O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

1. Qirg’oq relyef shakllari qanday omillar ta’sirida shakllanadi? 
2. Klif, bench, kekur , plyaj tushunchalarini tavsiflang. 
3. Barlar qanday shakllanadi? 
4. Qirg’oqlar egri-bugrilik darajasiga qarab qanday turlarga bo’linadi? 
5. Okean tubi chuqurligiga qarab qanday relyef shakllariga bo’linadi? 


53 
15
-MAVZU: GIDROSFERANING TUZILISHI. SUVNING AYLANMA 
HARAKATI. SUVLIK VA QURUQLIKNING O’ZARO TA’SIRI 
Reja: 
1. Gidrosferaning tuzilishi.
2. Suvning aylanma harakati.
3. Geografik qobiqda suv muvozanati. 
Tayanch iboralar: 
Gidrosfera, Dunyo okeani, quruqlikdagi suvlar, Yerosti suvlari, Yer 
usti suvlari, jahon suv zahirasi, transpiratsiya,kondensatsiya, sublimatsiya. 
1. Gidrosferaning tuzilishi. 
Gidrosfera Yer po’sti va atmosferaning o’rtasida joylashgan. 
Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Gidrosfera suvlarining asosiy qismi okeanlar 
suviga to’g’ri keladi. Boshqa suv ob’ektlaridan Yer osti suvlari va muzliklar ajralib turadi. Ular 
chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Yer po’stining g’ovaklarida va muzliklarda suv 
resurslarining eng muhim qismi bo’lgan chuchuk suvlarning asosiy qismi joylashgan. 
Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat ekan. Okean suvlari Tinch
Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani suvlaridan iborat. Quruqlik suvlari o’z navbatida yer 
usti va yer osti suvlariga bo’linadi. Yer usti suvlari daryo, ko’l, botqoq va muzliklar suvlaridan, 
yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan. Ko’p yillik muzloq yerlar asosan 
Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va 
Grenlandiyada hamda baland tog’larda tarqalgan. 
Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to’xtovsiz qoplamasa ham, uning 70,8% ni tashkil 
qiladi (510,1 mln. km

dan 361 mln. km
2
).
Suv qanday bo’lishidan qat’iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv 
geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u yoki bu darajada mavjud. 
Jahonda suvlarning zahirasi turlicha. Juda katta maydonga va hajmga okean suvlar, 97,2% ga 
ega.
Chuchuk suvlarning umumiy hajmi jahon suv zahirasining 2,15%ini tashkil qilar ekan. 
Qolgan suvlar esa ichishga yaroqsiz bo’lgan sho’r suvlardir
56

Ko’p olimlar gidrosferaga atmosferadagi va organizmdagi suvlarni ham qo’shishadi, 
ammo ularning miqdori juda ham kichikdir. Masalan, atmosferadagi suvlar jahon suv 
zahirasining 0,001% ini, chuchuk suvlarning esa 0,04% ini tashkil qiladi (9-rasm

Suv –Yer sharida eng ko’p tarqalgan mineral. U vodorod bilan kislorodning eng oddiy 
(N
2
O) birikmasi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Suv molekulalari tez harakat qilganligi 
sababli muz O
0
Sda eriydi, suv esa 100
0
da qaynaydi. Shu sababli u geografik qobiqda uch holatda 
–suyuq, qattiq va bug’ holida uchrab, bir holatdan ikkinchi holatga oson o’tib turadi.
Suvning zichligi haroratga bog’liq ravishda o’zgaradi. Barcha jismlar suyuq holatdan 
qattiq holatga o’tganda zichlashadi, muz esa suvdan yengil. Muzning tetraedrik tuzilishi boshqa 
jismlarga qaraganda g’ovak, bu esa yonma-yon joylashgan vodorod molekulalarining o’zaro 
bo’sh bog’langanligi sabablidir. Muz yengilligi sababli suv havzalari yuzasida cho’kmay turadi 
va issiqlikni yomon o’tkazishi tufayli pastki qismlaridagi suvlarni muzlashiga yo’l qo’ymaydi va 
organizmlarni kirilib ketishidan saqlaydi. Suv +4
0
Sda eng zich bo’ladi. Shu sababli suv 
havzalarining chuqur qismida harorati +4
0
S ga teng bo’lgan zich suv to’planib qoladi. 
Bu esa gidrosfera hayotida juda muhim rol o’ynaydi. Baland tog’larda va qutbiy 
o’lkalarda qor va muz qoplami tuproqning muzlashiga yo’l qo’ymaydi va mavjudotlarni muzlab 
qolishdan saqlaydi. Suvning erituvchanlik xossasi geografik qobiqdagi moddalar almashinuvi, 
ya’ni hayotni mavjudligini ta’minlaydi.
Dunyo okeani xususiyatlaridan biri uning dunyoda ya’ni tabiatda suvning katta aylanma 
xarakatida ishtirokidir. Okeanlardan suvlar bug’lanib yog’ingarchilik yog’ishiga olib keladi
57 
56
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment».2003, 115-
b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 


54 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish