O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 


4-MAVZU. OSIYO XALQLARI
Reja: 
1. O siyo qita’si xalqlariga oid umumiy ma’lumotlar.
2. G’rbiy (Old), Janubiy va Janubiy –Sharqiy, Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlarning etnogenezi 
va etnik tarixi.
3. Xo`jalik madaniy tiplari.
4. Ko`chmachilik va yarim ko`chmachi chorvachilik. Lalmi dehqonchilik va ko`chmanchi 
chorvachilik.
5. Lalmi dehqonchilik va ko`chmanchi aholi ijtimoiy munosabatlarning o`ziga hos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Etnos, etnogenez, etnik tarix, etnik jarayonlar, Instrukuralizm, konstruktivizm, Evolyusionizm 
maktabi, diffuzionizm, biologik oqim, freydizm, Fransiya sotsiologik maktabi, funksional yo’nalish, 
etnopsixologiya oqim, madaniy relyatvizm va struktruturalizm. 
Adabiyotlar: 
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. 
T.:”O‘zbekiston”, 2017. 
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat. 2008. 
3.Алексеэнко Е.А. Историко-этнографические очерки Л., 1967. 
4.Васильевич Г.М. Эвенки. М., 1969. 
5.Индонезия, Малайзия, Филиппин. М., 1982. 
6.Проблем анропологии и этнической истории Сибири. М., 1992. 
7.Потапов Л.П. Очерки по истории алтайтсев. М-Л., 1953. 
8.Смоляк А.В. Этнические процесс у народов Нижнего Амура и Сахалина. Л., 1975. 
9.Социалная организация и культура народов Сибири. М., 1974. 
10.Шпажников Г.А. Религии стран Юго-Восточной Азии. М., 1980. 
11.Этнические процесс и состав населения в странах Передней Азии. М., 1903. 
12.Этнические процесс в странах Южной Азии. М., 1976. 
 
Osiyo qit'asi jahonda eng katta hududga ega bo'lgan, tabiati nihoyatda rang-barang, eng ko'p 
va zich joylashgan aholiga ega. Bu yerda odamzod paydo bo'lgach, eng qadimiy madaniyatlar 
yaratil-gan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda Osiyoning hududi 32 mln.kv km ga yaqin, aholisi 3 
mlrd.dan ortiq, ya'ni jahon aholisining yarmidan ko'pini osiyoliklar tashkil qiladi. 
Odatda Osiyo fanda geografik va tarixiy-etnografik jihatdan olti qismga bo'lib o'rganiladi: 
G'arbiy yoki Old Osiyo xalqlari, Markaziy Osiyo va Qozog'iston xalqlari, Janubiy va Markaziy 
Osiyo xalqlari, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari, Sharqiy va Shimoliy Osiyo yoki Sibir xalqlari. 
Tabiiy-geografik jihatdan butun Osiyo qit'asi nihoyatda notekis va xilma-xil. Uning iqlimi 
va tabiatiga qit'a sohillarini har tomondan yuvib turgan Shimoliy Muz, Tinch va Hind okeanlari, 
Atlantika okeaniga tegishli Yapon, Sariq, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlari, Qora va O'rta 
dengizning suvlari ancha ta'sir qiladi. Osiyoning ko'p qismi baland va yassi tog'liklar, adir va 
bepoyon cho'lu biyobondan iborat bo'lib, bu uning kontrast iqlimi bilan bog'liq. Osiyoda jahon-dagi 
eng baland tog'lar - Qora Qurum va Himolay (eng baland cho'qqi - Jomolungma - 8848 m) va 
quruqlikning eng quyi joyi -O'lik dengiz (O'rta dengiz sathidan 392 metr pastlik)da joylashgan. 
Shimoliy Muz okeani tomonidan keladigan arktika havosi Sharqiy Osiyo tomon cheksiz 
pasttekisliklarga yoyiladi va qish paytlari G'arbiy Osiyoga nisbatan (bu yerda baland tog'lar to'siq 
bo'ladi) ancha sovuq bo'ladi. Qit'aning Tinch va Hind okeanlariga yaqinligi eng katta musson 
iqlimli hududni hosil qilgan. Agar baland tog' tizmalari bir tomondan Janubiy Osiyoni qutb 
havzasidan saqlasa, ikkinchi tomondan o'sha to'siq, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyoning ichki 
dasht va yarim dasht hududlariga namlik keltiradigan dengiz havosini o'tkazmaydi. Oqibatda bir 
yoqda qalin tropik va subtropik o'rmonli tog' ekinlari yastanib yotsa, ikkinchi yoqda qarama-qarshi 
iqlimli bepoyon sahro va yarim dasht hududlar o'ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qit'aning okean 
sohillariga yaqin joylari, ayniqsa, janubiy qismidagi nam yerlarida yashil o'rmonlar go'zal manzara 
kashf etadi. Aksincha, yozgi jaziramada bir xil rangdagi qurg'oq, cheksiz dashtu biyobon kishini 


garang qiladigan darajada ma'yus ko'rinishga ega bo'ladi. Umuman, Osiyo beshta mintaqa; mo'tadil 
yoki o'rtacha, subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial bog'lamalarda joylashgan. 
Osiyo juda ham ko'p qazilma boyliklariga ega. Ammo bu qazil-ma boyliklar juda kam 
tekshirilgan. Bu yerda neft va gaz, ko'mir va qo'rg'oshin, volfram va boksit, kumush va oltin, nikel 
va kobalt, xrom va mis, fosfat, temir, surma, simob, grafit, oltingugurt, uran, asbest, magniy kabi 
foydali qazilmalar topilgan. Masalan, 80-yillarning o'rtalarida jahonda ishlab chiqarilgan neftning 
yarmidan ko'pi Osiyodan olingan. Agar dengiz tubidan ham neft chiqarilishini hisobga olsak, bu 
ko'rsatkich yana ham ortadi. Ko'pchilik hududlar, ayniqsa, namligi haddan ortiq ekvator hududlar va 
nihoyatda keng qurg'oq, suvsiz yassi tog'lik va tekisliklar dehqonchilik uchun noqulaydir. 
Shuningdek, nam tropik joylar ham dehqonchilik va chorva uchun noqulay, u yerlarda faqat 
daraxtzor plantatsiyalari tashkil qilingan. Musson iqlimli yerlarda sholi, qisman texnik ekinlar (jut, 
shakarqamish), salqinroq tog'li hududlarda choy, kofe va tunga daraxti ekiladi. Sug'oriladigan quruq 
yerlarda paxta, tamaki, arpa; iliq namli subtropik hududda bug'doy va arpa; tog'larda esa sitrus 
ekinlari, uzum, zaytun daraxti o'stiriladi
22
. Jahonda eng ko'p sug'ori-ladigan yerlar Osiyodadir. Bu 
yer hatto ayrim ekinlarning vatani hamdir. Hozirgi davrda jahondagi natural kauchukning 91 foizi, 
sholining 84 foizi, choyning 70 foizi Osiyo qit'asida yetishtiriladi. 
Osiyo suv resurslariga ham boy. Bu yerda har yili 20 ming kub km yomg'ir yog'adi. Eng 
katta Yenisey, Lena, Amu va Sir, Tigr, Yefrat, Hind, Ganga, Braxmaputra, Xuanxe, Yanszi daryosi 
suvining ko'pligi jihatidan (yiliga 1000 kub km) faqat Amazonka va Kongo daryolaridan keyingi 
o'rinda turadi. Ganga bilan Braxmaputra daryolarining bir yillik suv hajmi 800 kub km.dan oshadi. 
Daryo suvlarining ko'p qismi asosan, dehqonchilikka sarflanadi. Masalan, Hindistonda iste'mol 
qilinadigan chuchuk suvlarning 95 foizi, Yaponiyada 70 foizdan ko'pi irrigatsiya ishlariga 
sarflanadi. Butun jahonda sug'oriladigan maydonning to'rtdan uch qismi Osiyoda joylashgan bo'lib, 
har bir kishiga taxminan 84 ga sug'oriladigan yer to'g'ri keladi. Ayrim joylarda esa dehqonchilikda 
yer osti suvlaridan foydalaniladi, qurg'oq yerlarda ariq qazilib suv chiqariladi, tog' etaklarida kariz 
sistemasi joriy etilib, u hozirgacha ham saqlangan. 
Osiyoning o'simlik dunyosi ham rang-barang. Bu yerning juda keng hududlarida shimoldan 
janubga qarab har xil bargi qalin o'rmonlar, yashil subtropik o'rmon va butazorlar, pichanzor va 
dasht o'simliklari, daraxti siyrak subtropik va tropik dashtlar, savanna va xazonrez o'rmonlar, tog' 
o'simliklari mavjud. Osiyoning sernam sharq va qurg'oq g'arb manzarasi bir-biridan farq qiladi. 
Masalan, sharqiy qismning o'simlik dunyosi nihoyatda boy bo'lib, 20 mingdan ortiq o'ziga xos turga 
ega. Janubi-sharqiy mintaqalardagi o'rmonlarda sanoat uchun zarur qimmatbaho daraxtlar o'sadi. 
Masalan, ko'pgina o'rmonlardan teri oshlashda ishlatiladigan po'stloq, konifol, qatron (smola), 
kauchuk, sariq mum, spirt, dorivor o'simliklar va turli yemishli mevalar yig'ib-terib olinadi. 
Bambuk va palma daraxtlaridan turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi. Afsuski, o'rmonlarning 
aksariyat qismi yiqitilib o'tin sifatida ishlatilib yuborilmoqda. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish