120
Bashoratlashning umumiy tamoyillarini va ularni ishlab chiqishni qonuniyatlari bilan
«Bashoratshunoslik» fani shug‘ullanadi. Uning tadqiqot predmeti bo‘lib bashoratlash metodlari,
tamoyillari va qonuniyatlari hisoblanadi. Bashoratshunoslik fanining asosiy vazifalari
bashoratlashtirishning nazariyasini, ularni sinflashtirish tamoyillarini va metodologiyasini ishlab
chiqishdir.
Bashoratlashtirish deganda tadqiq qilinayotgan ob’ektni kelgusidagi holati haqidagi
ma’lumotlarni olish yoki bashoratni ishlab chiqish jarayonidir.
Bashorat esa tadqiq qilinayotgan ob’ektning kelajakdagi holati haqida ilmiy asoslangan
xulosa ishlab chiqishdir yoki bashoratlashtirish natijasidir. Bundan
tashqari bashoratga yaqin
bo‘lgan oldindan ko‘ra bilish, oldindan ayta bilish, oldindan seza bilish tushunchalari ham
mavjud.
Oldindan ko‘ra bilish kelajak haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishdan iborat. U inson ongini
rivojlanish jarayonida vujudga kelgan. Oldindan ko‘ra bilish noilmiy va ilmiy bo‘lishi mumkin.
Noilmiy oldindan ko‘ra bilish hayotiy tajribaga asoslangan bo‘ladi. Ilmiy asoslangan holda
oldindan ko‘ra bilish tabiatni va jamiyatni rivojlanish qonuniyatlarini bilishga asoslangan.
Oldindan aytib berish bashorat qilinayotgan ob’ektni kelajakdagi holatini miqdoriy
jihatdan tavsiflash qiyin yoki tavsiflab bo‘lmaydigan sharoitda ma’lumotlar olish. Bu oldindan
aytib berishning tavsifiy (sifat) shaklidir.
Oldindan seza bilish kelajak haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘risida sezgi (intuitsiya)
darajasida fikr yuritish.
Bashoratdan so‘ng ishlar rejalashtiriladi, dasturlashtiriladi va loyihalashtiriladi.
Rejalashtirish bu ma’lum bir mavjud mablag‘lar asosida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish
yo‘lidagi faoliyatidir. Reja bashorat natijalari asosida tuziladi. Ya’ni bashorat reja oldi ishlariga
kiradi.
Dastur ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa muammolarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
tadbirlar majmuasiini hal qilishdir.
Dasturlashtirish esa rejani amalga oshirish bo‘yicha mavjud tadbirlarni ketma-ketligini va
asosiy holatlarini aniqlash jarayonidir.
Loyiha aniq tadbir yoki ob’ekt bo‘yicha dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
bashorat echimi. Loyihalashtirish - ishlab chiqilgan dasturning
aniq bir qismlarini ishlab chiqish.
Geografik bashorat deganda tabiiy muhit va hududiy ishlab
chiqarish tizimlarining
o‘zgarishidagi xususiyatlarni ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilishdir.
Geografik bashorat tushunchasi turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar va geografik bashorat bo‘yicha olib borilgan ilmiy
tadqiqot ishlarining natijalariga asoslangan holda geografik bashoratni quyidagi ta’rifini berish
mumkin.
Geografik bashorat – bu tabiiy, tabiiy-antropogen, antropogen, ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni kelajakda tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida xossalarini va tarkibiy qismlarini bo‘lajak
o‘zgarishlari haqida ilmiy asoslangan tasavvurlar tizimini ishlab chiqishdir.
Mazkur bashorat ishlari dala, laboratoriya,
eksperimental, tarixiy tadqiqotlar natijalari
asosida ishlab chiqiladi.
Bashoratning maqsadi geografik qobiqning holatini oldindan ko‘ra bilishdir. Uning ob’ekti
bo‘lib jarayonlar, hodisalar, geotizimlar, hududiy ishlab chiqarish tizimlari va boshqalar bo‘lishi
mumkin. Bashoratning ob’ekti tanlanayotganda quyidagilarga e’tibor beriladi (Zvonkova, 1987):
- bashorat ob’ektlarining turi. Ular ilmiy-texnik, geografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa
bo‘lishi mumkin;
- bashorat ob’ektlarining miqyosligi. Ular miqyosiga ko‘ra mahalliy, sayyoraviy,
mintaqaviy va h.k. bo‘lishi mumkin;
- bashorat ob’ektlarining murakkabligi. Murakkablik darajasiga ko‘ra juda oddiy
(o‘zgaruvchilar bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki kuchsiz bog‘langan), oddiy (o‘zgaruvchilar
orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud), murakkab (uchta va undan ortiq o‘zgaruvchilar
orasidagi
121
aloqa), juda murakkab (barcha o‘zgaruvchilar orasidagi aloqa hisobga olinadi) ob’ektlar
ajratiladi;
- determinantlik darajasi. Determinantlashgan ob’ektlarda tasodifiy tarkiblar sezilarli
emas va ularni hisobga olmasa ham bo‘laveradi. Stoxastik ob’ektlarda tasodifiy tarkiblar albatta
hisobga olinadi. Aralash ob’ektlar esa determinantlashgan va stoxastik ob’ektlardan iborat;
- vaqt davomida rivojlanish xususiyatiga ko‘ra diskret (ob’ektning doimiy tarkibi ma’lum
bir aniq vaqtlarda sakrab-sakrab o‘zgaradi); nodavriy ob’ektlar (ob’ektning doimiy tarkibi
nodavriy uzluksiz funksiyasi bilan ifodalanadi); davriy ob’ektlar (doimiy tarkibiy a’zolar
vaqtning davriy funksiyasi bilan ifodalanadi) ajratiladi;
- ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra bashorat ob’ektlari quyidagi turlarga
bo‘linadi: bashoratlarning aniqligiga to‘la mos keladigan miqdoriy ma’lumotlar bilan
ta’minlangan ob’ektlar.
Bashoratning operatsion birliklari mavjud. Barcha ob’ektlar vaqt va fazoda o‘zgarib
turadi. Shuning uchun bashoratning asosiy operatsion birliklari vaqt va fazodir.
Vaqtga qarab bashoratlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: operativ-1 oyga, joriy-1 oydan bir
yilgacha; uzoq muddatli – 1 yildan 5 yilgacha; juda uzoq muddatli – 5 yildan 15 yilgacha va
undan ko‘proq.
Bunda tashqari hududiy bashoratlar ham mavjud. Ular sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy
turlarga bo‘linadi.
Yo‘nalish faoliyati bo‘yicha bashoratlar qidiruv (tadqiqot) va normativ sinflarga bo‘linadi
(dasturli, maqsadli, qidiruv).
Har bir bashorat juda ko‘p variantlarda ishlab chiqiladi. Ulardan 5-6 tasi tanlab olinadi,
so‘ngra bitta maqbul variant tanlanadi.
Bashoratlar ma’lum bir bosqichlarda olib boriladi. V.A. Lisichkin bashorat ishlab chiqishni
to‘la davrini uch bosqichga bo‘ladi: retrospeksiya (tarixiy), diagnoz (tashxislar), bashorat.
Retrospeksiya bosqichida ob’ektning
rivojlanish tarixi, bashorat foni tadqiq qilinadi.
Mazkur bosqichda bashorat ob’ektining tarkibiy elementlari aniqlanadi va ajratiladi, ularning
asosiy belgilari va o‘lchamlari hamda tarkibiy birliklari orasidagi aloqalar aniqlanadi.
Diagnoz (tashxis) bosqichida bashorat oldi ishlari amalga oshiriladi. Bashoratning
maqsadi, aniqlangan ob’ekt modeliga tuzatishlar kiritiladi, bashorat metodlarini asoslanadi va
yangi metodlar ishlab chiqiladi.
Bashorat bosqichida qo‘yilgan diagnoz (tashxis) asosida va qabul qilingan metod
yordamida ma’lum bir vaqt oraliqlari uchun ob’ektning holati bashorat qilinadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: