kationlarining tuzlari kislotali gidrolizlanadi. Bundan tashqari, IV va V gruppa kationlarini cho‘ktirganda eritmaga HCl qo‘shilgan bo’ladi. Gidroliz natijasida hosil bolgan va qo‘shilgan kislota ammiak bilan ta’sirlashib, uning konsentratsiyasini kamaytiradi:
NH4OH + HS- + 2H+ H2S + NH4+ + H2O

NH4OH + HS-+ Me2+ MeS + NH4+ + H2O
Demak, mazkur reaksiyalarga sarflangan ammiakning miqdorini amalda doimiy saqlab turish uchun ammiakli bufer aralashmaning bufer sig‘imi katta bo‘lishi kerak.

Odatda, ammoniy sulfid havo kislorodi ta’siridan oksidlanishi natijasida uning tarkibida ammoniy polisulfid -(NH4)2Sn ham bo‘ladi. Kislotali muhitda polisulfidlardan oltingugurt ajralib chiqib, sulfidlar cho‘kmasini ifloslantiradi:






(NH4)2Sn + 2HCl 2NH4Cl + H2S + (n-l)S
Shularni hisobga olib, aralashma analiz qilinayotganda, avvalo, eritmadagi kislotani ammiak bilan neytrallash kerak. Ammiak eritmasi ta’siridan magniyning gidroksidi cho‘kishi mumkinligini e’tiborga olib, eritmaga ammiak bilan birga magniy gidroksid cho‘kmasi hosil bo‘lishining oldini oladigan miqdorda ammoniy xlorid ham qo‘shish kerak. Ammoniy xlorid qo‘shishning yana bir foydali tomoni uning koagulant ekanligidir. Ammoniy xlorid sulfidlaming, jumladan, nikel sulfidi va boshqalarning koagulanishini ta’minlaydi. Koagulatsiyani harorat kuchaytirgani uchun cho‘ktirish issiq eritmalarda o‘tkaziladi. Gruppa reagenti yuqorida ko‘rsatilgan sharoitda ta’sir ettirilganda, ta’kidlanganiday, alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) singari ionlar gidroksidlar shaklida, qolganlari esa sulfidlar shaklida cho‘kadi.Alyuminiy, xrom va boshqa ionlarning gidroksidlar hosil qilib cho‘kishini quyidagi tenglamalardan ko‘rish mumkin:
Cr+3 + 3S2- + 3N2O Cr(OH)3 + 3HS-

Cr+3 + 3HS- +3N2O  Cr(OH)3 + 3H2S
Gruppa reagenti ammoniy sulfid kislorod ta’siridan qisman oksidlanib, oz miqdorda ammoniy sulfat hosil qiladi. Ammiakli bufer va eritmani neytrallash uchun ishlatiladigan ammiak, havodan karbonat angidridni yutganligi uchun uning tarkibida oz rriiqdorda ammoniy karbonat bo‘lishi mumkin. Bu moddalar ta ’sirida va birgalashib cho‘kish tufayli uchinchi gruppa kationlarining gidroksid va sulfidlari bilan bir qatorda ikkinchi gruppa kationlari ham qisman sulfat yoki karbonat holida cho‘kishi mumkin.

Uchinchi analitik gruppa kationlarining gidroksid va sulfidlari cho‘kmalariga darhol suyultirilgan xlorid yoki sulfat kislota eritmasi ta’sir ettirilsa, cho‘kmalar erib ketadi. Agar cho‘km alar aralashmasiga suyultirilgan xlorid kislota eritmasi muayyan vaqt (30 daqiqa)dan so‘ng ta ’sir ettirilsa, nikel va kobalt sulfldlari erimaydi. Bunga sabab, shu kationlar sulfidlarining shakldan(



) β shaklga ( , o‘tishidir. Ularning bu xossalari kobalt va nikel sulfidlarini boshqa sulfidlardan ajratishda ishlatiladi.Ayrim sulfidlarga kislotalar ta’sir ettirganda, sulfidlarning erishi bilan bir vaqtda, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli metall ionning qaytarilishi va erkin oltingugurtning ajralishi ham kuzatiladi:


Fe2S3 + 6H+  2Fe3+ + 3H2S

2Fe3+ + H2S  2Fe2+ + 2H+ + S
α shakldan β shaklga o‘tgan CoS va NiS cho‘kmalarini eritishda issiq kislota eritmasidan tashqari, oksidlovchi talab etiladi, bunda ham erkin oltingugurt ajralib chiqadi:
CoS + 2H+ + H2O2  Co2+ + 2H2O + S
Bunday sulfidlami eritishda 6 N H N 0 3 ta’sir ettirsa ham shunday holatni ko‘rish mumkin:




3NiS + 8HNO3  3Ni2+ + 6NO3- + 3S + 2NO + 4H2O
Eritmaga kaliy yoki natriy nitrit kristallaridan bir nechtasini tashlash ham reaksiyani tezlashtiradi. Ulami zar suvida eritish mumkin.


Download 86,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish