О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana01.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#724011
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
shortangazkimyo majmuasida rektifikatsiya qurilmasida yiliga 135 ming tonna retsikl etilen va buten 1 ni ajratish

III.
 
MEHNAT MUHOFAZASI. 
Retsikl zonasi. YuB bug‘i sarfini kolonna reboyleriga qarata kamaytirish 
zarur, bunda minimal ish tartibi uchun bug‘ning miqdoriga e’tibor berish kerak. 
Smena muxandisi xarakatlari. 
Yuqori bosim bug‘i sarfini LB reboyleriga qarata FFC-22076=0,03 
nisbatgacha pasaytiring. 
Tо‘yintirish idishi satxini nazorat qilib turib, yuqori bosim bug‘i sarfini NV 
reboyleriga qarata pasaytiring. FFC-22125 ni tо‘yintirish nisbatini 0,4 gacha 
tushiring. 
RB kubidagi satxni nazorat qilib turib RB reboyleriga keluvchi bug‘ sarfini 
kamaytiring. FFC-22151 ni tuyintirish nisbatini 0,4 gacha tushiring. 
Reaksiya tо‘xtagan xolda kolonkalarni sirkulyatsiyasini minimal darajada 
ushlang. 
Ishchi va xizmatchilarni shaxsiy xavfsizligini va avariya xolatlarini yuzaga 
kelish oldini olish uchun, reaksiya va retsikl uskunalarini ishlatilish jarayonida 
«Gazni qayta ishlash sanoatida xavfsizlikni saqlash qoidalari» ga qat’iy rioya 
qilinishi zarur. 
Bunda ishchi va xizmatchilar uchun xavf tug‘diruvchi omillar quyidagilar 
bilan bog‘liq: 
A) Yong‘in va portlash xavfi bо‘lgan xonalarda ishlash; yuqori bosim va 
xarorat ostida ishlaydigan jixozlar, separatorlar, nasos, kompressor va shu kabi 
jixozlar bilan ishlash. 
B) Ishchi suyuqliklaridan inson zaxarlanishi mumkin bо‘lgan gaz – 
komponentlar ajralib chiqishi, ba’zi xollarda esa portlash yoki yong‘in xavfi 
tug‘ilishi. 
S) Texnologik jarayonlarda zaxarli kimyoviy moddalar qо‘llanilishi, 
о‘lchov – nazorat uskunalarida korroziya ingibitorlari qо‘llanilishi. 
d) Xavfli gaz va olov bilan bajariladigan ishlar texnologik jixoz 
yonginasida olib borilishi.


42 
YE) Retsikl zonasi uskunalarining xar qanday tabiiy sharoitda kechayu –
kunduz tinimsiz ishlatilishi. Shunga binoan gaz va gaz suyuqliklarni tayerlash va 
tashib keltirishda xavfli va avariya xolatlari asosan texnologik reglamentda qayd 
etilgan qoidalar buzilishi natijasida rо‘y beradi. Bundan tashqari ta’mirlash va olov 
bilan ishlash paytida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi. 
Reaksiya va retsikl uskunasida yongin va portlashni oldini olish, gaz va 
suyuqlik oqib chiqib ketishi natijasini oldini olish uchun ishchi va xizmatchilar 
quyidagilarga amal qilishi shart: 
Texnologik jixoz, о‘lchov – nazorat uskuna va asboblari mexanizmi, bug‘ 
va issiq suv quvurlari, nasos jixozlari bilan ishlash bо‘yicha qо‘llaniladigan 
nizomlarga tо‘liq amal kilish. 
Ish joylari va ishlab chiqarish maydonlarida texnika xavfsizligi qoidalariga 
amal qilish, texnologik jarayonni va atmosferaga tashlanayotgan chiqindilarni 
texnologik rejim asosida olib borish. 
Texnologik rejimda belgilangan meyordan chetga chiqish xolatlari rо‘y 
bersa, buni о‘z vaktida tо‘g‘irlash, о‘lchov va nazorat uskuna va apparatlarini 
tо‘g‘ri ishlatishini doimiy nazorat qilish va rо‘y bergan buzilishlarni darxol 
bartaraf etish. 
Past bosimli separatorlarda, kolonnalarda kondensat va tо‘yintirish 
idishlaridagi satxning texnologik rejimda belgilangan meyordan kо‘payib yoki 
kamayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik.
XSA ning va nasos jixozlarining meyorda ishlashini nazorat qilish, о‘z 
vaqtida zaxira jixozlariga о‘tkazish. 
Berkituvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning sozligini о‘z vaqtida 
tekshirish; rostlovchi armaturaning berkituvchi sozlovchi sifatida qо‘llanilishi 
mumkin emas. 
Jixozlar tо‘xtatilgan vaqtda, asbob va quvurlardagi yopqich (surgich) va 
ventillarni doimo aylantirib, moylab turish kerak. Armaturani ochish yoki yopish 
uchun boshqa turdagi moslamalardan foydalanish man etiladi. 


43 
Quvurlar ichidagi gidravlik urilishlar oldini olish uchun berkituvchi va 
rostlovchi armaturalar asta – sekinlik bilan oxista ochilishi kerak. Bunga rioya 
kilinmaslik quvur, armatura asosi uzilishiga, kuvurning egilib ketishiga va x.k. olib 
kelishi mumkin. 
Xosil bо‘lgan shlak va iflosgarchiliklarni tenglashtiruvchi kolonnalardan 
chiqarib tashlash uchun drenaj tizimlarini xar smenada bir marotaba puflab 
tashlash zarur. 
Satxni berkituvchi va rostlovchi klapanlarning baypas armaturalari meyeriy 
ish xolatida yopiq turishlari kerak va faqatgina apparatlarni texnologik tizimdan 
о‘chirish yoki tо‘xtatish vaqtida xamda bosim ostida bо‘shatish vaqtida ochiladi. 
Suyuqlik satxining avtomatik rejalash sistemasini sozlash va buzilishlarini 
tug‘irlash vaqtida baypas armaturalaridan qisqa vaqt mobaynida foydalanish 
mumkin. Bunda satxni kо‘rsatuvchi orqali doimiy ravishda nazorat qilib, uni 
kerakli oralikda ushlab turiladi. 
Separatsiya va filtrlash elementlarini nazorat qilish uchun, ularni yiliga bir 
marotaba kо‘rikdan о‘tkazib, zarur xollarda tozalash, ta’mirlash va almashtirish 
ishlari о‘tkaziladi. 
Reaktor qizdirish buramasiga kelayotgan issiqlik tashuvchining bosimiga 
nisbatan texnologik uskunalarni qizdirishda qizdiruvchi bosimi yuqori bо‘lgan 
xolda quyidagilar bajarilishi lozim: 
a) Issiqlik tashuvchining apparatga kiruvchi о‘chirish armaturasi oldidan 
qaytarma klapan о‘rnatilishi kerak; 
b) Suv bug‘i kondensati reaktor qizdirish buramasidan keyin kondensat olib 
ketuvchi orqali idishlarga yig‘iladi. Bu idishlar ochiq xavoga о‘rnatilgan bо‘lib, 
bug‘ kondensatini qaytadan ishlatilishi mumkinligi aniqlanadi. 
13. Texnologik kurilmaning distillyatsiya bо‘limi xar yoqib о‘chirilishida 
va maxsulotdan bо‘shatilganda 600 kPa atrofida bosimda inert gaz bilan puflab 
tozalanadi. 
14. Bosim 70 kPa dan yuqori bulgan sharoitda ishlovchi texnologik 
jixozlar va uskunalar, xamda ularni tayyorlash uchun qо‘llaniladigan materiallar 


44 
«Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ishlatilish qoidalari» talablariga javob 
berishi kerak. 
15. Kolonna, issiklik almashinuv va boshka jixozlar korpusidan oqib – 
uchib chiqib ketish xolatlari kо‘rsatilsa, darxol uskuna о‘chirilib, bosimni 
atmosfera bosimigacha tushiriladi. 
16. Quvurlarda muzlash xolatida quyidagilar bajarilishi lozim: 
a) Quvurni umumiy tizimdan о‘chiring va uni shikastlangan yoki muzlab 
qolgan qismini aniqlang; 
b) Quvurni umumiy tizimdan о‘chirish imkoniyati bо‘lmasa va avariya 
xolati xavfi tug‘ilsa, jixozni о‘chiring; 
s) Muzlash sodir bо‘lgan quvur bulimi oxiridan boshlab, muzlagan joyni 
bug‘ yoki issiq suv bilan qizdiring. Berkituvchi armaturani ochiq xolatida quyib 
yuborish quvurlari, jixozlarni qizdirish man etiladi. 
Gidratlar yoki muz xosil bо‘lish xolatlarida texnologik kurilmaning
dissillyatsiya bо‘limini ishlashi taqiqlanadi. 
17. Nasos jixozlari ishlatilish jarayonida nasoslarning, kuvurlarning 
germetichnosti nazoratda bо‘lishi kerak. Nasoslarning ustki – oldi qismidan va 
kuvurlar ulanish bо‘laklaridagi о‘tkazib yuborish xollari darxol bartaraf etiladi. 
18. Portlash xavfi bо‘lgan xona va ishlab chiqarish maydonlarida olib 
boriladigan ta’mirlash ishlari uchun zarur asbob – uskunalar urilgan vaktda uchqun 
chiqarmaydigan metalldan tayerlangan bо‘lishi zarur. Pо‘lat asboblardan 
foydalanish man etiladi.
19. Uskunalarda portlash xavfili bо‘lgan moddalar bug‘larini nazorat qilish 
uchun statsionar avtomatik ravishda ishlaydigan gaz о‘lchagichlar о‘rnatilgan 
bо‘lishi lozim. Bu gaz о‘lchagichlar zaxarli va portlash xavfi bо‘lgan barcha 
uskunalarga о‘rnatiladi. Ular xavoda portlash xavfi bо‘lgan gaz konsentratsiyasi 
20% bо‘lganda chiroq yonishi va ovoz chiqarish orqali ogoxlantiradi. Portlash 
xavfili va sanitariya konsentratsiyasini vaqti – vaqti bilan tekshirish uchun maxsus 
kо‘tarib yuriluvchi gaz о‘lchagichlardan foydalaniladi. Namunalarni olish va 
о‘lchash ish joylari va ochiq maydonlarning gaz chiqishi va yig‘ilishi mumkin 


45 
bо‘lgan joylarida о‘tkaziladi. Gaz о‘lchagichlarning portlash konsentratsiyasigacha 
bо‘lgan namuna olish uskunasi xonaning xaroratiga bog‘liq ravishda xonaning 
bug‘ va gaz zich joylashish qatlamlari balandligida о‘rnatiladi.
20. Bosim ostida bо‘lgan idish, armatura va quvurlarning bolt va 
shpilkalarini tortish mann etiladi.
21. Yonuvchan, issiq va zaxarli moddalar bilan ishlovchi texnologik 
jixozlarga ogoxlantiruvchi saqlovchi klapanlar о‘rnatilish jarayonida ularni ishga 
tushish vaqtida minimal chastota sarflash xavfsizlik choralari kо‘rilishi zarur. 
Ximoya 
klapani 
SPPK 
ning 
о‘tkazish 
kobiliyati 
Gosgortexnadzor 
(Davshaxtexnazorat)ning «Ximoya klapani SPPK о‘rnatish bо‘yicha maslaxatlar»i 
bilan tasdiqlangan «Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ishlatilish 
qoidalari»ga mos kelishi kerak. Ximoya klapani ishga tushirilishidan avval 
ma’lum bosimga tekshirilishi, zichlik ushlashga tekshirilishi va mustaxkamlikka 
chidamlilik bо‘yicha gidravlik sinovlardan о‘tkaziladi.
22. Monometrlar, ularni tekshirish xizmati va ishlatilishi о‘lchov asboblari 
va о‘lchash standartlari komiteti qoida va yо‘l – yо‘riqlari talabi asosida amalga 
oshiriladi. Monometrlarni tekshirish va ishga yaroqliligini tasdiqlovchi belgilar xar 
12 oyda bir marta о‘tkaziladi va bunda monometr siferblatiga ruxsat etilgan ishchi 
bosim chizig‘i qizil bilan belgilab qо‘yiladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish