6. Geografik qobiqda tutash yuzalar, simmetriya va dissimetriyalar.
Geoqobiqlar va ularning ayrim qismlari (qatlamlar, havo va suv massalalar) turli
xil holatdagi va tarkibdagi moddalardan tuzilaganligi uchun ular orasida chegara
albatta bo’ladi.
Geoqobiqlar (geosferalar) o’rtasidagi chegaralarni tutash yuzalar deb atash
qabul qilingan. Tutash yuzalar asosan oraliq qatlamlardan iborat. Mazkur oraliq
qatlamlarda modda va issiqlik oqimi o’zgaradi va oraliq jarayonlar sodir bo’ladi.
Bunday oraliq jarayonlar qattiq jismlar yuzasi oralig’ida ro’y beradi. Masalan,
maydalangan qattiq jinslarni o’z- o’zidan yonib ketishi (un, shakar va ko’mir
maydasi) va ayrim hollarda portlab ketishi. Ko’proq keng tarqalgan jarayonlar
sodir bo’ladi. Tutash yuzalarda maydalangan moddalar bo’lsa, moddalarning
eritilish va reaktsiyaga kirish qobiliyati keskin ortib ketadi. Demak, tutash yuzalar
geografik qobiqdagi eng faol yuzalar bo’lib, ularda almashinish, eritish va issiqlik
ajratish reaktsiyalari kuchayib ketadi.
Geografik qobiqda tutash yuzalar juda ko’p va xilma-xildir va ularda hayot
turli sur’atlarda kechadi. Eng faol tutash yuzalarga geografik qobiqda quyidagilar
kiradi: qirg’oqlar (sohillar), atmosfera va okean frontlari, muz va muz atrofi, Yer
yuzasi.
Qirg’oq (sohil) zonasi o’simlik va hayvonlarga juda boy bo’ladi. Qirg’oq
zonasi gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta’sir zonasida joshlashgan. Bu
yerda to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlar yemiriladi, tog’ jinslari maydalanib qum va
shag’alga aylanadi va ularning to’planishi natijasida qum tepalari, yoyilmalari
hosil bo’ladi. Qirg’oqlarda suvlarning qalqishi ro’y beradi, buning natijasida
Yerning tezligi juda oz bo’lsada kamayib boradi.
Eng muhim tutash yuza bo’lib Quyosh nurlari bilan Yer yuzasining o’zaro
ta’sir yuzasi hisoblanadi. Mazkur yuzada Quyoshning nurlari o’simliklar
barglarida, tuproqda, nurash qobig’ida, okean, dengiz, ko’l, daryo suvlarida issiqlik
va kimyoviy energiyaga aylanadi. Mazkur tutash yuza juda ko’p dinamik
jarayonlarni borishiga imkon beradigan, issiqlikni o’zgartiradigan va to’playdigan
eng kuchli tutash yuzadir.
Simmetriya grekcha so’z bo’lib, fazodagi nuqtalarni joylanishidagi bir
xillikni bildiradi.
Geografik qobiq sharsimon simmetriyaga ega. Sharsimon simmetriklik
sayyoramizning og’irlik kuchi maydonida shakllanadi. Yerning sutkalik harakat
natijasida Yer o’qqa va ekvatorga ega. Geografik qobiqning juda ko’p qismlari
ekvatorga nisbatan simmetrik joylashgan. Masalan, yoritish mintaqalarining, havo
va suv oqimlarining joylanishi, bosimning, haroratning, namlikning taqsimlanishi
va x.k. Ammo yirik umumsayyoraviy relyef shakllarini joylanishida bunday
xususiyat kuzatilmaydi.
Simmetriklikning buzilishi disimmetriya deb ataladi. Masalan, shimoliy
qutubdagi suvlikka janubiy qutbdagi quruqlikni to’g’ri kelishi.
Simmetrik tahlil geografik qobiqni tuzilishini muhim qonuniyatlarini ochib
berishga imkon beradi va ularni rivojlanish tarixini o’rganishga asos bo’lib xizmat
qiladi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |