O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi II kurs 018-66 guruh talabasi Maxmarasulov Mansurning


Temir (III) kationining reaksiyalari



Download 86,92 Kb.
bet8/34
Sana22.07.2021
Hajmi86,92 Kb.
#126172
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
Maxmarasulov Mansur 018-66

2.3. Temir (III) kationining reaksiyalari
Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi.

1. O‘yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo‘ng‘ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho‘kmani hosil qiladi:


Fe3+ + 3ON-  Fe(OH)3
Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo‘lganda to‘liq cho‘kadi.

2. Ammiak ham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil qiladi.

3. Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo‘ng‘ir Fe(OH)2CH3COO cho‘kma hosil qiladi.

4. Natriy gidrofosfat temir (III) bilan sarg‘ish rangli cho‘kma – FePO4 hosil qiladi.

5. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar temir (III) ioni bilan qo‘ng‘ir rangli (FeOH)2(CO3)2 tarkibli kislotalarda eriydigan cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma qizdirganda gidroliz tufayli Fe(OH)3 ga aylanadi.

6. Ammoniy sulfid Fe3+ ioni bilan qora rangli Fe2S3 cho‘kma hosil qiladi:




2Fe3+ + 3(NH4)2S  Fe2S3 + 6NH4+


Bu cho‘kma kuchli kislotalarda eriydi:
Fe2S3 + 6NSl  2FeCl3 + 3H2S
Reaksiyada vodorod sulfid (qaytaruvchi) hosil bo‘lganligidan temir (III) temir (II) gacha qaytariladi va bunda erkin oltingugurt ajraladi:
2FeSl3 + H2S 2FeSl2 + S +2HCl
Umumiy holda Fe2S3 ning kislotalarda erish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Fe2S3 + 4HCl 2FeSl2+ 2H2S + S
Reaksiyani bajarish. Uch valentli temir tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha (NH4)2S eritmasi qo‘shiladi.

7. Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan temir (III) ioni to‘q ko‘k rangli «berlin lazuri» cho‘kmasini hosil qiladi:


4FeSl3 + 3K4[Fe(CN)6]  Fe4[Fe(CN)6]3 +12KCl

4Fe3+ + 3[Fe(CN)6]4-  Fe4[Fe(CN)6]3

Cho‘kma kislotalarda erimaydi, ammo ishqorlar ta ’siridan Fe(OH)3 hosil qilib parchalanadi:


Fe4[Fe(CN)6]3 + 12NaOH  4 Fe(OH)3 + 3Na4[Fe(CN)6]
Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan boigan reaksiya Fe3+ ioniga xos reaksiya bo‘lib, u juda sezgirdir. Reaksiya uchun topilish minimumi -0,05 mkg, minimal konsentratsiya 10-6, suyultirish chegarasi -1:1000000 ni tashkil qiladi. Reaksiyani pH=2 boiganda, eritmada oksalatlar bo‘lmaganda va reagentdan tomchilab qo‘shgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Agar reaksiya uchun ko‘p miqdor K4[Fe(CN)6] olinsa, «berlin lazuri» erib, kolloid KFe[Fe(CN)6] hosil bo’ladi:
Fe4[Fe(CN)6]3 + K4[Fe(CN)6]  4KFe[Fe(CN)6]
Shuni unutmaslik kerakki, K4[Fe(CN)6] qaytaruvchilik xossasiga ham ega:
[Fe(CN)6]-4 + Fe3+  [Fe(CN)6]3- + Fe2+
Oxirgi reaksiya natijasida hosil boigan ionlar o ‘zaro ta’sirlashib, «turnbul ko‘ki»ni hosil qilishi mumkin:
2[Fe(CN)6]3- + 3Fe2+  Fe3[Fe(CN)6]2

Download 86,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish