O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Yettinchidan,  rus  tilida  so’z  suppletiv  usul  bilan  o’zgarishi  (ya‘ni  qo’shimcha  olish 

jarayonida  ma‘lum  o‘zak  boshqa  o‘o’zak  bilan  almashishi)  mumkin:  я-меня,  он-его, 

хорошо-лучше, мы-нас, человек-люди, идёт-шёл.  

 

Biz yuqorida ko‘rib chiqqan o’zbek tili (ya‘ni agglutinativ tillar)ga oid hodisani tilshunos 



olim  A.A.Reformatskiy  agglutinatsiya,  rus  tili  misolida  ko‘rib  o‘tilgan  flektiv  tillarga  oid 

hodisani esa fuziya deb nomlagan. 

 

Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, rus tilida turli turkumlarga ajratiluvchi 



mustaqil  so’zlarning  maxsus  morfologik  ko‘rsatkichlari  bor.  Masalan,  хороший  so’zining 

sifat,  хорошо so’zining  ravish  хорошеть so’zining  fe‘l  turkumlariga  mansubligini  ularning 

tugalmasiga qarab aniqlash oson. O‘zbekcha so’zlar esa bunday grammatik ko‘rsatkichlarga 

ega emas. 

 

Ammo  agglutinativ  tillar  bilan  flektiv  tillar  o’rtasiga  qat‘iy  chegara  qo‘yib  bo’lmaydi, 



holbuki  agglutinatsiya  hodisasi  flektiv  tillarda,  flektiv  tillarga  xos  bo’lgan  xususiyatlar 

agglutinativ tillarda uchrashi ham mumkin. Bunga ingliz tilida ko’plik shaklini hosil qiluvchi 

-‘s  qo’shimchasi,  shuningdek  qo’shimcha  qo‘shilishi  natijasida  o‘zagida  o’zgarish  yuz 

bergan sana, yasha, meni, o‘rni, burni kabi o‘zbekcha so’zlar misol bo’la oladi.  

 

O‘zbek  tilshunosligiga  oid  ilgarigi  adabiyotlar,  xususan,  G‘.Abdurahmonov, 



Sh.Shoabdurahmonov, 

A.Hojievlar 

hammuallifligida 

chop  etilgan  «O‘zbek  tili 

grammatikasi»,  A.Abduazizovning  «O‘zbek  tili  fonologiyasi  va  morfonologiyasi», 

shuningdek  ular  bilan  bir  davrda  rus  tili  andozalari  asosida  yaratilgan  boshqa  bir  qancha 

kitobo’lar  bilan  tanishar  ekanmiz,  rus  tili  qonuniyatlarini  sun‘iy  ravishda  o’zbek  tiliga 

yopishtirishga  urinishlar  bo’lganligiga    guvoh  bo’lamiz.  Binobarin,  ushbu  adabiyotlarda 

o’zbekcha so’zlar ham rus tilidagi kabi o‘zak morfema, negiz, affiksal morfemalardan tarkib 

topadi  (misol  uchun,  ishchilarga    so’zidagi  ish  o‘zagi  bilan  -chi  so’z  yasovchi  morfemasi 

birgalikda  so’zning  negizini,  qolgan  qo’shimchalar  esa  so’zning  ma‘lum  grammatik 

formasini tashkil etadi), degan fikrlarni uchratamiz. Biroq har ikkala tilga mansub so’zlardan 

olib  taqqoslaydigan  bo’lsak,  ruscha  kornevaya  morfema  o’zbekcha  o‘zakdan  tubdan  farq 

qilishiga amin bo’lamiz. 

 

Rus  tilidagi  o‘zak  morfemalar  affikslarsiz,  mustaqil  holda    deyarli  qo‘llanmaydi.  Bunga 



yuqoridagi  (mas.  -да  o’zak  morfemasi)  kabi  misollardan  istalgancha  keltirish  mumkin: 

брать-берёт-набрал-перебрал yoki  летать-лётчик-лечу. Misollardagi бр yoki лт (леч

o’zak morfemalarini  ajratib olib alohida  holda ularga ta‘rif  berib  bo’lmaydi, chunki ular na 

grammatik  va  na  leksik  ma‘noga  ega.  Игра,  играть,  игрушка,  проигрыватель  yoki 

писать,  письмо,  пишу,  писанный,  писатель  so’zlarining  o’zaklaridan  o‘ynamoq,  yozmoq 

ma‘nolari anglashilib tursa­da, игр yoki пис o’zaklarini ham mustaqil qo‘llab bo’lmaydi.   

 

O‘zbek tilidagi o’zaklar esa har qanday qo’shimchalardan  holi bo’lganida  ham mustaqil 



leksik  va  grammatik  ma‘nolarga    egadir.    Masalan:  ber–bo’lishli,  aniq  nisbat,  II    shaxs, 

birlik,  buyruq maylidagi fe‘l, shuningdek uch-bo’lishli, II  shaxs, birlik,  buyruq maylidagi 

fe‘l, son turkumiga oid uch so’zi bilan omonimik munosabat hosil qiladi. 

 

 Ma‘lumki,  o’zbek  tilida  qo’shimchalar  so’z  yasovchi,  so’z  o‘zgartuvchi  va  shakl  hosil 




 

16 


qiluvchilarga  ajratiladi.  Rus  tilida  esa  so’z  negizini  hosil  qiluvchi  affikslar  prefiks  (uni 

pristavka  deb  ham  atashadi),  postfiks  yoki  suffiks  va  interfikslarga  ajratiladi.  Pristavkalar 

o’zakning  oldidan  qo‘shilib,  odatda  bir  turkumga  oid  yangi  so’zlarni  hosil  qiladi:  вход, 

выход, заход, исход, доход, приход, расход va h.k. o’zakning ketidan qo‘shiluvchi suffiks 

(postfiks)lar  yordamida  esa  turli  turkumlarga  mansub  so’zlar  yasaladi.  Masalan,  -e  suffiksi 

sifat  o’zaklaridan  fe‘llar  hosil  qiladi:  белеть,  синеть,  желтеть;    suffiksi  bilan  esa  ot 

o’zaklaridan  sifatlar  yasaladi:  железный,  бумажный,  книжный,  автобусный.  Rus  tilida 

prefiks va suffikslar nihoyatda ko’p bo’lib, ular faol yasovchilar hisoblanadi. Interfikslar esa 

faqat  qo‘‘shma  so’zlarni  yasashda  ishtirok  etadi.  O‘zbek  tilida  ikki  yoki  uchta  so’zni  hech 

qanday vositasiz birlashtirib, yangi so’z hosil qilinaveradi: gultojixroz, belbog’, qo‘lqop. Rus 

tilida esa qo‘shma so’z hosil qilish uchun birlashtirilgan o’zaklar o’rtasida albatta –o yoki –e 

interfiksi bo’lishi shart: пароход, самолёт, пулемёт, вездеход, дымоход va h.k. 

 

Yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  so’zlarni  bir­biriga  bog’lash  uchun  xizmat  qiladigan 



qo’shimchalar rus tilida okonchanie, ya‘ni tugalma deb ataladi. Tilshunos V.I.Koduxov  rus 

tilidagi  bunday  qo’shimchalarni  fleksiya,  turkiy  tillarda  mavjud  qo’shimchalarni  prilepa 

(ya‘ni  yopishgich)  deya  atab,  ulardagi  tafovutlarni  quyidagi  ikki  jihat  bilan  isbotlashga 

uringan  edi:  1)  Fleksiya  polifunksional,  prilepa  esa  monofunksionaldir:  розу  so’zidagi  -у 

fleksiyasi  so’zning  jenskiy  rod,  birinchi  turlanish  guruhiga  mansub,  birlik,  tushum 

kelishigida  ekanligini  bildiradi,  atirgulni  so’zidagi  -ni  qo’shimchasi  esa  faqat  tushum 

kelishigiga  ishora  qiladi  holos.  Buni  yuqorida  –a  qo’shimchasi  misolida  ham  ko‘rib  o‘tgan 

edik.  2)  Fleksiya  ko’p  variantli,  prilepa  esa  bir  ko‘rinishga  ega.  Masalan,  o’zbek  tilida 

so’zlarning  ko’plik  shakli  birgina  –lar  qo’shimchasi  yordamida  hosil  qilinadi.  Rus  tilida 

ko’plik  qo’shimchasining  –ы,  -и,  -а,  -я,  -ые,  ие  kabi  turlari  bor  (школы,  книги,  дома, 



листья, столвые, рабочие). 

 

Rus  tilida  uch  xil  rod  mavjud  bo’lganligi  uchun,  otlar  rodlari    va  tugalmalaridan  kelib 



chiqib,  kelishiklar  bo‘yicha  turlanuvchi  uch  guruhga  ajratiladi.  Bu  masalaga  ot  mavzusini 

o‘rganayotgan  paytimizda  alohida  to‘xtalamiz.  Ammo  shunday  so’zlar  ham  borki,  ular 

odatda turlanmaydi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha ma‘lum tugalmalarni olib o‘zgarmaydi. Bunga 

kofe,  ragu,  taksi,  palto,  kino  kabi  o‘zlashmalar  misol  bo’la  oladi.  O‘zbek  tilidagi  kelishik 

qo’shimchalari  esa  har  qanday  o‘zlashma  so’z  bilan  ham  birika  oladi:  kompyuterni, 



kompyuterga,taksini, taksiga,  kinoda, kinodan, samolyotni, samolyotning. 

 

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish