O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Карши. У Малики менее капризный характер, чем у её сестры. 

 

O‘zbek  tilida  fonetik  usul  orqali  hosil  qilingan  orttirma  daraja  shakllari  rus  tilida  пре- 



prefiksi  bilan  beriladi:  sap-sariq  –  жёлтый-прежёлтый,  top-toza  -  чистый-пречистый. 

Bunday shakllar rus tilida kuchaytirma daraja shakllari deb yuritiladi.  

 

O‘zbek tilida belgining me‘yordan kamligini ifodalovchi ozaytirma daraja shakli ikki xil 



usul:  leksik  usul  (sal  katta,  bir  oz  uzun)  va  morfologik  usul  (yaxshiroq,  balandroq

yordamida  yuzaga keladi. 




 

23 


 

Rus tilidagi asliy sifatlarning  yana  bir  farqli  xususiyati  shundaki, ularda daraja  shakllari 

 

hosil  qilinganda,  so’z  o‘zagida  tovush  tushish  yoki  tovush  almashish  hodisalari  yuz 



 

beradi:  близкий  –  ближе,   редкий  –  реже,  высокий  –  выше,  крепкий  – крепчайший, 



 

великий – величайший. 

 

Har  ikkala  tilda  ham  rang­tus  bildiruvchi  sifatlarning  zagiga  maxsus  grammatik 



ko‘rsatkichlarni  qo‘shib,  shu  rangga  o‘xshash  bo’lgan  rang  turlarini  hosil  qilish  mumkin: 

ko‘kimtir – синеватый, qizg’ish- красноватый va h.k. 

 

Rus  tilidagi  asliy  sifatlar  qisqartma  shaklga  ham  ega:  красивый-красив,  крепкий–



крепок,  полезный-полезен,  великий-велик.  Qisqartma  sifatlar  ot  bilan  rod  va  sonda 

moslashib,    odatda  kesim  vazifasida  keladi:  интересный  фильм  –  Этот  фильм  очень 



интересен;  богатая  страна  –  Наша  страна  богата  сырьём  и  промышленностью; 

полезные  фрукты  –  Фрукты  полезны  для  здоровья;        Bunday  sifatlar  turlanmaydi. 

O‘zbek tilida qisqartma sifatlar mavjud emas. Kesimlik kategoriyasi esa o’zbekcha sifatlarda 

ayrim  shollarda bog’lama vositasida  hosil bo’ladi (Men kattaman. Sen nega xafasan?), ko’p 

hollarda esa sifat egadan keyin kelib, o‘zgarmas shaklda kesim vazifasini bajaradi (Suv tiniq. 



Bu bino yangi). 

 

Ruscha gaplar tarkibida sifatlar ot­sifatlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin: 



Навруз  –  национальный  праздник  многих  народов  Востока.  «Филология  –  наука 

глубоко  личная  и  глубоко  национальная»

 

(Д.С.Лихачев)

.

  O‘zbek  tilida  esa  sifat  hamisha 



sifatlanmishdan oldin keladi.   

 

O‘zbekcha  sifatlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  ular  gapda  hol  vazifasida 



ham kela oladi. Quyidagi gaplarni ularning tarjimalari bilan  muqoyasa qilib ko‘ring: 

 

Istiqlol  sharofati  bilan  shahrimizda  chiroyli  imoratlar  qurildi.  –  Благодаря 



Независимости  в  нашем  городе  построены  красивые  здания.        Dugonam  chiroyli 

yozadi. – Моя подруга пишет красиво.  



 

O‘zbekcha  misollarda  ikki  o‘rinda  kelgan  «chiroyli»  so’zini  farqlovchi  morfologik 

belgilar mavjud emas. Demak, ulardan birini sifat, ikkinchisini ravish deyishga hech  qanday 

asos  yo‘q.  Bunda  bir  so’zning  o‘zi  birinchi  gapda  aniqlovchi,  keyingisida  hol  vazifasida 

kelgan.  Rus  tilida  esa  bir  o’zak­negizga  ega  bo’lgan  sifat  va  ravishlarni  ularning  tugalmasi 

farqlab turadi.  

 

Nisbiy  sifatlar  rus  tilida  ham,  o’zbek  tilida  ham  predmetning  boshqa  predmet  bilan 



aloqadorligini,  o‘rin  yoki  zamonga  munosabatini  ifodalaydi:    milliy  universitet-национальный 

университет,  bahorgi  imtihonlar-весенние  экзамены,  moddiy  ahvol-материальное  

положение, ilmiy ish-научная работа.  

 

Rus  tilida  predmetning  qanday  ashyodan  ishlanganligini  anglatuvchi  nisbiy  sifatlar  ot 



o‘zagiga  –н,    -ан,  -ян,  -янн,  -енн,  -ов  kabi  suffikslarni  qshish  orqali  hosil  qilinadi:  

деревянный стол, пластиковые окна, кожаная куртка, хрустальная люстра. Bunday 

sifatlar ham sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi.  

Masalan: 

              

                       ср.р.                                                    ж.р. 

И.п. зимнее утро (куз тонги)                железная дверь (темир эшик) 

Р.п.  зимнего утра (куз тонгининг)      железной двери (темир эшикнинг) 

Д.п. зимнему утру (куз тонгига)          железной двери (темир эшикка) 

В.п. зимнее утро (куз тонгини)            железную дверь (темир эшикни) 

 

 



Misollardan ko‘rinib turganidek, rus tilidagi nisbiy sifatlar bilan hosil qilingan birikmalar 

o‘rnida  o’zbek  tilida  izofali  birikma  yoki    aniqlovchisi  ot  bilan  ifodalangan  bitishuvli  birikma 

qo‘llanadi.  

 

Rus  tilida  nisbiy  sifatlarning  yana  bir  turi  (притяжательные  прилагательные)  mavjud 



bo’lib, ular predmetning ma‘lum bir shaxsga qarashliligi yoki biror jonzotga oidligi, tegishliligini 

ko‘rsatadi.  Bunday  sifatlarni  O.Azizov,  A.Safaev  kabi  olimlarimiz  «egalik  sifatlari»,  olim 




 

24 


Sh.Rahmatullaev  «nisbatlov  sifatlari»  deb  nomlaganlar.  Sifatning  bu  turi  ham  asliy  va  nisbiy 

sifatlar  kabi  sifatlanmish  bilan  rod,  son  va  kelishikda  moslashadi:  мамино  платье  (ср.р.)



охотничье  ружьё  (ср.р.),  птичий  клюв  (м.р.),  верблюжья  шкура  (ж.р.),    лисьи  следы 

(ko’pl.).  Rus  tilidan  o’zbekchaga  tarjima  qilinganda  egalik  sifatlari  o‘rnida:  a)  qaratqich 

kelishigidagi  ot  (папин  друг–  dadamning  do‘sti,  дядин  дом  –  tog’amning  uyi);  b)  sifat  rnida 

qllangan,  izofali  birikmani  hosil  qiladigan  bosh    kelishikdagi  ot  (птичье  гнездо-  =  qush  ini



медвежья берлога -ayiq uyasi ) beriladi. 

 

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish