Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki nusxasini tugallash jadvali
I bob. Neft va gaz quduqlarini samarali burg‘ilash va sementlash ishlarining zamonaviy usullari tahlili - «2021-2022» yil noyabr-aprel oyida
II- bob. Tamponaj aralashmalarining qo‘llanilishi va uning xossalarini tadqiqotlash
III bob. Neft va gaz quduqlarini sementlash usullari va tamponaj aralashmalarining qo‘llanilishi va uning xossalarini ularning tarkibini ilmiy asoslash - «2022-2023» yil noyabr-aprel oyida
Dissertatsiya «NGI » kafedrasida 2023 yil «___» mayda o‘tgan dastlabki himoyasida ilmiy rahbar tomonidan berilgan topshiriqlar:
___________________________________________________________________
Topshiriqlar qabul qilindi: ___________________________________________
(talabaning imzosi, sana)
70721803-“ Neft va gaz quduqlarini burg’ilash” magistratura mutaxassisligi magistranti Halimov Shohrux Komiljon og’lining “Ko‘p tarmoqli gorizontal va qiya quduqlarni burg‘ilashni nyuqori oltingugurtli konlarga tadbiq etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
Annotatsiya
Dissertatsiya ishining dolzarbligi: Neft va gaz quduqlarini geologik xususiyatlari, unda neft va gazni joylashuv sharoitlari hamda anomal yuqori bosimni alohida bir neftgazlilik sohalarida joylashuvi to‘g‘risida fikrlar ko‘pgina manbalarda keltirilgan. Bunda asosiy e’tibor qirqim ko‘tarilmasida plastik loylarni va tuzlilik qatlamining mavjudligi hamda regional antiklinal zonalarni va lokal tuzilmalarni shakllanishga olib kelishi, yadroning oqib o‘tish murakkabliklari, loyli vulkanlar, tuzli shtoklar, dizyuntik kichik va yirik buzilishlar, yoriqlar va mikroyoriqlarning tizimi, APQBni paydo bo‘lishida neft va gaz katta chuqurlikda joylashgandagi geotermik sharoitlarni va tuzli massivlarni rolini kattaligi hamda burg‘ilash jarayonida qatlam ochilganda namoyon bo‘lishi bilan ko‘pgina mualliflar ilmiy ish olib borishgan.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonlari va uning muammolari bilan Aminov A.M., Baranov V.S. , Basarigin Y.M, Budnikov V.F., Bulatov A.M., Bashlik SM., Zagibaylo G.T., Vadetskiy Y.V., Gauf V.A., Mamadjanov U.D., Polyakov G.A., Xodjayev M.I., Maxamatxojayev D.R., Nikishin V.A., Nifantov V.I., Raximov A.K., Sereda N.G., YE.M.Solovev., Tagirov K.M.lar va shug‘ullanishganlar.
Bu mualliflar tomonidan qilingan xulosalarning obyektivligini va ishonchliligini asoslashga intilishgan bo‘lib, ko‘pgina umumlashtirilgan materiallarda qatlam bosimining kichikligini aniqlash ishlatish kolonnalari orqali yoki istiqbolli oraliq qirqimlarini tadqiqotlash ishlarini natijalari orqali amalga oshirilgan.
Anomal yuqori qatlam bosimli qatlamda burg‘ilash ishlarining amaliyotidan ma’lumki, qoldiq zonalarda neft va gaz quduqlarini chuqur va o‘ta chuqur burg‘ilash ishlarini olib borishda murakkabliklar sodir bo‘lmasligi uchun yengillashtirilgan kshpikli yoki aeratsiyali eritmalardan foydalaniladi.
Shuning uchun dissertatsiya ishida neft va gaz konlaridagi mahsulotlarni ko‘proq qazib olish hamda konni ishlatishni so‘nggi bosqichida mahsuldor qatlamlarni samarali ishlatish uchun kollektor kanallarni shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Anomal past qatlam bosimli va gidrostatik bosimdan past bo‘lgan anomalli qatlamlarni geologik murakkab bo‘lgan sharoitlarida qatlamlarni burg‘ilab ochish juda ham qiyindir. Birinchi holatda yengillashtirilgan burg‘ilash eritmalari bilan burg‘ilash ishlari olib borilganda qatlam quduq tubi zonasiga ko‘p miqdordagi filtratlarni va g‘ovaklik muhitiga gazsimon moddalar kirib borganda ham qatlamdagi kollektor xossalarini saqlab qolish mumkin va skin faktorlarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Anomal past bosimli qatlamlar tahlil qilib chiqqanimiz qatlam bosimining kichikligi tufayli burg‘ilash jarayoni ko‘pgina holatlar depressiyada yoki “qatlam - quduq” bosimining tenglik sharoitda olib boriladi hamda qatlamda murakkabliklarn sodir bo‘lmasligi uchun yengillashtirilgan SFM qo‘shimchali va neft asosli eritmalardan foydalaniladi.. Bunday holatni Sho‘rtan konida ham kuzatish mumkin. Shuning uchun Anomal past qatlam bosimda burg‘ilash ishlarini olib borish uchun quduqning konstruksiyasini asoslash, optimal burg‘ilash rejimini ishlab chiqish, yuvuvchi suyuqlikning parametrini to‘g‘ri tanlanishi ilmiy jihatdan dolzarb hisoblanadi.
Dissertatsiya kirish qismi, uch bo‘lim, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Tadqiqotning uslubiyati va uslublari. Quduqlarni anomal yuqori va anomal past bosimga ega bo‘lgan qatlamlarda mustahkamlashda sement qorishmalari va ularning parametrlarirni tanlash va uni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish talab qilinadi. Bunday anomallikka ega qatlamlarda burg‘ilash ishlarini olib borishda har xil turdagi qiyinchiliklar va avariya – asoratlar burg‘ilash eritmalarining tarkibiga bog‘liq holda sodir bo‘lishi mumkin. Murakkab sharoitda burg‘ilash ishlarini avariyasiz va asoratsiz olib borish va o‘z vaqtida ishga tushirishda zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi va mavzu ilmiy jihatdan dolzarb hisoblanadi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonlari va uning muammolari bilan Aminov A.M., Baranov V.S. , Basarigin Y.M, Budnikov V.F., Bulatov A.M., Bashlik SM., Zagibaylo G.T., Vadetskiy Y.V., Gauf V.A., Mamadjanov U.D., Polyakov G.A., Xodjayev M.I., Maxamatxojayev D.R., Nikishin V.A., Nifantov V.I., Raximov A.K., Sereda N.G., YE.M.Solovyev., Tagirov K.M.lar va shug‘ullanishganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |