O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Yangi Gvineyada
hozir papuaslar va melaneziyaliklar 2,8 milliondan ortiq. Ammo ularning 
ko'pchiligi ibtidoiy tuzum darajasida - noqulay sharoitda, tropik o'rmonlarda va botqoqlik 
qirg'oqlarda yashaydilar. Aholining 40 foizi natural xo'jalik bilan band. Mahalliy tub aholining 
ozodlik kurashi natijasida papuaslar Yangi Gvineyasi o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega bo'ldi va 
1975-yilda mustaqil davlat deb e'lon qilindi. 


«Mayda orollar» nomi bilan atalgan Mikroneziya asosan, marjon va vulqonlardan paydo 
bo'lgan juda ko'p kichik orollardan iborat. Bunga Tinch okeanining g'arbiy qismida joylashgan 
Marshall, Karolin. Marian orollari va Gilbert arxipelagi kiradi. Nihoyatda keng hudud (14 mln. 
km
2
)da tarqoq joylashgan mazkur orollarning umumiy maydoni 3,5 ming km
2
ga ham yetmaydi. 
Ammo geografik mavqei nuqtayi nazardan Mikroneziya Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan 
Polineziya va Melaneziya orolligida joylashganligi juda qulay. 
Antropologik jihatdan Mikroneziya aholisi melaneziyalik va polineziyaliklarga yaqin 
mongoloid va negroid irqining aralashmasidan paydo bo'lgan tipdir. Ular o'rta bo'yli, jigarrang tanli 
va bir oz jingalak sochli. G'arbiy Mikroneziyada mongoloid qo'shimchasi borligi seziladi. 
Mikroneziya xalqlarining tillari kam o'rganilgan, ammo so'nggi klassifikatsiya ma'lumotlari 
malayya-polineziya 
turkumi 
avstroneziya 
til 
oilasiga 
oid 
ekanligini 
tasdiqladi. 
Mikroneziyaliklarning ko'p qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. 
Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida 
so'zlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G'arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi 
(15 ming kishi) G'arbiy Mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari ko'p sonli metislar va 
immigrantlar ham mavjud. 
Mikroneziyaliklarning xo'jaligida serunum yerlar kam bo'lgan-ligi tufayli faqat kokos 
palmasi, shakarqamish, non daraxti o'stiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun ko'radi. Mayda 
orollarda qisman o'ziga xos madaniyatga ega bo'lgan dengiz ko'chmanchilari deb nom olgan 
qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan 
yog'och tolalardan to'qilgan to'rlar, bambukdan po'pak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan 
har xil to'rlar, sanchqi va hokazo. Palau orollarida sholikorlik va kulolchilik bilan shug'ullanganlar. 
G'arbiy Mikroneziyada sug'orish dehqonchiligi asosiy rolni o'ynasa, sharqiy qismida baliqchilik eng 
muhim soha hisoblangan. 
G'arbning moddiy madaniyati yuksak kulolchilik, tosh ustunlarga uy qurish va boshqa kasb 
xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Tosh yoki yog'och ustunlariga sinch qilib qurilgan uylari 
palma yaprog'i bilan yopilgan. Kiyimlari o'simlik tolalaridan to'qilgan har xil belbog' va etaklardan 
iborat, ayollar asosan, xashak va yaproqlardan tikilgan yubka kiyadilar. 
Ayrim orollar ijtimoiy tuzumida va ma'naviy madaniyatida ibtidoiy an'anaviy munpsabatlar 
saqlangan. Ammo sotsial tabaqalanish ham paydo bo'lgan. Harbiylar, dengizchilar va kemasozlar 
zodagonlar tabaqasiga kirgan, dehqonchilik va baliqchilik bilan shug'ullanuvchilar esa kambag'al 
hisoblanganlar. Ayrim Palau kabi orollarda urug' va qabilaviy munosabatlar kuchli bo'lgan. 
Ayniqsa, ona urug'i tartib qoldiqlari saqlangan, qizlar erkin nikoh huquqiga, umuman ayollar 
erlar bilan teng huquqqa ega bo'lganlar. Katta oila xo'jalik hujayrasi bo'lib yetishgan. Karolin va 
Marshall orollarida qabila boshliqlarining hukmronligi va an'anaviy ijtimoiy tartiblari hozirgacha 
ham saqlangan. Dini qadimiy animistik tasavvurlar bilan bog'liq o'liklar va ajdodlar ibodatidan 
iborat. Folbin va kohinlar ham bo'lgan. Hozir ko'p orollarda nasroniy dini ayniqsa, katolitsizm 
tarqalgan. Ammo «muqaddas homiylar»ga bag'ishlangan bayramlar («Fiyesta»)ni nihoyatda 
tantanali nishonlaganlar. Juda boy va hashamatli nikoh to'ylari ham o'ziga xos xarakterga ega 
bo'lgan. 
Mikroneziya hozirgi davrda butunlay AQSH ta'sirida. Ular orollardagi qulay yerlarining 
ko'p qismini o'z tasarruflariga olganlar, tub aholiga esa 40 foizgina yer tekkan, xolos. Marian va 
Marshall orollarining ko'p qismida amerikaliklarning harbiy bazalari joylashgan. 
Mikroneziyaning hozirgi iqtisodiyoti asosan, kokos palmasini o'stirish va kokos yong'og'ini 
ishlab chiqarishdan iborat. Ayrim orollarda shakarqamish, kakao va sabzavot yetishtiriladi. Gilbert 
orollarida fosforit qazib olinadi. Maorif tizimi nihoyatda past darajada rivojlangan. 



Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish