O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

2. Qirg’oq relyef shakllari. 
Qig’oq bo’yi dengiz oqiziqlari dengiz to’lqinlari, qirg’oq 
bo’yi oqimlari ta’sirida qirg’oq bo’ylab harakat qiladi. Qirg’oq bo’yi oqiziqlarida suv osti va suv 
usti qum marzalari, qum tillari, barlar va boshqa relyef shakllari vujudga keladi. Ular ham doim 
tor va uzoq masofaga cho’zilib ketgan bo’ladi.
Uncha chuqur bo’lmagan dengizlarda va okean sayozliklarida qirg’oqdan uzoqda banka 
(sayozlik), marza va qator tepalar hosil bo’ladi. Bankalar qiya va juda katta sayozliklardir. 
Masalan, Atlantika okeanidagi Nyufaundlend bankasi. Bankaga qaraganda kichikroq, qiya va 
dengizning sayoz qismida uzunasiga cho’zilib ketgan suv osti balandligi suv osti marzalari deb 
ataladi. Ular Riga qo’ltig’ida , Qora dengizning Anapa yaqinidagi qismida va boshqa joylarda 
ko’plab uchraydi.
Barlar va turli xil qum tillari relyefda ancha yaxshi ifodalangan.
Qirg’oq bari 
qirg’oqdan 
birmuncha narida qirg’oq bo’ylab cho’zilib ketgan kambar oqiziqlar polosasidan iborat. Barlarni 
hosil qilgan qumlarni suv to’lqinlari suv tagidan olib chiqadi. Dengizning barlar bilan ajralib 
qolgan qismi 
laguna
deb ataladi.
Oqiziqlarning qirg’oq bo’ylab harakati navoloklar (qumloqlar), qum tillari va qum 
bo’yinlarini vujudga keltiradi.
Navoloklar 
tub qirg’oqqa tutashgan va dengiz ichkarisiga kirib 
boruvchi pastak qum marzalaridir. Qum tillari va qum bo’yinlari xilma-xil shaklda – to’g’ri, egri, 
sirtmoqsimon, qo’sh aylanasimon, o’tkir uchli va boshqacha bo’lishi mumkin. 
Barcha qirg’oqlar egri-bugrilik darajasiga qarab buxtali (serqo’ltiq)va tekis qirg’oqlarga 
bo’linadi. Buxtali qirg’oqlarning shakli murakab, tekis qirg’oqlarniki nisbatan to’g’ri bo’ladi.
Buxtali qirg’oqlarning rias qirg’oqlar, dalmatsiya tipidagi qirg’oqlar, panjasimon qirg’oqlar, 
fiordli qirg’oqlar, shxerali qirg’oqlar kabi turlari mavjud
55

Rias qirg’oqlar (rio-ispancha “daryo”) qirg’oq chizig’ining umumiy yo’nalishiga 
perpendikulyar daryo vodiylari bilan parchalangan yoki tog’li qirg’oqningdengiz bosishi 
natijasida vujudga kelgan qirg’oqlardir. Ular tog’ tizmalari qirg’oqqa to’g’ri burchak ostida 
kelibtarqalgan joylarda uchraydi. Masalan, Piriney tog’larining g’arbiy chekkalarida, Sharqiy 
Xitoy dengizida, Yaponiyaning ba’zi joylarida bor. 
54
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment».2003, 65-b
(mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 
55
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 
 
66- 
b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 


52 
Dalmatsiya tipidagi qirg’oqlar – tog’ tizmalari qirg’oqqa parallel bo’lgan tog’li o’lkani 
dengiz bosgan joylarda hosil bo’ladi. Tor, uzun qo’ltiq va bo’g’ozlar , shuningdek ular orasidagi 
orol hamda yarim orollar dengiz qirg’og’ining umumiy yo’nalishi bo’ylab cho’ziladi. 
Panjasimon qirg’oqlar chuqur va tektonik jihatdan murakkab parchalangan hamda 
daryolar eroziyasi hali yaxshi rivojlanmagan joylarda hosil bo’ladi. 
Fiordli qirg’oqlar (norvegcha fiord yoki fiord-qo’ltiq) materik muzliulari bosgan tog’li
va qirli o’lkalarda vujudga kelgan. Fiordlar tor, juda chuqur va uzun qo’ltiqlardir, ularning 
qirg’og’i baland, tik hamda tog’li bo’ladi. Sрxerali (shvedcha shxerala – kichik orollar) 
qirg’oqlar ham qattiq kristalli jinslardan tuzilgan va materik muz bosish ta’sirida bo’lgan 
oblastlarda joylashgan. Ular qirg’oq yaqinidagi mayda qoyali va toshloq orollar hamda suv osti 
qoyalarining juda katta to’dalaridir. Finlandiyaning janubiy qirg’og’i eng tipik shxerali qirg’oq 
hisoblanadi Yuqoridagi barcha qirg’oqlar yonida dengiz va ko’llar chuqur bo’ladi. Dengiz 
sathining nisbiy ko’tarilishi sayoz, past qirg’oqlarda ham yuz berishi mumkin. Bunday hollarda 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish