Reaksiyani bajarish uchun temir (II) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi xlorid kislota va reaktiv eritmasi asta-sekin 2-3 tomchi qo‘shiladi.
6. Dimetilglioksim (Chugayev reaktivi) temir (II) ionidan suvda eriydigan qizil rangli ichki kompleks birikma hosil qiladi. Reaksiyaammiakli m uhitda o‘tkazilishi kerak. Temir (II) ioni oson oksidlangani uchun unga ko‘pincha temir (III) ioni aralashgan boiadi. Shu bois dimetilglioksim yordamida temir (II) ionini topish uchun qo‘shiladigan ammiak ta’siridan Fe(OH)3 hosil boiishining oldini olish kerak, buning uchun aralashmaga temir (III) ionini kompleks birikma shaklida niqoblaydigan vino kislota eritmasi qo‘shiladi. Dimetilglioksim nikel ioni bilan ham qizil-pushti rangli cho‘kma hosil qilganligi uchun bu reaksiyani eritmada nikel mutlaqo ishtirok etmaganda o‘tkazish lozim. Agar eritmada nikel boisa, oldin uni eritmadan yo‘qotish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |