Chartistlar harakati va ularning talablari
1836-1838 yillarda Angliya iqlisodiyotida yana ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Mahsulotlarning bahosi va aktsiyalarning kursi tushib, mahsulol ishlab chiqarish qisqardi. Inqiroz to'qimachilik, kemasozlik, metallurgiya, metallni qayta ishlash va ko'mir sanoatiga jiddiy ta'sir qildi. Natijada inqiroz ingliz ishchilarining ish haqlari hajmini tushib ketishi va ommaviy ishsizliklarni keltirib chiqardi. Bu esa AngHyada ishchilarning siyosiy harakati bo'lgan chartistlar harakatini paydo qildi.
1836 yil "London ishchilarining assotsiatsiayasr' tashkil qilindi. Uni duradgor Uilyam Lovett boshqardi. Assotsiatsuya 21 yoshga etgan va mazkur hududda 6 oydan kam bo'lmagan muddatda yashayotgah barcha crkaklar uchun umumiy saylov huquqi joriy qilish, parlament deputatligiga nomzodlar uchun mulkiy senzni bckor qilish, saylov okruglari va ulardan korsatiladigan deputatlar sonini o'zaro tenglashtirish, har yili parlament saylovlarini o'tkazish, deputatlar mehnatini taqdirlash, yashirin ovoz berish kabi talablarni ilgari surmoqda edi.
Bu 6 ta talab ishchilar orasida juda mashhur edi.1 Chunki ishchilar umumsaylov huquqini qo'lga kiritib, o'ziarining mehnat va turmush sharoitini o'zgartirishga umid qilmoqda edilar. Ishchilarga umuniy saylov huquqi tub ijtimoiy o'zgarishlarni qonuniy tarzda amalga oshirish uchun kerak edi.
London ishchilari assotsiyatsiyasining talablarini amalga oshirish uchun 1937 yilda irlandiyalik advokat Fergyus O'Konnor boshchiligida Lids shahrida tashkil o’ilgan "Katta simoliy iltifoq" a'zolari faol qatnashdilar. Ishchilar bilan birga siyosiy tuzumni demokratlashtirish kurashida burjua liberallari (murosachilar) ham qatnashdilar. Birmingemda umuniy saylov huhuqi uchun liberal-bankir T.Atvud boshchiligidagi "Siyosiy ittifoq" kurash olib bordi.
Harakat qatnashchilari o'ziarining talablaridan iborat iltimosnoma (talabnoma)ni parlamentga taqdim etishga qaror qildilar, U xalq xartiyasi (chailer-bitim) to'g'risidagi iltimosnoma deb, bu harakat esa "chartistlar harakati" deb ataldi. Chartistlar harakatini muvofiqlashliruvchi organ - Milliy konvent tuzildi. Uning rahbarligida 1839 yil chartistlar xalq xartiyasi to'g'risidagi birinchi miiliy iltimosnomani ishlab chiqdilar. U asosan, ishchilarning "London assotsiyatsiyasi" ilgari surgan mazkur 6 ta talabdan iborat bo'lib, iltimosnoma hukumatni ozchilikning manfaatiga xizmat qilayotganlikda aybladi.
1839 yilning iyunida 1 mln. 280 ming kishi imzolagan chatistlarning xalq xartiyasi haqidagi 1-iltimosnomasi tantanali ravishda parlamentga taqdim etildi. Butun mamlakatda xartiyani parlament tomonidan qabul qilinishini talab qiluvchi namoyishlar boshlanib ketdi. 1839 yil 12 iyulda parlament umum palatasi xalq xartiyasi to'g'risidagi talabnomani rad etdi. Milliy konvent 3 haftalik ish tashlash e'lon qildi. Hukumat qatag'on siyosatini, kuchaytirdi. Chartistlarning Milliy konventi tarqatilgach, asta-sekin chartistlar harakati ham so'naboshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |