Chartistlar harakatining oqibatlari Chartistlar harakati Angliyada xalq norozilik harakatining yangi bir ko'rinishi bo'lib, bu harakatni hukumatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va mamlakatni sanoat ishlab chiqarishiga o'tishiga munosabati kabi holatlarni yuzaga kellirdi. Shuningdck, chartizm hukumatning ichki siyosatiga va siyosiy tafakkuriga katta ta'sir qilgan ishchilar haralati sifalida ahamiyatlidir.
Chartistlar harakali natijasida 30-yillarning oxirlaridan sanoat burjuaziuasi va lendlordlar o'rtasida g'alla haqidagi qonun borasida kurash keskinlashdi. Sanoatchilar proteksionizm o'rniga erkin savdo (fritred)ga o'tishni talab qilayotgan edilar. Chunki Angtiya endi sanoat, savdo va mustamlakalar bo'yicha dunyodagi eng qudratli davlat bolib. u bilan raqobat qila oladigan xavfli raqib yo'q edi.
1846 yil g'alla to'g'risidagi qonun, keyinroq boshqa soliq va to'lovlar ham bekor qilindi. Angliya fritred tizimiga o'tdi. Erkin savdo ingliz sanoat burjuaziyasi uchun yangi bozorlarni egallash imkoniyatini berdi.
Chartistlar harakati hukmron doiralarni bir qator islohotlar o'tkazishga va ishchilarga yon berishga majbur qildi. Parlament 1847 yilda 10 soatlik ish kuni haqida qonun qabul qildi.
Chartistlar harakatini inqirozga yuz tutishining bir qancha sabablari mavjud. XIX asrning 50-yillariga kelib ingiliz sanoati va savdosining ancha davomli yuksalish davrining boshlanishi bilan ishsizlar soni tez qisqardi. Savdo va sanoat rivojidan juda katta foyda olgan ingiliz burjuaziyasi foydaning ma'lum bir qismini malakali ishchilarning moddiy ahvolini yaxshilashga sarflab, ishchilar orasida bo'linishni yuzaga keltirdi. Angliyadan mustamlakalarga ayniqsa, Kaliforniyadagi oltin konlarining ochilishi bilan AQSHga ishchilarning ommaviy emigratsiyasning kuchayishi ham 50-yillarda chartistlar harakatining tushkunlikka ychrashiga sabab bo'ldi.Bu hoi va bo'lib o'tgan iqtisodiy inqirozlar, narx-navo, eksport va ish haqini tushib ketishiga olib keldi. Inqiroz chartistlar harakatini yangidan ko'tarilishiga sabab bo'ldi. 1842 yil may oyida chartistlar parlamentga 3 mln. SOOming kishi imzolagan xalq xartiyasi to'g'risidagi 2-iltimosnomani taqdim etdilar. Bu iltimosnomaga ham asosan oldingi iltimosnomadagi 6 ta talab kiritildi. Ammo, undan farqli ravishda kcyingi iltimosnoma ijtimoiy tengsizlikka, ish haqining pastligiga qaliy qarshi chiqib, kambag'allar to'g'risidagi qonunni bekor qilishni talab qildi. Biroq, parlament 2-iltimosnomani ham qabul qilmadi.
40-yillarning o'rtalarida chartistlar harakati yangidan jonlandi. 1845 yil "Chartistlarning agrar jamiyati" tuzildi. Uning asosiy maqsadi yer islohotini o'tkazish edi. Yer islo'hoti lendlordlarga tegishli yerlarni davtat tomonidan sotib olinishini va bu ycrlarni ishchilarga mayda yer mulklari siiatida berilishini ko'zda tutgan edi. Ammo, bu rejalarning hayoliy ekanligi, qolaversa. 1848 yilda jamiyatning moliyaviv bankrotga uchrashi natijasida ushbu jamiyatning ishchilar orasidagi ta'siri tushib ketdi.
1847 yil Angliyada eng kuchli savdo-sanoat inqirozi yuz berdi. Angliyaning sanoati rivojlangan rayonlaridan biri bo'lgan Lankashirdagi fabrikalarning aksaiyati butunlay to'xtatildi. 1848 yil boshlarida mamlakatdagi ishsizlar soni 4 mln.ga yaqin edi.
1847 yilgi inqiroz va 1848 yildagi inqilob yana chartistlar harakalini kuchayishiga sabab bo'ldi. 1848 yil aprelida chartistlarning Milliy konventi ochildi. U parlamentga 3-iltimosnomani berishga qaror qildi. lltimosnomani parlamentga berish uchun 10 aprelda Londonda ommaviy xalq namoyishini uyushtirish rejalashtirildi. Biroq, bundan xabar topgan hukumal tezda poytaxtga ko'p sonli qo'shin kiritib ommaviy namoyishga yo'l qo'ymadi. Chartistlarning maqsadi amalga oshmadi. 1848 yil yozida parlament 3-iltimosnomani ham rad etdi. Chartistlarga qarshi ta'qib va qatag'onlar bu harakatning susayishiga olib keldi.