1 . O‘yuvchi ishqorlar va rux tuzlari ta’sirlashuvidan kislotalar va ishqorlarda eriydigan (amfoterlik tufayli) iviqsimon Zn(OH)2 cho‘kma hosil bo’ladi:
ZnCl2 + 2KOH Zn(OH)2 + 2KCl
Zn2+ + 2OH- Zn(OH)2
Zn(OH)2+ 2HCl Zn2+ + 2C1- + 2H2O
Zn(OH)2+ 2NaOH -> 2Na+ + ZnO22- + 2H2O
Sinkat ion alyuminat iondan farqli ravishda ammoniy xlorid yoki nitrat ta’siridan Zn(OH)2cho‘kmasi hosil qilmasdan,eritmada [Zn(NH3)4]2+ yoki [Zn(NH3)6]2+ kompleks ion shaklida qoladi:
ZnO22-+4NH4Cl [Zn(NH3)4]2+ + 2 H2O + 4Cl-
Reaksiyani bajarishuchun rux tuzi eritmasining 2-3 tomchisiga ishqor eritmasidan tomchilab qo‘shiladi, bunda oldin cho‘kma tushadi, keyin esa u erib ketadi.
2. Ammiak eritmasi rux ioni bilan Zn(OH)2cho‘kmasini yuzaga keltiradi, cho‘kma mo‘1 reaktiv va ammoniy tuzlari ta’sirida erib, kompleks ion [Zn(NH3)J2+hosil qiladi.
Zn(OH)2+ 4NH4OH [Zn((NH3)4](OH)2+ 4 H2O
Ammoniy tuzlari ishtirokida NH4OH rux ionini mutlaqo cho‘ktirmaydi.
Reaksiyani bajarishda rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga tomchilatib NH4OH eritmasi qo‘shiladi, bunda avval cho‘kma hosil bo’ladi, so‘ngra keyinchalik u erib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |