Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot XIX asrning 50-60-yillarida Fransiyaning iqlisodiy taraqqiyoti iyul monarxiyasi davriga qaraganda ancha tez bordi. 1851-1869 yillarda mamlakatning milliy daromadi 2 barobar oshdi. Temir va po'lat ishlab chiqarish esa 5 million tonnadan 20 million tonnaga yetdi. Bug' mashinalarining soni esa 8 mingdan 33 mingga yetdi. Ammo mamlakatda og'ir industiriyaning taraqqiyoti yengil sanoatdan orqada qolmoqda edi. Fransiya temiryo'l turlari bilan qoplandi. Temiryo'l liniyalarining umumiy uzunligi 17,5 ming km ga etdi. 1879 yilda frantsuz tijorat flotining tonnasi 1 million tonnadan oshib ketdi Uning 200 ming tonnasi bug' kcmalari zimmasiga to'g'ri kelardi. Bu vaqlda Angliya bug' kcmalarining tonnasi 1 million 250 ming tonnani, yelkanli kemalar bilan birga esa umumiy tonnaji 6 million tonnani tashkil qilardi.
Angliyadan farqli holda Fransiyada fabrika sanoatinihg tez rivojlanishi bilan birga ko'p sonli mayda - qo'l rnehnatiga asolangan ishlab chiqarish mavjud bo'lib qolaverdi. 60-yilarda Angliyada yirik mashina ishlab chiqarish, hunarmandchilik va mayda ishlab chiqarishni butunlay siqib chiqardi. Mamlakat poytaxti bo'lgan Parijda mayda ishlab chiqarish ko'proq edi. Parijda yirik ishlab chiqarish korxonalari o'nlab zavodlar, tamaki fabrikalari. tipografiyalar va boshqalar mavjud edi. Ammo bu yirik korxonalarda 440 ming kishilik sanoat ishchilarining bor-yugi 50 mingi band edi, xolos.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida banklarning roli oshdi. 1848 yilgi inqirozdan so'ng departamenllarning emissiya banklari frantsuz bankiga aylantirildi. Mamlakatda faqat frantsuz bankigina qog'oz pullarni chiqarish huquqiga ega edi. Yangi ""Kredi mobile"" va "Lion krediti" banklari katta ta'sirga ega bo'ldi. 1852 yilda dehqon xo'jaliklarini kapital bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'lgan "Yer kredit" banki tashkil qilindi. Frantsuz qishloqlarida mayda dehqon xo'jaliklari ko'pchilikni tashkil qilib, ular "partsellar" deb atalar edi. Barcha dehqon xo'jaliklarining 75 foizini 10 gektargacha eri bo'lgan xo'jaliklar, 19 %ini o'rta dehqon xo'jaliklari. 4,7 %ini yirik -- 40 gektardan ziyod eri bo'lgan xo'jaliklar, tashkil qilar edi, Mamlakatda 3 millionga yaqin dehqon-batraklar mavjud edi. Bundan tashqari 1 milliondan ko'proq yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo'lgan dehqonlar ish izlab shaharga ketgan edi. Shunday qilib, Fransiyaning millionlab dehqonlari qashshoqlikka mabkum qilingan edi. Bu Napoleon III ni qo'llab -quvvatlaganliklari uchun frantsuz dehqonlariga imperatorning "minnatdorchiligi" edi.