О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana01.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#724011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
shortangazkimyo majmuasida rektifikatsiya qurilmasida yiliga 135 ming tonna retsikl etilen va buten 1 ni ajratish

1.3. Texnologik jarayon asoslari. 
 
Retsikllash qurilmasida polimerlanish va yakuniy ishlov berish zonalaridan 
kelayotgan erituvchi
 
 
bug‘lari xaydash yо‘li bilan quyidagi Oqimlarga 
ajratiladi: 
-retsikl siklogeksani; 
-reaksiyaga kirishmagan etilen; 
- retsikl xamkor monomeri(somonomeri) buten-1; 
- buten-2; 
- quyi molekulyar massali (RB) polimer; 
- polimerlanish reaksiyasining yonaki maxsulotlari va aralashmalar. 
Siklogeksan va xamkor monomer reaksiyada katnashish uchun qayta siklga 
qaytariladi. Reaksiyaga kirishmagan etilen etilen qurilmasiga yо‘naltiriladi. Buten-
2, quyi molekulyar massali polimer va qо‘shimchalar tizimdan chiqindi sifatida 
yoqishga chiqariladi. 
Texnologik sxema bayoni. Erituvchi va xamkor monomer tiklash, ajratish 
va tozalash uchun uchta manb’adan olinib xaydash uchastkasiga yuboriladi: 
- FA-2120 oraliq bosim separatorining yuqori oqimi; 
- FA-2121 va FA-2122 quyi bosim separatorining yuqori oqimi; 
-doimiy ishlab turuvchi tozalash va idishlar jamlamasidan keluvchi turli 
oqimlar. 


25 
II.TEXNOLOGIK QISM. 
2.1. Qo’shimcha qurilmalar tasnifi. 
 
Past bosimli separator kondensatori. Suyuq polimer bilan aralashgan 
erituvchining kо‘p qismi quyi bosim separatorlari FA-2121 ning birinchi, FA-2122 
ning ikkinchi bosqichlarida tuplanadi. Bu ikkita oqim bug‘ xolida FA-2123 quyi 
bosim separatorining urib ajratgichiga keladi. Bu yerda qoldiq polimer ajratiladi. 
Bu oqim sovitish va kondensatsiya uchun past bosimli separator EA-2201
kondensatoriga beriladi.
Past bosimli separator (PBS-LPS). FA-2201 PBS ushlab turish sig‘imi 
DA -2201 quyi xaroratda qaynovchilar kolonnasiga xom ashyo berish tizimidagi 
oqim sakrashlarini tutib turuvchi ushlab qolish soxasi bо‘lib xizmat qiladi. FA-
2201 LPS ushlab qolish sig‘imida xarorat 30-60
0
S, bosim 20-50 kPa chegarada 
ushlab turiladi. 
Quyi xaroratda qaynovchi xom ashyo qizdirgichlari. GA-2201A/B PBS
kondensat nasosidan kelayotgan sovuq erituvchini isitish uchun ikkita 
issiqlikalmashgich ishlatiladi. Birinchisi quyi xaroratda qaynovchi xom ashyo 
isitgichi EA-2208 «jarayon-jarayon» turiga mansub issiqlikalmashgichdir. FA-
2207 yuqori xaroratda qaynovchilar idishdan (g‘ilof tarafdan) kelayotgan issiq 
erituvchi soviydi, FA-2201 kondensat idishidan kelayotgan (quvur tarafdan) esa 
isiydi. EA-2208 issiqlikalmashgichning g‘ilof tarafida 1765 kPa ga urnatilgan
PSV-204 va PSV-204S ximoya klapanlari kо‘zda tutilgan. EA-2207 isitgichga 
boruvchi quvur (EA-2208 issiqlikalmashgichning quvur tarafi) 3950 kPa bosimga 
urnatilgan PSV-205 va PSV-205S ximoya klapanlari bilan ta’minlangan. DA-
2201 quyi xaroratda qaynovchilar kolonnasig‘a yо‘naltirilayotgan xom ashyo 
oqimining xaroratini 200 dan 235 
o
C oraligida nazorat qilish uchun EA-2207 xom 
ashyo isitgichi №2 yuqori bosimli bug‘dan foydalanadi. 
Issiq yuvish nasosi. GA-2203A/B musbat siljishli issiq yuvish nasoslaridir. 
Nasoslar quyi xaroratda qaynovchi xom ashyo isitgichi oldidagi PBS kondensati 
nasoslaridan suyuqlikni suradilar. Nasoslarning kirishida korzinali filtr urnatilgan. 


26 
Nasoslarning surish liniyasi 3950 kPa ga urnatilgan mо‘ljallangan PSV-235 va 
PSV-256 ximoya klapanlari bilan jixozlangan. Berilayotgan siklogeksanning 
bosimi GA-2203A/B nasoslaridan chiqishda PV-2077 ”HO” rostlovchi klapanlar 
vositasida PIC-22027 asbobi bilan о‘lchanadi. PIC-22027 asbobi kursatishi 
bо‘yicha bosimning miksimal va minimal qiymatlarida signal berish nazarda 
tutilgan. 
(IPS) Oraliq bosim bug‘larini ajratib olish. Oraliq bosim separatoridan 
(keyin matn bо‘yicha IPS) kelayotgan oqim siklogeksan, reaksiyaga kirishmagan 
etilen, somonomer, quyi molekulyar massali birikmalar va oz miqdorda 
reaksiyaning yonaki maxsulotlardan tashkil topgan. Yuqoridan kelgan bu bug‘lar 
va adsorberni yuvish uchun ishlatilayotgan issiq erituvchining pulslanayotgan 
oqimi birlashtirilib retsikl zonasiga tozalash uchun beriladi.
Quyi xaroratda qaynovchilar kolonnalari tizimi. DA-2201 LB kolonnasi 
xaydash liniyasidagi birinchi kolonnadir va 38 ta klapan likopchalardan iborat. 
Kolonnani ta’minlash ikkita oqim bilan beriladi: 
- FA-2120 oraliq bosim separatorining yuqori oqim maxsulotlari; 
- FA-2201 PBS ushlab qolish idishining xom ashyosi. 
Quyi xaroratda qaynovchilar kolonnasi xom ashyo oqimini yuqori 
xaroratda 
kaynaydigan 
komponentlar 
va 
quyi 
xaroratda 
kaynaydigan 
komponentlarga ajratadi. Quyi xaroratda qaynovchilar kolonnasining loyixasi 
taxminan 91% siklogeksan, 1,5% etilen, 7,5% buten va millionning 60 dan bir 
qism ketonlarga asoslangan. 1 dan 19 gacha likopchalar diametri 2300 mm bо‘lib, 
kundalang oqim bittali likopchalaridir. 20 dan 43 gacha likopchalar diametri 2300 
mm bо‘lib, kundalang oqim ikkitali likopchalardir. Kolonna asosida burchak ostida 
tarnov va tо‘kish uchun tuynukli qaytaruvchi tо‘siq bor. Kolonna 2550 kPa ga 
mо‘ljallangan PSV-214 va PSV-214S bosim ximoya klapanlari bilan 
ximoyalangan. 
DA-2202 yuqori xaroratda qaynovchilar kolonnasi tizimi. DA-2202 HB 
kolonnasi 38 ta klapan likopchalarini saqlaydi va ikkita xom ashyo kiritish 
nuqtasiga ega. Asosiy xom ashyo LB quyi xaroratda qaynovchilar kolonnasining 


27 
kub maxsulotlaridir va ular 10 va 11 likopchalar orasiga beriladi. Kub maxsulotlari 
tindirgichiga kiritilayotgan RB quyi molekulyar massali birikmalar kolonnasidan 
kelayotgan retsikl suyuqligi qо‘shimcha xom ashyodir. Kolonnada ishchi bosim 
700-900 kPa oraliqda yoki undan quyi darajada ushlab turiladi. Bu LB 
kolonnasidagi ishchi xaroratdan ancha quyidir. HB kolonnasida xarorat kub 
qismida 180-235
0
C va yuqori qismida 170-185
0
C da ushlab turiladi. 
Quyi molekulyar birikmalarni ajratish (RB). DA-2203 RB kolonnasi (RB 
kolonna) 35 ta tursimon likopchadan iborat va HB kolonnaning kub 
maxsulotidan xom ashyo oladi. Faoliyat kо‘rsatish nuktai nazaridan RB kolonna 
HB kolonnasining kengaytirilgan bug‘ bilan ishlov berish seksiyasi kabi ishlaydi. 
RB kolonna 70-300 kPa bosimda ishlaydi, bu HB kolonnasidagi bosimdan ancha 
quyidir. Yuqori xaroratda qaynovchilar kolonnasining quyi kubi maxsuloti RB 
kolonnaga kelganda, oqim alangalanadi. Xom ashyo kolonnaning 1- va 2- 
likopchalari orasiga keladi. Yuqori tarelka yuvuvchi likopcha bо‘lib, RB kabi ogir 
aralashmalarni uzi bilan olib ketilishini minimallashtiradi.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish