XVIII asr va XIX asrning boshlarida Angliyaning Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti XVII asr burjua inqilobi Angliyada boshqarishning feodal-mustabid tizimini tugatdi va bu bilan kapitalizmning bundan keyingi taraqqiyotiga xalaqit berib turgan eng asosiy to'siqni bartaraf etdi. Shuning ychun ham XVII asrning oxiri va butun XVIII asr Angliya uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sish davri bo'ldi, bu esa pirovard natijada ayni shu mamlakatda ishlab chiqarishning yangi shakilarini yaratishga-mashinalashgan yirik kapitalistik ishlab chiqarishning g'alabasiga olib keldi. Dunyo mamlakatlari orasida dastlab Angliyada kapilalistik fabrika bunyud qilinib, bu fabrika undan oldin o'tgan mahufakturaga qaraganda kapitalistik xo'jalikning xiyla etuk va rivojlangan ko'rinishi edi. Ammo Angliya tarixida XVTTT asr boshqa jihatdan ham muhim bo'ldi. XVIII asrda ingliz parlamentar tizimi, ya'ni yangi zamondagi burjua davlatiga xos shakli tashkil topdi. Bu hukumatning oldida mas'uliyatli ekanligida, umumpalatasida qaysi siyosly partiya ko'pchilikka ega bo'lsa, o'sha siyosiy partiya rahbarlaridan ministrlar tayinganligida o'z ifodasini topdi. Keyinchalik ministrliklarning parlament oldida javobgarligi prinsipini Yevropadagi hamda dunyoning boshqa qit'alaridagi burjua mamlakatlarining ko'pchiligi biror shaklda qabul qildilar.
Nihoyat, XVI11 asrda Britaniya mustamtaka imperiyasi vujudga keldi. XVIII asr oxirlarida Angliya juda ko'p mustamkalarga ega bo'lib, bu mustamlakalar ycr yuzining barcha qit'alariga yoyilib yotar edi. U o'zining mustamlakachilik sohasidagi eski raqiblari -Ispaniya, Portugaliya va Gollandiyani orqada qoldirib ketdi. Angliya agrar sohada ham yangi va eng xavfH raqibi Fransiyadan ko'ra tez rivojiandi. XVIII asr lendlordlari odatda xo'jalik ishlari bilan o'zlari shug'ullanmasdan, yerlarni yirik ijarachi fermerlarga uzoq muddat bilan ( ko'pincha 99 yilga) ijaraga berar edilar. Bunday yirik ishlab chiqarish korxonalari haqiqiy kapitalistik korxonalar edi. Fermer takomillashgan mehnat qurollarini va yerga ishlov berishning ilg'or usullarini qo'llab, juda ko'p yollanma qishloq xo'jalik ishchilarini ekspluatatsiya qildi, zotli mollarni boqib ko'paytirdi hamda hosildorlikni ancha oshirishga erishdi. Sanoatni zarur xom-ashyo bilan, sanoat shaharlari va posyolkalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab turgan fermerchilik kapitalistik xo'jaligi mamlakatda kapilalizmning umumiy rivojlanishiga mos kelar edi.
Agrar to'ntarishning ikkinchi oqibati, dehqonlarni ekspropriatsiya qilish natijasida bo'shab qolgan ishchi kuehlari biian o'sib kelayotgan kapitalistik sanoatning ta'minlanishi, bu ham sanoat uchun katta ahamiyatga ega edi. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning bir qismigina fermadan o'ziga ish topa olar edi. Yeridan ayrilgan dehqonlarning ko'pchilik qismi esa shaharlarga ketar va shu tariqa ishsizlar armiyasini bunyodga keltirar edi. Bu ishsizlar armiyasi esa manufaktura va fabrikaiarni doirniy ishchi kuchi bilan ta'minlar edi.