O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

 

 

 

7-Mavzu: Olmosh va ravish turkumlari 

 

 



Olmosh  har ikki tilda ham mustaqil so’z turkumi bo’lib, ot, sifat, son o’rnida ishlatiladi. 

Olmoshlarning  ma‘nosi  umumlashgan  bo’lib,  ular  predmet,  belgi  va  miqdorni  ko’rsatish 

uchun xizmat qiladi. Olmoshning konkret ma‘nosi nutqda, kontekstda aniqlanadi: 

 

O’zbek tilida: 



Karim — talaba, u institutga bu yil kirgan. 

 

Rus tilida: 



Карим студент, он поступил в институт в этом году. 

 

Olmoshlar  ma‘no  xususiyatlariga  ko’ra  o’zbek  tilida  sakkiz  turga,  rus  tilida  esa  to’qqiz 



turga bo’linadi: 

O’zbek tilida                                                                       Rus tilida 

Kishilik olmoshlari                                                Личные местоимения 

O’zlik olmoshi                                                       Возвратное местоимение 

Ko’rsatish olmoshlari                                            Указательное местоимение 

So’roq olmoshlari                                                  Вопросительные местоимения 

Nisbiy olmoshlar                                                   Относительные местоимения 

Belgilash olmoshlari                                             Определительные местоимения 

Bo’lishsizlik olmoshlari                                        Отрицательные местоимения             

Gumon olmoshlari 

                                     Неопределённые местоимения 

                                                                               Притяжательные местоимения 

 

 

O’zbek  va  rus  tillaridagi  olmoshlar  shakli,  turlanishi  va  boshqa  so’zlar  bilan  birikib 



kelishi  jihatdan  bir-biridan  jiddiy  farq  qilsa-da,  bajaradigan  vazifalari  jihatidan  o’zaro 

o’xshash. 

 

O’zbek  tilida  sen  olmoshi  salbiy  uslubiy  bo‘yoq  berish  maqsadida  -lar  affiksi  bilan 




 

26 


qo’llanishi  ham  mumkin.  Bunday  paytda,  asosan,  mensimaslik,  istehzo  ma‘nolari 

anglashiladi. Rus tilidagi ты esa bunday хususiyatga ega emas. 

 

O’zbek  tilida  egalik  affiksi  bilan  qo’llangan  o’zlik  olmoshi  rus  tilida  сам  belgilash 



olmoshiga  to’g’ri  keladi.  Rus  tilidagi  сам  rod,  son  va  kelishiklarda  o’zgaradi:  Men  o’zim 

ishlayman.—  Я  сам  буду  работать.  U  qiz  yosh  bo’lsa-da,  hamma  topshiriqni  o’zi 

bajaradi.—  Эта  девушка,  хотя  слишком  молода,  но  все  поручения  выполняет  сама.

 

Rus tilida o’zlik (себя) olmoshining bosh kelishik shakli yo’q, u o’zi bilan birikib kelgan 



otning  rodiga  moslashmaydi,  kelishiklarda  o’zgarsa  ham,  birlik  va  ko’plik  shakli  bir  xil 

bo’ladi.  O’zbek  tilida  buning  ma‘nosi  o’z  olmoshiga  egalik  va  kelishik  qo’shimchalarini 

qo’shish bilan yoki ko’makchilar bi-lan kelgan o’z olmoshiga egalik qo’shimchasini qo’shish 

bilan  ifodalanadi:  Я  для  себя  купил  новый  костюм.—  Men  o’zim  uchun  (o’zimga)  yangi 

kostyum sotib oldim. Он ничего не говорил о себе. 

 

Ba‘zan  rus  tilida  o’zlik  olmoshi  egalik  tushunchasini  ham  ifodalashi  mumkin:  Нина 



пригласила гостей к себе.— Nina mehmonlarni o’z uyiga taklif qildi. 

 

O’zbek  tilida  kim,  nima,  qaer,  qachon,  necha,  qaysi,  qanday,  qanaqa,  nega  so’roq 



olmoshlaridan  ba‘zilari  ko’plikda  ham  qo’llanadi:  kim  —  kimlar,  nima  —  nimalar,  qaer  — 

qaerlar kabi. Masalan: Siznikiga kim keldi?— Кто пришёл к вам? Siznikiga kimlar keldi?— 

Кто пришёл к вам?— 

 

Rus  tilida  какой,  который  so’roq  olmoshlari  otning  rod,  son  va  kelishik  shakllariga 



moslashadi, o’zbek tilida esa bunday hodisa kuzatilmaydi. Qiyoslang: 

 

Rus tilida:                                                    O’zbek tilida: 



 

Какой журнал?                                            Qanday jurnal? 

Какая книга? 

                                        Qanday kitob? 

Какое произведение?                               Qanday asar? 

Какие газеты?                                          Qanday gazetalar? 

Которую книгу?                                         Qaysi kitobni? 

Какой книгой?                                          Qaysi kitob bilan? 



 

 

  



Rus  tilida    кто,  что,  который,  чей  so’roq  olmoshlari  ba‘zan  so’roq  ma‘nosini  yo’qotib 

nisbiy olmoshga aylanadi. O’zbek tilida ham, rus tilida bo’lganidek, so’roq olmoshlari nisbiy 

olmoshlarga  ko’chishi  mumkin:  Кто  не  работает,  тот  не  ест.—  Kim  ishlamasa,  u 

tishlamaydi. (Ishlamagan — tishlamaydi.) Что посмеешь, то и пожнёшь.— Nima eksang, 

shuni o’rasan. 

 

O’zbek tilidagi belgilash olmoshlari otga bog’langanda o’z shaklini o’zgartirmaydi. Rus 



tilidagi  belgilash  olmoshlari  esa  otga  tobe  bo’lib  o’z  shaklini  otning  rod,  son  va  kelishik 

shakliga moslashtiradi: Masalan: каждый человек, каждая мать, каждое слово. 

 

O’zbek  tilida  hamma,  barcha  olmoshlariga  egalik  qo’shimchalarini  qo’shish  bilan 



ifodalangan ma‘nolar rus tilida ko’plikdagi kishilik olmoshlarining ko’plikdagi весь olmoshi 

bilan  birikishi orqali  beriladi:  hammamiz  —  мы  все,  hammangiz  —  вы  все;  hammalari  — 

они все; 

 

O’zbek  tilida  bo’lishsizlik  olmoshlari  so’roq olmoshlariga  hech  inkor  so’zini  biriktirish 



bilan,  rus  tilida  esa  so’roq  olmoshlariga  ni-  va  ne-  inkor  yuklamalarini  qo’shish  bilan  hosil 

qilinadi: hech kim —  nikto, hech nima —  nichto, hech kimni-ki —  nichey,  hech qanday  — 

nikakoy  kabi.  Rus  tilida  никто,  ничто,  ничей  olmoshlari  кто,  что,  чей  olmoshlari  kabi 

turlanadi:  Никто  не  приходил.—  Hech  kim  kelmadi.  Мама  ничего  не  сказала.—  Onam 

hech nima degani yo’q.  

 

Bo’lishsizlik  olmoshlari  predloglar  (old  ko’makchilar)  bilan  qo’llanganda,  olmosh 



tarkibidagi  ни-  yuklamasi  ayrim  yoziladi:  Карим  ни  с  кем  не  встречался.—  Karim  hech 

kim bilan uchrashmadi. 

 

Никакой olmoshi esa otga bog’lanib, uning rod, son va kelishik formalariga moslashadi: 




 

27 


никакой дом dom — hech qanday uy. 

 

Har ikki tilda ham gumon (noaniq) olmoshlari so’roq olmoshlariga turli affikslar qo’shish 



bilan  hosil  bo’ladi.  Xususan,  o’zbek  tilida  gumon  olmoshlari  so’roq  olmoshlaridan  oldin 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish