3.Geografik muhitni boshqarish tizimi (monitoringi).
Tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hududni holatini nazorat
qilish, kuzatish tizimiga monitoring deb ataladi. Kuzatish va nazorat qilish zamonaviy texnika
vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Monitoring quyidagi qismlardan iborat:
-
havoning, suvning, radiatsiyaning miqdori va sifatini, tozaligini o’zgarishini va holatini
kuzatish;
-
olingan ma’lumotlarni mumkin bo’lgan to’planish (PDK), standartlar va normativlarga mos
kelishini aniqlash;
-
tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarni manbalarini aniqlash va bu to’g’risida kerakli davlat
tashkilotlarini ogohlantirish.
Monitoringni tashkil qilish jarayonida bir necha darajali vazifalarni bajarishga to’g’ri
keladi. I.P.Gerasimov monitoringni uchta darajasini (pog’onani) ajratishni tavsiya etadi:
1. Sanitar-gigienik yoki bioekologik daraja (pog’ona). Mazkur pog’onada asosiy e’tibor
atrof muhitni inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatishga qaratiladi. Bunda atrof
muhitni o’zgarishini inson salomatligida aks etishi o’rganiladi. (tug’ilish, o’lim darajasi,
kasallanish, ularni davolash, ish qobiliyati va x.k.). Mazkur ishlar tibbiy geografik tadqiqotlarda
muhim ahamiyatga ega.
1. Geotizm darajasi (pog’onasi). Mazkur pog’onada tabiiy va tabiiy-texnogen tizimlar
xolati kuzatiladi. Bunda modda va energiya almashinishi ko’rsatkichlariga, biologik
mahsuldorlikka, geotizimlarni ifloslanishi va o’z-o’zini tozalash imkoniyatiga asosiy e’tibor
beriladi.
Tabiiy va tabiiy-texnogen tizimlar xolatini kuzatish maxsus zonal yoki regional
poligonlardagi geografik statsionarlarda olib boriladi.
Landshaftlarning va ularning tarkiblarining xolatini va xossalarini birgalikda uzoq vaqt
davomida kuzatish
geografik statsionar
deb ataladi.
Geografik statsionar doirasida alohida joylar tanlanadi. Mazkur joylar etalon joylar bo’lib,
ularda landshaftlar va ularning tarkiblari har tomonlama o’rganiladi. Bunday joylarda
landshaftlar ham statsionar xam ekspeditsiya tadqiqotlari davomida o’rganiladi.
Landshaftlarning xossalari o’rganadigan va kuzatiladigan joylar geografik
poligonlar
deb
ataladi. Kuzatuvlar samolyotlarda, vertolyotlarda va kosmik apparatlarda o’rnatilgan maxsus
priborlar yordamida olib boriladi.
1.
Biosfera pog’onasi. Asosiy vazifasi atrof muhitning o’zgarishini global miqyosda
kuzatish (atmosferaning musaffoligi va uni inson ta’sirida o’zgarishi, jahon suv muvozanati,
Dunyo okeanini ifloslanishi, geografik qobiq va kosmos o’rtasida issiqlikning almashinishi).
Biosfera pog’onasining kuzatish ob’ekti bo’lib geografik qobiq va uning tarkibiy
qismlari hisoblanadi. Mazkur pog’onada kuzatishning asosiy maqsadi – insonni yashashiga havf
soladigan, xo’jalik faoliyati oqibatlarini oldini olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |