Reaksiyani bajarish uchun 1-2 tomchi temir (II) tuzi eritmasiga bir tomchi vino kislotasi eritmasi, 2-3 tomchi ammiak eritmasi va dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shiladi.
2.5. Marganets kationining reaksiyalari
Mn2+ ioni eritmasi och pushti rangli, suyultirilgan eritmalari esa rangsiz boiadi. Marganets bir necha oksidlanish darajasiga ega bo’lgan [Mn2+, Mn (IV), Mn (VI), Mn (VII)] ionlar shaklida bo’ladi. Shu tufayli ular oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashib, bir oksidlanish darajasidan boshqasiga tez o‘tishi mumkin. Mn2+ ionini topishda bu imkoniyatdan foydalanish va uni e’tiborga olish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |