Kromvel protektorati Kromvef o'z faoliyati davomida asosan yangi dvoryanlar va burjuaziya manfaatini himoya qilishga harakat qildi. Endilikda u inqilibni yanada chuqurlashishini xohlanasdan, 1653 yilning aprelida Kromvel uzoq parlamentni tarqatib yubordi. Bir necha oydan keyin independentlardan tashkil topgan Kichik parlament - konvent tuzildi. Bu parlamentning radikal tadbirlari hukumatni tashvishga soldi va tezda u ham tarqatib yuborildi.
1653 yil 16 dekabrda Kromvel Angliya respublikasining umrbod lord-protektori, deb
e'lon qilindi. Mamlakatda qattiq senzura joriy qilindi, diktaturaga qarshi bo'lganlar hibsga
olindi. Qirol tomonidan turib kurashganlaming barchasiga yillik daromadning 10 fbizi
miqdorida soliq sohndi. Mamlakat 10 ta harbiy okrugga bo'linib, ularni keng politsiya
vakolatlariga ega bo'lgan general-mayorlar boshqardi.
1654 yil Angliya navigasion aktga qarshi chiqqan Gollandiyani urushda
mag'lubiyatga uchratdi. Natijada Gollandiya ushbu aktni tan oldi va kontributsiya to'lashga
majbur bo'ldi.
Kromvel vafotidan (1658) keyin Angliyada hokimiyat ofitserlar qo'lida qoldi. Endi burjuaziya va yangi dvoryanlarga inqilob davrida qo'lga kiritilgan huquqlarni himoya qiladigan va inqilobning yanada chuqurlashishini oldini oladigan kuchli hokimiyat kerak edi, ular monarxiyani tiklashga qaror qildilar.
1660 yilda yig'ilgan parlament hukumatni qirol,lord va jamoalarga tegishli bo'lishi kerakligi to'g'risida qaror chiqardi. Karl II Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Styuartlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi va ularning boshqargan davri "reslavratsiya" (tiklanish) davri deb ataladi.
Angliyada Styuartlar hukmronligining tiklanish davri va burjua tuzumining o'rnatilishi Karl II O’yuart Angliyada hokimiyatga qaylgandan keyin eski tartiblar to'liq liklanmadi. Qirol fuqarolar urushining qatnashuvchilariga avf e'lon qildi va inqilob davrida konfiskatsiya qilingan yerlarni o'z egalariga qoldirish 'to'g'risida farmon chiqardi. Davlatning soliq va moliyaviy ishlarini parlament olib boradigan bo'ldi. Qirolga parlament maosh tayinladi. Mamlakalni, asosan, parlament boshqardi. Lckin avf e'lon qilinishiga qaramasdan respublikachilar ta'qib ostiga olindi. Kromvel va boshqa inqilib arboblarining murdalari qabrdan chiqarilib, dorga osildi va so'ngra boshlari olindi.
Xo'jalikning barcha tarmoqlarida kapitalistik munosabatlar taraqqiy etdi.Kapitalistik fermcrlar soni oshdi, g'ov titish va dehqonlarning yerdan mahrum qi'inishi kuchaydi. sanoat katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Angliyaning Flindiston bilan savdosi natijasida 600 000 funt foyda olina boshlandi. Muslamlakaiarning boyliklari talandi.
Karl II burjuaziya tabaqasining manfaatlari bilan kam hisoblasha boshladi. Ayniqsa. qirolning tashqi siyosati ularning noroziliklariga sabab bo'ldi. U hokimiyatga kelguncha ham Fransiyadan qarz ola boshlagan edi. Taxtga o'tirgach, yana Fransiya bilan yaqinlashish yo'lini tutdi. Karl II frantsuz qiroli Lyudovik XIV dan olgan katta pul evaziga ingliz tovarlari ucbun frantsuz bozorlarini yopib qo'yilishiga o'z roziligini berdi. Shundan keyin u 5 000 000 frank evaziga Fransiyaga Kromvel davrida Ispaniyadan tortib olingan Dyunkerxenni ham soldi.
Qirol bilan parlament o'rlasidagi kurash Angliyaning siyosiy hayotida 2 ta siyosiy partiya -- tori va vigilarni tashkil toptirdi. Torilar partiyasiga yirik yer egalari va ingliz' ruhoniylaridan iborat qirol hokimiyati tarafdorlari a'zo boldilar. Vigilar partiyasiga esa yirik moliyachilar va bir qism yirik yer egalari kirdiiar. Ular qirol hokimiyati hisobiga parlament huquqlarini kengaytirishga harakal qildilar.
1685 yilda taxtga Karl II ning ukasi Yakov II o'tirdi. U mamlakatda absolyutizm va katolik dinini tiklashni o'zining asosiy vazifasi, deb bildi. Torilar va vigilar bundan tashvishga tushdilar. 1688 yilning iyunida tori va vigilar Angliya taxtiga Yakov II ning kuyovi Qo'shma provinsiyalar (Gollandiya) shtatgalteri Vilgelm Oranskiyni takiif qildilar. Noyabr oyida hech qanday qarshilikfarsiz Oranskiy Angliya taxtini egalladi, Yakov II Fransiyaga qochdi.
Vilgelm Oranskiy taxtga o'tirish arafasida parlament unga "Huquqlar to'g'risidagi deklarasiya"ni qabul qilish shartini qo'ydi. Unga ko'ra qirol qonunlarning harakatini to'xtatish vakolatidan mahrum qilinib, soliqlarni joriy qilish huquqi faqat parlament ixtiyoriga berildi. Doimiy armiyani tuzish va ta'minlash ham parlamentning ruxsati bilan amalga oshiriladigan bo'ldi. 1701 yilda qabul qilingan qonunga ko'ra bar qanday qabul qilingan qonunlar nafaqat qirol imzolagandan keyin, balki parlament oldida mas'ul bo'lgan vazirlar mahkamasining boshlig'i imzolagandan so'ng kuchga kirishi belgilab qo'yildi.
1688 yil voqialarini ingliz burjuaziyasi "Shonli inqilob"deb nomladi. Chunki u hech qanday qon to'kishsiz Angliyada burjua parlamenlar tuzumini mustahkamladi.