Ot turkumi
O’zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar
Har ikki tilda ham otlar predmetning yoki predmetlik tushunchalarining nomlarini
bildiradigan mustaqil so’zlar hisobo’lanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham otlar kelishik
va son kategoriyalariga ega. Biroq ushbu kategoriyalarning ifodalanish usullari o’rtasida
ma‘lum tafovutlar bor. Masalan, o’zbek tilida otlarning ko’plik shaklini hosil qilish uchun
birgina –lar qo’shimchasini qo‘llash kifoya, rus tilida esa ot turkumiga mansub biror
so’zning ko’plik shaklini hosil qilish uchun so’z o’zaklarining oxiri qattiq yoki
yumshoqligiga qarab bir necha affikslardan birini tanlash kerak, bu fikrni avvalgi bo’limlarda
ham maxsus misollar bilan bayon qilgan edik. Otlarda son kategoriyasi xususida so’z
yuritilar ekan, shuni ham ta‘kidlash lozimki, ayrim ruscha otlarning (мас., молоко, холпок,
мясо, любовь, храбрость) ko’plik shaklini mutlaqo hosil qilib bo’lmaydi, ba‘zi otlar esa
(часы, брюки, ворота, ножницы, Сочи, Альпы) faqat ko’plikda qo‘llanadi va birlik
shakliga ega emas. Tg’ri, o’zbek tilida ham faqat birlikda qo‘llanadigan mavhum otlar yoki
suv, g’alla, xalq, to‘da kabi so’zlar bor, ammo o‘rni kelganda bunday so’zlarga ham turli
ma‘no bo‘yoqlarini hosil qilish maqsadida, ko’plik qo’shimchasini qo‘sha olamiz.
Bundan tashqari, o’zbek tilida mavjud bo’lgan egalik kategoriyasiga rus tilidagi otlar ega
emas, shuningdek ruscha otlarga mansub bo’lgan rod kategoriyasi o’zbek tilida yo‘q. Rus
tilida egalik, ya‘ni tegishlilik, qarashlilik ma‘nolarini hosil qilish uchun otlar egalik
olmoshlari bilan birga qo‘llanadi: мой стул, моя книга, моё пальто. Rod kategoriyasi esa
rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh
kelishikdagi so’zlarda ham aks etib turadi, uni hosil qiluvchi yagona grammatik kщ‘rsatkich
bu tugalmadir: Bosh kelishikda, birlikda –а, -я tugalmalariga ega bo’lgan otlar jenskiy rodga
kiradi (мама, сумка, земля, цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya‘ni
nol tugalmali so’zlar mujskoy rodga kiradi (стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг);
Bosh kelishikda, birlikda oxiri –o yoki –e (ё) bilan tugagan otlar (слово, окно, море,
платье, ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat‘iy deb hisoblab bo’lmaydi.
Chunki ruscha so’zlarni rodlar bo‘yicha guruhlashda ma‘lum istisnolar ham yo‘q emas.
Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so’zlarning ba‘zilari mujskoy rodga
(портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga (голубь, ночь, сталь,
лошадь) kiritiladi. Oxiri –мя bilan tugaydigan o’nta so’z (бремя, время, вымя, знамя, имя,
пламя, племя, семя, стремя, темя) sredniy rodga kiradi. Папа, дедушка, дядя kabi so’zlar
–a, -я tugalmalariga ega bo’lsada, ular erkak jinsidagi shaxsni ifodalagani uchun mujskoy
rodga kiritiladi. Chet tilidan o‘zlashgan пальто, кино so’zlari tugalmasiga ko‘ra sredniy
rodga kiritilsada, кофе so’zi mujskoy rod hisoblanadi. Rus tiliga xos bo’lmagan oxiri -у
bilan tugallanadigan so’zlardan kenguru mujskoy rodga, ragu esa sredniy rodga kiritiladi.
Shuningdek, жюри, такси so’zlari sredniy rodga mansub. Ammo bunday
o‘zlashmalarning birortasi ham kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi, ya‘ni o‘zgarmaydi. O‘zbek
tilida esa har qanday o‘zlashma so’z ham o’zbek tili qonuniyatlariga asosan istalgan kelishik
qo’shimchasini olib o’zgarish xususiyatiga ega.
Rus tilida otlar jonli yoki jonsiz predmetlarni ifodalashiga qarab ham ikki guruhga
ajratiladi. Bunda shaxs hamda hayvon nomlarini ifodalovchi so’zlar jonli predmetlar
19
guruhiga kiritiladi va bunday otlar кто? so‘rog’iga javob bo’ladi: учитель, водитель,
адвокат, врач, собака, лев, жук, черепаха va h.k. Narsabuyum, joy, mahsulot va
hodisalarning nomlarini ifodalovchi qolgan barcha otlar jonsiz predmetlar guruhiga kiritilib,
что? so‘rog’iga javob bo’ladi: ручка, карандаш, город, государство, независимость,
освобождение.
Ot turkumidagi so’zlarning bunday guruhlarga ajratilishining boisi, kelishiklar bo‘yicha
turlanganda, jonli otlar bilan jonsiz otlar o’rtasida ma‘lum grammatik tafovutlar yuzaga
keladi. Masalan, jonli predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog’i ularning qaratqich
kelishigidagi so‘rog’iga, jonsiz predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog’i esa bosh
kelishikdagi so‘rog’iga muvofiq keladi. O‘zbek tilidagi otlarni esa jonli va jonsiz predmetlar
guruhiga ajratish uchun hech qanday grammatik asos yo‘q.
Har ikki tilda ham oltita kelishik mavjud bo’lib, otlar ana shu kelishiklar bo‘yicha
turlanadi. O‘’zbek va rus tillaridagi kelishiklar o’rtasida qisman o‘xshashlik mavjud. Buni
quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
Именительный падеж: кто? что? - Bosh kelishik: kim? nima? qaer?
Родительный падеж: кого? чего? - Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? qaerning?
Дательный падеж: кому? чему? - Jo‘nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga?
Винительный падеж: кого? что? Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni?
Demak, o’zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus tilidagi
imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. Biroq rus tilida qaer
srog’iga javob bo’luvchi otlar o’zbek tilidagi kabi kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi. Rus
tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy padejlari o’zbek tilida, o’zbek tilidagi o‘rinpayt va
chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas.
Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha o’zgarishi ham
o’zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so’zlar birlikda ham,
ko’plikda ham ma‘lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror qo’shimchalar yordamida
turlanadi. Masalan, qarashlilik ma‘nosi har doim –ning qo’shimchasi yordamida hosil
qilinadi. Rus tilida esa bunday ma‘noni hosil qilish uchun -и (книги, сумки), -a (стола,
озера), -я ( коня, хрусталя) affikslaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, o’zbek tilida
ma‘lum kelishik qo’shimchalari birlikdagi otlarga ham, ko’plikdagi otlarga ham
qo‘shilaveradi, faqat –lar qo’shimchasi kelishik qo’shimchalaridan oldin keladi. Rus tilida
esa ko’plikdagi otlarning roditelny padej shakli turlicha qo’shimchalar yordamida hosil
qilinadi: столов (стол-столы), сараев (сарай-сараи), печей (печь-печи), чашек (чашка-
чашки), собраний (собрание-собрания), столовых (столовая-столовые), книг - nol
qo’shimcha (книга-книги)*.
*Qavslar ichida so’zlarning birlik va ko’plik shakllari berilgan.
Rus tilidagi otlarning kelishiklar bo‘yicha turlanishida ulardagi son va rod kategoriyalari
muhim o‘rin tutadi.
Sintaktik vazifasiga ko‘ra ham o’zbek va rus tillaridagi otlar ma‘lum o‘xshashlik va
farqlarga ega. Masalan, har ikkala tilda otlar ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi
hamda hol vazifalarida kela oladi. Bundan tashqari, o’zbek tilida otlar hech qanday
grammatik vositani olmagan holda sifatlovchianiqlovchi vazifasida ham kela oladi: asfalt
ko‘cha, temir eshik. Mazkur xususiyat rus tilidagi otlarga xos emas. Bunday hollarda rus
tilida ot-o’zakdan yasalgan sifatlar qo‘llanadi: асфальтная дорога, железная дверь.
To‘g’ri, rus tilida ham ot+ot shaklidagi atributiv birikmalar uchraydi, ammo bunda avval
aniqlanmish, keyin aniqlovchi keladi va bunday birliklar juft shaklda beriladi: Родина-мать,
город-герой.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |