Imperiya o'rnatilgandan so'ng ishchi tashkilotlar ta'qib ostiga olindi. Liondagi ishchi ittifoqlari tugatildi, ishchi koopcrativlari va "Isbchilarni birlashtirish jamiyatlari", Parijdagi "Xo'jalik jamiyati" o'zlarining invcntarlarini sotishga va faoliyatini lo'xtatishga majbur bo'ldilar. Davlat to'ntaruvigacha Fransiyada mavjud bo'Igan 290 ta ishlab chiqarish kooperativlaridan bor yo'g'i 15 tasi saqlanib qoldi.
Ishchilarning iqtisodiy ahvoli niyoyatda yomonlashdi. Ayrirn ishchilardan ish haqi ko'tarilishiga qaramasdan eng zarur oziq-ovqat maysulotlarining narxi 45% , kvartira haqi 70% ko'tarilganligi sababli ahvol tangligicha qolaverdi. Aksariyat korxonalarda ish kuni 12 soatdan ziyod bo'Iib, bolalar va ayoSlarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi.
Shu bilan birga Napoleon III "Ishchi tashkilotlarini" tinchlantirishga harakat qildi. Bunday jamiyatlar politsiyaning ko'rigidan o'tgan bo'Iib. imperator ularning raislarini tayinlashi lozim edi. Bunday jamiyatlar bepul bino, mebel, davlatdan moliyaviy yordam olish kabi imtiyozlar bilan ta'minlangan edi. '"Politsiya sotsializmi" deb atalgan bunday jamiyatlarni qurishga u'rinish muvaffaqiyatsiz bo'ldi, ishchilarning norozilik chiqishlari davom etdi. 50-yillarda ishchilarning imperiyaga qarshi norozilik harakatlari ish tashlashlar bilan, siyosiy chiqishlari esa, suiqasd va terroristik ko'rinishlar bilan bordi.
1855 yil Anjer yaqinida 600 ta qurollangan ishchilar shaharni cgallash uchun qo'zg'aldilar. Ammo ular hukumat qo'shini tomonidan lor-mor etildi. Bu qo'zg'olonchilar "Marianna" jamiyatiga mansub bo'Iib, ular respublika tarafdorlari edilar (Marianna-frantsuz respublikasini aks ettiruvchi ayolning nomi edi).
Respublikachi maxfiy jamiyatlar va to'garaklar qatorida 50- yillarda Fransiyada sotsialistik tashkilotlar ham mavjud edi. Masalan, Anzen shaxridagi shaxty or laming maxtiy tashkiloti 1856 yil may oyida tashkil qilinib, u o'zining bosh maqsadi sifatida demokratik respublika o'raatishga harakat qildi.
1859 yildan so'ng Fransiyada yakobinchilardan iborat bo'Igan harakat qaytadan jonlandi. Bu yakobinchilar 1792 yildagi kabi konvent chaqirib, imperiyani ag'darilishini va xususiy mulkni daxlsiz, deb e'lon qilinishini talab qilayotgah edilar. Yakobinchilar asosan mayda burjuaziya va ziyolilardan iborat edi. Ayrim sotsialistik elementlar ulardan ajralib chiqib, blankichilarga qo'shildi,
Blankichilar partiyasi 1859 yilgi avfdan so'ng Blankining Fransiyaga qaytishi bilan tashkil topdi. Uning yadrosini inqilobiy ziyolilar, o'quvchi va talaba yoshlar, qisman' ishchilar tashkil etdi. Bu jamiyat o'z oldiga bir hovuch ziyolilarning fitnalar uyushtirishi bilan hokirniyatni qo'lga kiritish va o'zining diktaturasini o'rnatishni maqsad qilib qo'ygan edi.
60- yillarning boshida mamlakatda bo'Igan ish tashlashlar nattjasida XVIII asr frantsuz burjua inqilobi davrida ehiqarilgan Le-Shapele qonuni 1864 yilda bckor qilindi. Bu qonun ishchi ittifoqlarining faoliyatini ta'qiqlar edi. Qonunning bekor qilinishi ishchilar harakatining jonlanishiga sabab bo'ldi.
60-yillaming oxirlaridan boshlab, ikkinchi imperiyaning davlat binosiga darz keta boshladi. Napoleon III ning reaksion ichki va doimiy bocqinchilik urushlarini olib borish siyosati xalq ommasining katta noroziligiga sabab bo'ldi.
Frantsuz burjuaziyasi imperatorning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosatidan kalta moliyaviy zarar ko'rayotgan edi. Fransiyaga qo'shni hududda zaif, tarqoq german davlatlari o'rnida Prussiya boshchiligida Fransiyaga xavfli raqib Shimoliy Germaniya ittifoqi tashkil topdi. Italiyaning birlashishi ham Yevropadagi kuchlar nisbatini Fransiya zarariga o'zgartirib yubordi. Frantsuz jamiyati yuqori doiralarning noroziligiga papaga yordam sifatida Rimga frantsuz qo'shinlarining jo'natilishi ham sabab bo'ldi. 1867 yil 3 noyabrda frantsuz qo'shinlari papani yollanma qo'shini bilan ittifoqchilikda Mcnlane yaqinida garibaldichilarni tor-mor o’di, Rim papa hokimiyati ostida qolaverdi. Italiyan xalqining milliy birlashish uchun kurashiga Fransiyaning aralashuvi frantsuz xalqi demokratik qatlamlarining g'azabini uyg'otdi.
Juda ko'p mablag' sarflangan mustamlakachilik ekspeditsiyalari, impcrator saroyini ta'minlash uchun ham ko'p mablag' sarflanishi, ma'muriyatning xoinligi, nafaqat keng xalq" ommasida, balki imperator bilan hamkorlikda bo'Igan savdo-sanoat burjuaziyasi da ham norozilik tug'dirdi. Ayniqsa, 1867 yilda juda ko'p qurbonlar talab qilgan Meksika harbiy ekspeditsiyasining muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi bu noroziliklarni nihoyatda kuchaytirdi.
60- yiliarning oxirlaridan Fransiyada ish tashlashlar yanada xafli tus oldi. Agar 50-yillarda ish tashlashlar asosan iqtisodiy ahamiyat kasb etgan bo'lsa, 60-yillardan boshlab u siyosiy chiqish tusini ola boshladi.
Mamlakatda o'sib borayotgan inqiroz Napoleon III ni bir qancha yon berishlarga majbur qildi (Senzuraning yumshatilishi, Quyi palataga qonun chiqaruvchilik tashabbusini berilishi va boshqalar shular jumlasidandir). Ammo bunday mayda yon berishlar ommaning noroziligini barlaraf etmadi. 1867-yilda Prussiyaning Avstriyaga qarshi urushining muvaffaqiyatli tugashi va Shimoliy Germaniya ittifoqining tashkil topishi, Meksika yurishining barbod bo'lishi, imperiya inqirozini kuchaytirdi. Fransiyaning 1870 yil Germaniyaga qarshi urushidagi maglubiyati imperiya inqirozining eng yuqori nuqtasi bo'ldi.