8. Kaliy geksatsianoferrat (III) - K3[Fe(CN)6] rux ioni bilan xlorid va ammiakda eriydigan jigarrang-sariq tusli cho‘kma hosil qiladi:
3ZnCl, + 2K3[Fe(CN)6] Zn3[Fe(CN)6]2 + 6KCl
3Zn2+ + 2[Fe(CN)6]3- Zn3[Fe(CN)6]2
2.7. Kobalt kationining reaksiyalari
Kobalt tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallgidratlari pushti ranglidir. Bu rang akvakompleks ion - [Co(H2O)6]2+ ning hosil bo’lishi bilan tushuntiriladi. Agar eritmalar bug’latilib, kompleks ion parchalansa yoki ularga suvni yo‘qotuvchi etanol, konsentrlangan HCl qo‘shilsa, ligandning o‘zgarishi bilan rang pushtidan ko‘kka aylanadi. Kobalt ioni cho‘ktirish reaksiyalaridan tashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |