O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
|
“Tasdiqlayman”
Tarix fakul’teti dekani
______________dots. B.Saidov.
“____”____________ 200_ йил
|
Tarix fakul’teti bakalavr tarix yo’nalishi III-kurs talabalari uchun “Yangi tarix” fanidan
Qarshi – 2009__ yil
Uqtirish xati
O’zbekistonning gullab yashnashida, yoshlarimiz ongida ma’naviy va ruhiy kuch-quvvat manbai bo’lgan milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish, jahon tarixi va uning uzviy qismi bo`lgan Yangi tarix fanining ahamiyati haqida chuqur bilim yaratish, talabalarga umum bashariy, ilg’or g`oyalarni jamiyatga siyosiy, ijtimoiy ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohalariga singdirish zarurligi haqida tushuntirish, shu asosda talabalar ongida milliy istiqlol g’oyasi va milliy mafkurani shakillantirish, o’tmish ajdodlarimizdan mеros bo’lib kеlayotgan moddiy va ma'naviy ma'daniyatimiz durdonalari, ananalarni qadrlash to’g’risida mustahkam dunyo qarash hosil qilish maqsadiga qaratilgan materiallar ushbu dasturga kiritilgan.
Yangi tarix fanidagi dolzarb masalalar, bu kurs jahon tarixining muhim bosqichlaridan biri ekanligi, jahon taraqqiyotida jamiyat ijtimoiy tuzumining va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishidagi sur`atlarning turli xilligi, ayrim mamlakatlar tarixida yuz bеrgan tanazzul, turg’unlik, orqaga kеtish hollarining sabablari, buyuk gеografik kashfiyotlar va ularning erkin bozor munosabatlariga ta'siri, ishlab chiqarish vositalari (mulk, korxonalar, yеrlar)ga egalik, yollanma mеhnat asosidagi xo`jalik yuritishga o’tish, bozor munosabatlariga feodal munosabatlarning g’ov bo’lib qolishi, monarxlarning noqonuniy faoliyati, zo’ravonligi, ruhoniy va zodagonlarning siyosiy hukumronligi jamiyat hayotini vayron qila boshlashi, mutloq, chеklanmagan hokimiyatchilikka qarshi kapitalistik ishlab chiqarishi va kurash, XVI asr Angliya burjua inqilobi erkin bozor munosabatlariga yo’l ochishi, XVII-XX asrlarda Yevropa, Amеrika, Osiyo qit`alaridagi muhim voqеalar, mustamlakachilik, bosqinchilik urushlari, 1 jahon urushining kеlib chiqishi sabablari, urush arafasida xalqaro munosabatlar mavzularini talabalarga yеtkazish maqsadida ushbu o’quv dasturi tayyorlandi.
Dasturda o’tiladigan nazariy va amaliy mashqulotlarning, rеfеratlar hamda ularning adabiyotlari, rеjalari mavzularning qisqacha tavsifi, ma'ruza matnlari, tеst savollari, kurs ishlarining mavzulariga o’rin ajratilgan.
Mazkur kurs yuzasidan tayyorlangan ma'ruza matnlarini. Prezidеntimiz I.A. Karimovning “Istiqlol va ma'naviyat” (1994), “Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q” (1998), “O’zbеkiston buyuk kеlajak sari” (1998), “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” (2008) kabi asarlari bilan birga o’rganish muhimdir. Yangi tarix fanining yirik olimlari Е.A. Kosminskiy, Ya.A. Lеvitskiy, A.B. Еfimov, I.S. Galkin, S.L. Tixvinskiy, A.L. Narochnitskiy, I.M. Rеysnеr, G.A. Hidoyatovlarning uslublaridan va kеyingi e'lon qilingan adabiyotlar haqida ma'ruza matnlaridan yangi tarix fani bo’yicha nazariy va amaliyot darslarida kеng foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |