Referat
Mavzu: «Yo`l harakati qoidalari»
Bajardi: _____________
Tekshirdi: _____________
Toshkent 2019
«Yo`l harakati qoidalari»
KIRISH
Yosh avlodni hayotini asrash, ularning sog`lom va baquvat kishilar qilib yetishtirish muxim vazifa hisoblanadi. o`zbekiston Respublikasida yo`l-transport harakati xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar shu maqsadga qaratilgandir.
Haqiqattan ham butun o`quv yili davomida ko`chalar, yo`lkalar, chorahayu, burulishlar, sumka ko`targan o`quvchilar bilan gavjum bo`ladi. Ular qachon va qaysi yo`ldan yurishlarini g`iz-g`izlab o`tib borayotgan avtomobillarga duch kelishadi, yo`l belgilarini, milt-milt etib yonayotgan svetafor chiroqlarini uchratishadi. Ko`cha va chorahalarni kesib o`tishda ular yo`l harakati qoidasini yaxshi bilmoqlari va unga qat`iy rioya qilmoqlari zarur.
Ma`lumki viloyatimiz yo`llarida sodir bo`layotgan yo`l-transport xodisalarini oldini olish muxim ahamiyatga ega. O`quvchilarga yo`l harakati qoidasini o`rgatish bolalarning hayotini muhofaza qilishlari kerak. Ayniqsa, har bir o`quvchi ko`cha va yo`llarning qayeridan va qanday qilib o`tish kerakligini yaxshi bilib olishlari kerak. Shu boisdan ham ko`cha harakati qoidalari bilan o`quvchilarni dasturda ko`rsatilgan soatlardan tashqari dars jarayonlarida ham eslatib, tanishtirib borishlari foydadan holi bo`lmas edi. Bu bilan o`quvchilarda yo`l harakatini eslatib o`tilgan bo`ladi. Yo`l harakati mavzulariga bog`lamasdan o`tilgan mavzular ayrim sinflarda darslarni o`zlashtirish ancha past bo`ladi. Dars o`tish jarayonida ko`cha harakati qoidalariga doir ko`rgazmalardan foydalanish kerak.
Iloji boricha o`quvchilarni yo`l harakatiga doir sayohatlarini o`tkazib turish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Umumiy qoidalar haqida.
«Yo`l harakati qoidalari» respublika hududidagi yo`llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasi yo`llarida transport vositalarini o`ng taraflama harakatlanish tartibini belgilaydi.
Yo`l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug`dirmasliklari kerak. Vakolati bo`lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo`l qoplamasini buzish, yo`l belgilarini, sfetaforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o`zboshimchalik bilan olib tashlash, o`rnatish, to`sib qo`yish va yo`llarda harakatlanishga to`sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
Mazkur qoidalarni buzgan shaxslar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
Qoidalarda qo`llanilgan asosiy tushuncha va atamalar quyidagicha:
-yo`l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan va shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun`iy yuzasi.
-yo`lovchi transport vositasidagi (haydovchidan tashqari shaxs)
-yo`r harakati odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo`llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.
-yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash-yo`l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.
-piyoda-yo`lda transport vsitasidan tashqarida bo`lgan va ish bilan band bo`lmagan shaxs.
-piyodalar o`tish joyi-yo`lning qatnov qismini piyodalar kesib o`tishi uchun mo`ljallangan qismi.
-piyodalar yo`lkasi-yo`lning piyodalar harakatlanishi uchun mo`ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
-velosiped-odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g`ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari).
-chorraha-yo`llarning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
-haydovchi-yo`llarda biron bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |