O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Kelishiklarning ma’nolari 

 

O‘zbek  va  rus  tillaridagi  to‘rt  kelishik  so‘roqlariga  ko‘ra  o‘xshash  hisoblansa­da,  



ma‘noviy  jihatdan  o’zaro  farqlanadi.    O‘zbek  tilidagi  bosh  kelishikdagi  so’zlar  rus  tiliga 

ma‘nosiga  ko‘ra  ayrim  hollarda  imenitelny  padej  shaklida,  ba‘zan  esa  roditelny  padej 

shaklida beriladi. Masalan: Mening do‘stim bor. – У меня есть друг; Mening do‘stim yo‘q. 

– У меня нет друга.   

 

Bosh  kelishikdagi  so’zlar  har  ikkala  tilda  ham  ega  hamda  kesim  vazifalarida  kelishi 



mumkin. Masalan: Navoiy – buyuk shoir. Навои – великий поэт. 

 

 

O‘zbek tiligagina xos bo’lgan o‘rin­payt va chiqish kelishiklaridagi  otlar rus tilida turli 



grammatik  vositalar  bilan  beriladi.  Masalan:  Men  universitetda  o‘qiyman.  –  Я  учусь  в 

университете (bunda в predlogi bilan otning predlojny padejdagi shakli berilgan); Bahorda 

yurtimizda  Navro‘z  bayrami  nishonlanadi.  –  Весной  в  нашей  стране  отмечается 

праздник  Навруз.  (bunda  ot  tvoritelniy  padej  shaklini  hosil  qilgan);  Do‘stimda  yurtimiz 

tarixiga oid kitobo’lar ko’p.-У моего друга много книг об истории нашей страны. (bunda 

ot  u predlogi bilan roditelniy padejda  qo‘llangan);  Kecha akam Toshkentdan  keldi.  –  Вчера 



мой  брат  приехал  из  ташкента.  (chiqish  kelishigidagi  so’z  predlogli  qaratqich  kelishigi 

bilan  ifodalangan);  Sayohatchilar  tog’  yo‘lidan    borishar  edi.  –  Туристы  шли  по  горной 



дорожке. (chiqish kelishigidagi so’z predlojniy padejda berilgan); O‘qituvchilar Rustamdan 

mamnun  edilar.  –  Преподаватели  были  довольны  Рустамом.  (bunda  ot  tvoritelniy  padej 

shaklini olgan). 

 

Rus tilidagi tvoritelny kelishigi o’zbek tilida quyidagicha ifodalanadi: 1) Rus tilida чем? 



с  кем?  so‘roqlariga  javob  bo’luvchi  otlar  rnida  o’zbek  tilida  bosh  kelishikdagi  ot  va  bilan 

ko‘makchisi  qo‘llanadi:  Я  рисую  карандашом  (чем?).  –  Men  qalam  bilan  chizaman.  В 



библиотеку я ходил с другом (с кем?). – Kutubxonaga men do‘stim bilan bordim; 2) Rus 

tilida  кем?  so‘rog’iga  javob  bo’ladigan  ot  o’zbek  tilida  bo’lib,  qilib  so’zlari  bilan  birikib 

kelgan  bosh  kelishikdagi  ot  bilan  beriladi:  Моя  мама  работает  учительницей  (кем?).  – 

Onam  qituvchi  bo’lib  ishlaydi.  Рустама  выбрали  старостой  группы  (кем?).  –  Rustamni 

guruh  sardori  qilib  sayladilar;  3) Rus tilida  кем? so‘rog’iga  javob  bo’luvchi ot  быть  fe‘li 

bilan birikma holida qo‘llansa, o’zbek tilida bu so’z bo’lmoq, edi so’zlari bilan birga keladi: 



Амир  Тимур  был  великим  полководцем  (кем?).  –  Amir  Temur  buyuk  sarkarda  bo’lgan; 

Бабур  был  ипоэтом,  и  правителем  (кем?).  –  Bobur  ham  shoir,  ham  shoh  edi.  4)  Agar 

кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan so’z harakat bajaruvchisini ifodalasa, u holda o’zbek tilida 

bosh  kelishikdagi  ot  tomonidan  so’zi  bilan  birga  qo‘llanadi:  Эта  обсерватория  была 



создана  Улугбеком  (кем?).  –  Bu  rasadxona  Ulug’bek  tomonidan  barpo  etilgan.  Первая 

«Хамса»  (Пятерица)  на  узбекском  языке  была  написана  великим  поэтом  Алишером 

Навои  (кем?).  –  «Hamsa»  ilk  bor  o’zbek  tilida  buyuk  shoir  Alisher  Navoiy  tomonidan 

yozilgan. 

 

Rus  tilidagi  predlojny  kelishigi  ham    o’zbek  tiliga turlicha  tarjima  qilinadi.  Masalan:  1) 



Rus tilida o (ob) predlogli otlar  o’zbek tilida  haqida, to‘g’risida ko‘makchilarini olgan otlar 

bilan  beriladi:  Наше  правительство  заботится  о  мире  и  спокойствии.  –  Hukumatimiz 



tinchlik  va  osoyishtalik  haqida  qayg’uradi.  2)  в,  на  predlogli  otlar  o’zbek  tilida  rin­payt 

kelishigidagi  otlar  bilan  ifodalanadi:  В  нашем  городе  много  исторических 



достопримечательностей.  –  Shahrimizda  tarixiy  obidalar  ko’p.  3)    при  predlogli  otlar 

o‘rnida  o’zbek  tilida  qoshida  ko‘makchisini  olgan  bosh  kelishikdagi  otlar    qo‘llanadi:  При 



нашем  университете  имеется  Центр  молодёжи  –  Universitetimiz  qoshida  Yoshlar 

markazi bor. 

 

Yuqoridagilarga  asoslanib,  umumiy  xulosalar  chiqaradigan  bo’lsak,  rus  tilidagi 



kelishiklarning  muhim  atributlaridan  biri  bu  predlog  bo’lib,  roditelniy,  datelniy,  vinitelniy 

padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy padejda esa hamisha predlog bilan 

qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar bundan mustasno.  

 

Ko‘rib  o‘tganimizdek,  kelishik  kategoriyasi  grammatik  tuzumi  jihatidan  ham,  boshqa 




 

21 


xususiyatlariga ko‘ra ham o’zbek  va rus tillarida anchagina farqlarga ega, shuning uchun bu 

grammatik  kategoriyani  ikki  til  doirasida  qiyosiy  tahlil  qilish  uchun  tilshunos  bu  tillarni 

yaxshi o‘zlashtirishi lozim. 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish