3. Natriy, kaliy va ammoniy karbonatlar ta’siridan Mn2+ ion kislotalarda eriydigan oq rangli MnCO3 cho‘kma hosil qiladi:
Mn2+ + CO32- MnCO3
4. Natriy gidrofosfat Mn2+ ionga ta’sir ettirilganda kuchli mineral va hatto kuchsiz sirka kislotada ham eriydigan (alyuminiy, temir (III), xrom (III) va titan (IV) fosfatlaridan farqli ravishda) oq rangli Mn3(PO4)2 cho‘kma hosil bo’ladi:
3Mn2+ + 4HPO42- Mn3(PO4)2 + 2N2RO4-
5. Oksidlash reaksiyasi yordamida Mn2+ ionini topish mumkin. Bunda PbO2, ammoniy persulfat (NH4)2S2O8, natriy vismutat - NaBiO3, H2O2, KSlO3, Cl2, Br2 va boshqa oksidlovchilardan foydalaniladi. Oksidlash reaksiyalari kislotali yoki ishqoriy muhitlarda o ‘tkazilishi mumkin.
Kislotali muhitda rangsiz Mn+2 ionga PbO2 ta ’sir ettirilib, qizdirilsa pushti rangli MnO4- hosil bo’ladi:
2Mn2+ + 5 PbO2 + 6H+ 2HMnO4 + 5Pb2+ + 2H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |