O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Atoqli rus olimi N.I. Vavilovning fikricha, Osiyo ko'pgina madaniy ekinlarning



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Atoqli rus olimi N.I. Vavilovning fikricha, Osiyo ko'pgina madaniy ekinlarning 
vatanidir. Bu yerda jahon dehqonchilik markazlarining o'ndan olti qismi joylashgan 
(Markaziy Osiyo, Old Osiyo, Qora dengiz, Hindiston, Indoneziya va Xitoy) bo'lib g'alla, poliz, 
sabzavot va texnik ekinlar o'stirilgan va boshqa qit'alarga yirik miqdorda eksport qilingan. 
Masalan, Hindiston sholi va bug'doyning ayrim turlari, loviya, bodring, shakarqamish, jut va 
ba'zi kanop xillarining vatanidir. Choy daraxti, apelsin, non daraxti, bananning ayrim 
turlari, kokos, qand va sago palmalari, yams va taro vatani Janubiy Osiyodir. Arpaning 
ayrim turlari, chumiza, turp, so'ya, olma va nok, shaftoli va o'rikning ko'p turlari, tut 
daraxti, ingichka tolali paxta va boshqa o'simliklarning vatani esa Sharqiy Osiyodir. 
Bug'doyning ko'p turlari, arpa va sulining ayrim navlari, javdar, no'xat va zig'ir, ayrim 
mevali daraxtlar (olcha, qorali, behi, gilos) va boshqa o'simliklarning vatani Janubi-G'arbiy 
Osiyo hisoblanadi. 
22
Алексеэнко Е.А. Историко-этнографические очерки Л., 1967. С.20. 


Osiyoning hayvonot dunyosi ham boy. Bu yerda faunaning jahondagi eng qadimiy vakillari 
saqlangan. Ayniqsa, Hind-Himolay, Markaziy Himolay va Himolay-Xitoy mintaqalari, janubda 
Araviya yarim orolidagi Efiopiya faunasi juda boy. Osiyo mintaqasida eng keng tarqalgan 
hayvonlar sutemizuvchilar oilasi-ga mansub tapir, hind fili, gayal ho'kizi, karkidon, yo'lbars, lor, 
tupayi, orangutan, gibbonlar; qushlardan tovus, har xil turdagi tustovuqlar; sudralib yuruvchilardan 
ko'zoynakli zaharli ilon (kobra), turli pitonlar, uchar ajdarho (maxsus yon terisi bilan daraxtlar 
oralab uchib o'tadigan kaltakesak)lardir. Osiyo sohilla-riga yaqin bo'g'oz va dengizlarning hayvonot 
dunyosi ham rang-barang. Turli xildagi baliqlar, yemishli suv o'simliklari mahalliy aholini oziq-
ovqat sifatida ta'min qiladi. 
Osiyoda 10-15 mln. yillar muqaddam yashagan gominidlarning suyaklari topilgan. Eng 
qadimiy ibtidoiy odam ajdodlaridan Yavadagi pitekantrop, Xitoydagi sinantrop odamlaridir. Laos 
va Vetnam gominidlari g'arbiy hududlardan bir mln. yillar muqaddam ko'chib kelgan. 200-400 
ming yillar avval yashagan paleoantrop (neandertal) vakillarining suyaklari Osiyoning ko'p 
joylarida (masalan, Falastin va Iroqda) topilgan. So'nggi paleolit va mezolit davriga mansub hozirgi 
irqlar shakllangan. Janubi-sharqiy qismida avstraloidlar, Sharqiy Osiyoda Tinch okean 
mongoloidlari paydo bo'lgan. Asli neolit davridayoq (eramizdan avvalgi 7-4 ming yillar) hozirgi 
tipdagi odamlar keng hududlarda joylashgan G'arbiy va Janubiy Osiyodan Markaziy, Sharqiy va 
Janubi-sharqiy Osiyoga ko'chib kelgan va neandertaloid avlodlari bilan aralashib, hozirgi sharqiy 
etnoslar paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. O'sha davrdan boshlab hozirgi etnoslarning ajdodlari 
shakllana boshlagan. 
Yevropoid irqining Old Osiyo va hind-pomir guruhlari qatoriga butun Janubi-G'arbiy va 
Janubiy Osiyo Arabiston, Araviya yarim oroli va Turkiyadan tortib to Afg'oniston, Pokiston, 
Shimoliy Hindiston va Bangladesh xalqlarigacha kiradi. Maxsus armanoid guruhiga o'zining katta 
burni va badanining serjunligi bilan ajralib turadigan Osiyo arablari, yahudiylar, armanlar, turklar, 
kurdlar va greklar kiradi. Yamanda armanoidlar bilan Afrikadan kelgan negroidlar aralashib, o'ziga 
xos guruhni tashkil qiladi. hind-pomir guruhiga eronlik (fors)lar, tojiklar, turkmanlar, ozarbayjonlar, 
pushtunlar va Afg'oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston xalqlari kiradi. Yevropoid va avstraloid 
oralig'ida paydo bo'lgan «Janubiy Hind» yoki «dekan» irqiy tipi Janubiy Hindiston, Shri-Lankada 
uchraydi. Janubiy yevropoid va mongoloidlarning duragaylashishi natijasida uyg'urlar va boshqa 
turkiy elatlar, xitoy musulmonlari xuey (dungan)lar o'ziga xos irqiy tipni hosil qilgan. Osiyo 
xalqlari-ning ayrim yevropoid belgilari Birma va Indoneziya xalqining ba'zi elatlarida uchraydi. 
Qisman avstraloid irqining maxsus guruhini Shri-Lanka veddalari, Hindixitoy, Indoneziya va 
Janubiy Xitoyning ayrim mayda elatlari, pakana bo'yli negritoslar (Janubi-sharqiy Osiyodagi 
andamaliklar, malakkadagi semanglar va Filippindagi aetolar) tashkil qiladi. Yaponiyaning qadimiy 
aholisi hisoblangan aynlar ham o'ziga xos tip hisoblanadi
23
. Butun Sharqiy va Markaziy Osiyodagi 
mongoloidlar janubiy, sharqiy va Tinch okean guruhlaridan iborat. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish