Respublikaning e'lon qilinishi
1647 yil oxirida parlament armiyasi ta'qibidan Uayt oroliga qochgan qirol Shetland reaksionerlari bilan yana hokimiyatni tiklash to'risida bitimni imzoladi. 1648 yil bahorida shimoldan Angliyaga 20000 kishilik Shollandiya qo'shinlari bostirib kirdi. Ammo inqilobiy armiya shotlandlarni tor-mor elib, qirolni asir oldi. Kromvelning buyrug'iga ko'ra, polkovnik Prayd parlamenlni qirol bilan munosabat o'rnatishga tayyor turgan prcsviterian deputatlardan tuziladi, 140 ta deputat parlamentdan quvg'in qilindi. Hndi parlamentda indepcndentlardan iborat deputatlar qoldi. Angliya respeblika, deb e'lon qilindi.
Parlamentga qirolni sudga lortish haqida lalabnomalar tusha boshladi. Shunda umumpalatasi uOliy sud"ni ta'sis etdi. 1649 yil 30 yanvarda qirol liran, qolil va davlatning dushmani sifatida o'lim jazosiga hukm qilindi va u qatl etildi. Angliya yana bir rnarta respublika deb e'lon qilindi.
Fuqarolar urushi mamlakat xo'jaligini izdan chiqardi, qurg'oqchilik, ochlik va epidemiyalarga sabab bo'idi. Hukumat bar yili urushlar olib borib, soliqlar miqdorini oshirdi. Xalq ommasini ahvoli og'irlashdi. Shotlandiyada saqlanib qolgan presvileriannlar royalchilar (qirol hokimiyati tarafdorlari)ning bosh shtabini tashkil qildilar. U ycrda qall o’ilgan Karl Ining o'g'li Karl II o'zini Shotlandiya qiroli, deb e'lon qildi va Angliyaga-bostirib kirish uchun qo'shin tayyorlay boshladi. Bu Angliyada inqilobiy harakatlarni yangidan kuchaytirib yubordi. Xalq va armiya safida norozilik lo'lqinlari ko'tarila boshladi. Levellerlar o'rasidan ancha qat'iy bo'lgan yangi oqim "Haqiqiy levellerlar" yoki '"diggcrlar" (qazuvchilar) ajralib chiqdi. Diggerlar yerni umummulk bo'lishini va har bir kishini unda hech qanday ijara pulini to'lamasdan raehnat qilishni talab qilib, o'z-o'zicha bo'sh yerlarni egallab olib, yerlarni dehqonchilik uchun tayyorlay boshladilar. Haqiqiy levellerlarning agrar dasturi Jerard Uinstenlining "Ozodlik qonuni", deb atalgan pamfletida o'z aksini topgan. Unda Uinstenli jamiyatni ideal ravishda tashkil qilish rejasini tuzib bergan.
Levellerlar qo'zqolonini bostirgan Krombel Trlandiyani zabt etishga kirishdi. Unung jazo ekspcditsiyasi koplab begunoh aholini qirg'in qildi. Kromvel Irlandiya qo'zg'lonini bostirgandan so'ng Shotlandiyaga yurish qilib, Karl II qo'shinini tor-mor etdi. 1654 yilda Angliya, Shotlandiya va Irlandiya yagona davlatga birlashganligi lo'g'risida qonun e'lon qilindi.
Respublika o'zining eng qudratli va yuksalgan darajasiga etdi. Chel davlatlar Angliya bilan diplomatik va savdo munosabatlarini tikladilar. Mamlakal ichida o'zining dushmanlarini tor-mor etgan ingliz burjuaziyasi endilikda tashqi dushmanlar va raqobatchilar bilan kurashga otlandi. 1651 yil parlament "Navigatsion akt"ni e'lon qildi, unga ko'ra Angliyaga kiritilayotgan tovarlar ingliz kemalarida yoki o'sha tovarni ishlab chiqqan mamlakatning kemalarida keltiriiishi lozim edi. Bu akt birinchi navbatda Angliyaning dengizdagi raqobatchisi bo'lgan Gollandiyaga qarshi qaratilgan bo'lib, Gollandiyaga Amerikadagi ingliz koloniyalari bilan savdo qilish ham taqiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |