O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Tamponaj aralashmalarini tayyorlash va haydash texnologiyasi



Download 2,84 Mb.
bet15/20
Sana17.07.2022
Hajmi2,84 Mb.
#818225
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Shohruh (II bob)

2.2. Tamponaj aralashmalarini tayyorlash va haydash texnologiyasi

Quduqlarni sementlash jarayonida tamponaj aralashmalarini tayyorlash takomillashtirilgan texnologiyalar asosida sementni aralashtirish uchun yuqori bosimli nasosni qo‘llash, gidroaralashtirgichni va o‘rtalashtirilgan qurilmalarni qo‘llash asosida olib boriladi [55]. Bunday texnologiyadan foydalanilgan erigan suyuqlikning kinetik energiyasidan foydalanish hisobiga gomogenlashtirilgan tamponaj aralashmalarini belgilangan zichlikda olish mumkin va sementlash operatsiyasida qatnashadigan sementlash agregatlarini 1,5 – 1,8 marta kamaytirish imkoniyati tug‘iladi.


Tamponaj aralashmalarini uning kerakli zichligida tayyorlash jarayoni amaliy yagona parametri hisoblanadi, qolgan hamma fizik – mexanik xossalarini aniqlovchi hamda sementlash texnologiyasi masalasida eng muhimi zichligini belgilangan ko‘rsatgichda ushlab turish hisoblanadi [74, 87].
Tamponaj aralashmalarini umumiy texnologiya bo‘yicha markazdan qochma suv uzatuvchi nasos yordamida bak orqali tayyorlashda [86] olinadigan eritmaning zichligi katta og‘ishda tayyorlanganligi uchun erishilganligidan 20 - 30% farq qiladi. Ishlar tahlil qilinganda gidroaralashtirgich qurilmasining asosiy sababi, suyuqlik oqimi bilan aralashtirish kamerasida aralashtirishda vakuumning yetarli emasligi o‘rnatilgan.
Gidrovakuumli aralashtirgichlarning ishlari tadqiqotlanganda ya’ni, ularning ishining barqarorligi 0,06 – 0,07 MPa kichik bo‘lmagan bosimda aralashtirish kamerasida siyraklashtirishni yaratish orqali ta’minlash mumkinligi bosim nasadkalarida 4 – 8 MPa chegarasida bosimni hosil qilishga erishilganda uning ta’minlanishi ko‘rsatilgan va buning uchun nasos agregatining yuqori bosimli nasosdan foydalanish zarurligi belgilangan.
V. I. Vyaxirev va S. V. Logvinenkolar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida har xil tamponaj sementlarini aralashtirishda tamponaj aralashmasining zichligini boshqarish usuli bo‘yicha yuqori bosim nasos bilan aralashtirish kamerasida seyraklashtirishni o‘zgartirish yo‘li orqali ijobiy natijalarni olish taklif qilingan.
Sementlash jihozlari bog‘lanmasining ishdagi taklif qilingan texnologiyasining sxemasi 3.1 -rasmda keltirilgan.
Sementlash agregati 1-chi yuqori bosimli nasos yordamida gidravlik aralashtiruvchi sement aralashtiruvchi mashina 2-ga aralashtiriladigan (eritiladigan) suyuqlikni 3 – chi yuqori bosimli haydovchi chiziq orqali uzatadi. Tayyorlangan aralashma o‘zining kinetik energiyasi hisobiga eritilgan suyuqlik oqimini gidroelevator 4-chi bo‘yicha (elastik metallar armaturali 100 mm diametrli yeng) o‘rtadagi sig‘imga 5 –ga tashiydi.
O‘rtadagi sig‘imga kerakli miqdorda to‘plangan tamponaj aralashmasi belgilangan parametrlari bilan quduqqa bir yoki ikki sementlash agregatlari 6-chi va 7 – chilar yordamida haydashga kirishiladi. Tamponaj aralashmasi og‘irlashib ketganda zaruriy holatlarda o‘rtadagi sig‘imdan 7-chi sementlovchi agregat bilan yuqori bosimli 8 – chi retsirkulyatsiya chizig‘i bo‘yicha yana qaytadan gidravlik aralashtirgichga uzatiladi va u yerda unga qo‘shimcha tamponaj qorishmasi kiritiladi.
Tamponaj aralashmasining retsirkulyatsiyasi qattiq fazalarning dispergirlanish hisobiga sedimentatsiya mustahkamligini oshirishning zarurati paydo bo‘lgan holatda va konsestensiyani amalga oshiradi.
Mustahkamalash kolonnasini 245 mm.li kolonna bilan sementlash jarayonidaga texnologik operatsiyalarning ketma-ketligi 3.2-jadvalda keltirilgan. Quduqqa bufer suyuqligi tayyorlangan va haydalgandan keyin sement-zolli tamponaj aralashmasini aralashtirishga kirishiladi.
O‘rtadagi sig‘im qurilmasida 12 – 14 m3 aralashma 1,82 g/sm3.da tayyorlanib, eng pastki sementlash tiqini ishga qo‘shiladi va quduqqa tamponaj aralashmasini haydash uni tayyorlashni davom ettirish bilan boshlanadi.







Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish