Atrof muhit holatini bashoratlashtirish usullari
R e j a:
1. Bashorat va bashoratlashtirish haqida tushuncha. 2. Ekologik va geoekologik bashoratlastirish. 3. Atrof muhitga antropogen ta’sir oqibatlari. 4. Atrof muhit holatini bashoratlashtirish.
Inson mehnat faoliyati bilan shug‘ullanar ekan, tabiiy sharoitning shu kundagi holati bilangina emas, balki kelajakda ro‘y beradigan turli o‘zgarishlar bilan ham qiziqadi. Binobarin, tabiiy sharoit o‘zgarishini inson manfaatlari nuqtayi nazaridan oldindan bashorat qilish va chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Ushbu bo‘lim bayonida Siz geografik bashorat, uning usullari, turlari hamda O‘zbekiston tabiat komplekslarining o‘zgarishini bashoratlashga doir mavzular bilan tanishamiz.
Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko‘ra bilish, fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta’siri va uning oqibatlarini oldindan ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi.
Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash — o‘rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar yig‘ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo‘yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o‘rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holat va ko‘rinishining tavsifi tushuniladi.
Geografik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o‘zgarishi haqida ma’lumotlar olish va to‘plash jarayonidir.
Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi.
So‘nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g‘oyalarni amaliyotda qo‘llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga bo‘lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta’siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta’siriga aks ta’siri ko‘pincha salbiy ko‘rinishga ega bo‘la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni oldindan ko‘ra bilish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Insonning tabiatga ta’siri oqibatlarini oldindan ko‘ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo‘lishi mumkin.
Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan, Sibir daryolari oqimining bir qismini O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga burish loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab chiqilgan. Ulardan avvaliga 5-6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi.
Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar muddatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o‘rta muddatli bashorat 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli bashoratlar15 yildan ko‘proq muddatga ishlab chiqiladi.
Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo‘ladi. Ma’lum bir joyning relyefi, tog‘ jinslari, tuproqlari, suvlari, o‘simligi va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar haqdagi ma’lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit iflosla- nishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to‘plovchilar. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Yonbag‘irlar qiyaligi ularning parchalanish darajasi, zichligi, yer osti suvlarining harakatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.
2. Tog` jinslari. Suv o`tkazidigan, suv o`tkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi tabiiy muhitga ta`sir ko`rsatadi.
3. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketiladi. Suvdagi organik moddalar og‘ir metallarning eruvchanligini tezlashtiradi.
4. Tuproqlar. Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoiti. Ular tuproqni ifloslovchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatini belgilab beradi.
5. O‘simliklar. Ifloslovchi moddalarni yutadigan o‘simliklar turlari.
Mazkur xususiyatlar asosida tabiiy muhitning o‘zgarishini oldindan aytib berish mumkin.
Insoniyat ijtimoiy va fan – texnika taraqqiyoti yo‘lidan qanchalik jadal rivojlansa, sayyoramiz va koinotning sayyoramiz atrofidagi qismlarining muntazamroq o‘rganilgan sari atrof tabiiy muhit rivojlanishini, aholi sonini o‘sishi va joylashuvini, hududlarni o‘zlashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishni, aholi iste‘moli tuzilmasining kengayishi va o‘zgarishini va boshqa tabiiy hamda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddatli bashorat qilish ham amaliy jihatdan zarurroq bo‘lib qolmoqda. Geologik, okeanologik, ekologik, antropologik, tibbiy – biologik (jumladan genetik ham), demografik, urbanistik, iqtisodiy, sotsiologik, siyosiy va boshqa bir qator (aholi iste‘molini, transport tarmoqlarini rivojlantirishni, rekreatsiya jabhalarini rivojlanishini bashorati) ishlab chiqilgan va chiqilmoqda. Bashoratlarning turli xillari va mo‘ljaldagilari orasida geografik bashorat ham o‘zining munosib o‘rniga ega.
Bashorat deb keng ma’noda muayyan voqealar, hodisalar, jarayonlarning rivojlanishi va tugallanishidagi o‘zgarishlarni olingan ma‘lumotlar asosida oldindan aytib berish tushuniladi. Boshqacharoq qilib aytganda bashorat muayyan ma‘lumotlar asosida biror narsani rivojlanishini oldindan aytib berishidir. Bashorat bashoratlashtirishning yakunlovchi maxsuli, natijasidir.
Bashoratlashtirish biror ob‘ektga xos bo‘lgan tashqi va ichki aloqalarni retrospektiv (yunoncha retro – orqaga, spektar – qaramoq) tahlil asosida fikr yuritish usullarining majmuasi va shuningdek, bu aloqalarning qarayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ehtimoliy o‘zgarishlarni tahlil qilgan holda ana shu hodisa yoki jarayonning kelgusida rivojlanishini to‘g‘risida muayyan ishonchli mulohaza chiqarishdi.
Yer to‘g‘risidagi ko‘pgina fanlarning eng dolzarb muammolaridan biri kelgusida tabiiy muhit holatining bashoratidir. Tabiat jarayonlari, hodisalari va ob’yektlarining har qanday bashorati ularning oldingi holatini(maylini) bilishga asoslanadi va shu sababli bashorat oldidan muayyan ilmiy tadqiqotni taqoza etadi.
Geografiya turli larni – tabiiy, ishlab chiqarish ijtimoiy, tabiiy – ijtimoiy tizimlarni o‘rganadi. Shu sababli geografik bashorat – geosistemalarning kelgusidagi holatini oldindan ko‘ra bilish yoki aytib berishdir. Bashorat nafaqat geosistemalarni kelajakdagi o‘zgarishini avvaldan asoslashgina bo‘lib qolmay, balki ularning asosiy o‘zgarish yo‘nalishlarini, tadrijiy o‘zgarishlarini, murakkablashishini ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli – geografik bashorat – muayyan tabiiy sistemadagi ob’yektlar, hodisalar va jarayonlarning kelajakda gi o‘zgarishlarini, shuningdek shu sistemalarning o‘tmishdagi va hozirgi holatini, boshqa tabiiy sistemalar (atmosfera, litosfera, hidrosfera) bilan aloqalarini tahlil qilish asosida taxminlash va hisob qilishdir.
Bashoratlashtirish jarayoni bashoratlashtirish ob‘ektining (hodisa, voqea, jarayonning) o‘tmishda va hozirgi rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishni, kelajakdagi rivojlanishi va holatini ilmiy jihatdan asoslashni, ob‘ektning o‘zgarishini belgilovchi sabab va omillar hamda uning taraqqiyotini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi sharoitlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni va boshqaruv bo‘yicha bashoratli xulosa va qarorlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Geografik bashorat kengroq bashoratlarning, eng avvalo ijtimoiy – iqtisodiy bashoratlarning bir qismidir, chunki geografik bashorat ijtimoiy va iqtisodiy bashoratlar bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari, geografik bashoratda gidrologik, iqlimshunoslik, ekologik, geokimyoviy va boshqa xususiy bashoratlarga ham jiddiy e‘tibor qaratiladi. Xususiy bashoratlarning qiymati inson ta‘siri ostidagi kelajakni begilaganda oshadi. Odam omilini e‘tiborga olmasdan turli geografik bashorat ishlab chiqilishi mumkin emas.
Geografik bashorat o‘z oldiga integral geotizimlar kelajakda qanday bo‘lishini ilmiy asoslashni, ya‘ni turli mamlakatlar guruhlari, aniq mamlakatlar, viloyatlar, shaharlar, landshaftlarning guruhlari va ayrim landshaftlarning tizimlarida tabiat, aholi, texnika, xo‘jalikning o‘zaro ta‘siri qanday bo‘lishini ilmiy asoslashni vazifa qilib qo‘yadi.
Barcha geografik bashoratlar sistemalarning bashorat qilinayotgan elementlarining xususiatlari, miqyoslari va aniqlik darajasiga ko‘ra farqlanadi.
Geografik bashorat: a) tabiiy – geografik, b) demografik va iqtisodiy – ijtimoiy geografik bashoratlarga bo‘linadi.
Bashoratlar bir yilgacha, 5 yilga, 10-15 yilga, bir necha o‘n yilga va undan ko‘proq muddatlarga tuzilishi mumkin. Muddatlariga ko‘ra bashoratlar operativ (1 oyga), juda qisqa muddatli (1 oydan 1 yilgacha), qisqa muddatli (1 yildan 3-5 yilgacha), o‘rtacha muddatli (5 yildan 10-15 yilgacha), uzoq muddatli (kelgusidagi bir necha o‘n yilliklargacha) va juda uzoq muddatli (ming yil va undan ham ko‘proqqa) bo‘ladi.
Geografik bashoratlashtirishda juda ko‘p usullar mavjud:
1) retrospektiv usul. Bu usul geotizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini (yo‘nalishlarini) chuqur o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘tmishni o‘rgangan holda kelajakda yo‘l tutiladi. Retrospektiv usuldan foydalanib geografik bashoratlashtirishda o‘tmishdagi o‘zgarishlar yo‘nalishi qancha ko‘p vaqtni o‘z ichiga olsa, bashorat ham shuncha aniqroq bo‘ladi. Masalan, 20 yilga mo‘ljallangan bashorat xaqiqatga yaqin bo‘lishi uchun o‘tmish 60-70 yildagi ma‘lumotlarga asoslanish lozim.
2) o‘xshashlik usulida bashoratlashtirilayotganda bashoratlashtirilayotgan ob‘ekt xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa ob‘ekt bilan solishtiriladi va bashoratlashtirilib bo‘lingan ob‘ektda qanday o‘zgarishlar qutilgan bo‘lsa, yangi ob‘ektda huddi shunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi tushuniladi. Masalan, ko‘riladigan atrof muhitga ta‘sirini bashoratlashtirishda o‘xshash sharoitlarda joylashgan boshqa suv omboriga doir ma‘lumotlardan foydalanish mumkin.
3) ekstrapolyatsiya usuli geografik bashoratlarda, masalan, gidrologiya, meteorologiya, iqlimshunoslikda qo‘llaniladi. Ekstrpolyatsiya uchun nisbatan uzoq davrdagi bir qator ko‘rsatkichlar zarur. Chunki bu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida bashorat tuziladi.
Geografik bashoratlashtirishda landshaftli indikatsiya usuli dala sharoitida tadqiqot ishlari olib borilayotganda keng qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, landshaftning indikatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan komponentlari orqali kuzatib bo‘lmaydigan komponentlarni o‘rganish mumkin bo‘ladi. Masalan, yantoq yoki qamish sizot suvlarining sathini ko‘rsatadi.
Geografik bashoratlashtirishda, shuningdek, aerokosmik, kartografik, matematik (modellashtirish, kirim – chiqim) kabi usullarda hamda statistika va boshqa miqdoriy ma‘lumotlardan ham keng foydalaniladi.
Geografik bashoratlar hududiy miqyoslariga ko‘ra ham ajratiladi.
6. Global, hududiy va mahalliy miqyosdagi bashoratlar va ularni amalga oshirish.
Global miqyosdagi bashoratlashtirish insoniyatning kelajakdagi hayotini saqlab qolishga qaratilgan muammolarni oldindan bashorat qilishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mutaxassis va olimlarning katta qismi sayyoramiz miqyosida kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalarni bashorat qilish bilan shug‘ullanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qatlamining yupqalashishi, “issiqxona samarasi” cho‘llashishi kabi jarayonlar shular jumlasidan. Bu muammolarni tezlikda ijobiy ham qilmaslik insoniyat boshiga halokat keltiradi. Binobarin, mazkur hodisalarni to‘g‘ri bashoratlash va uning rivojlanishini oldini olish olamshumul ahamiyatga ega.
Hududiy bashoratlashtirish tabiiy jihatdan chegaralangan muayyan tabiat komplekslarining kelajakda o‘zgarishini asoslaydi. O‘z ahamiyati jihatidan global miqyosdagi bashoratlashdan keyin ikkinchi o‘rinda turgan bu bashoratlashtirish ishlab chiqarish kuchaygan rayonlarda tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat ayniqsa kuchayadi. Buning natijasida turli ekologik holatlar kelib chiqadi. Bunday ekologik og‘ir ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Hududiy bashoratlashtirish sayyoramizdagi ko‘pgina akvatoriyalar (dengizlar, qo‘ltiqlar) va TXK lar uchun xos. Dengizlarning ifloslanishi, quruqlikdagi katta TKlarda turli noxush jarayonlar aholi uchun ham ma‘lum darajada turli xavf – hatarlarning oldini olish choralarini izlaydi, ularni bartaraf qilish tadbirlarini belgilaydi.
Mahalliy bashoratlashtirish ko‘proq sanoat korxonasi yoki sanoat korxonalari majmuasi (sanoat tuguni) suv ombori, sug‘orish kanali, xom ashyoni qayta ishlaydigan korxonalar (neft, gaz, paxta tozalash, to‘qimachilik korxonasi va boshq.)ning atrof muhitga ta‘siri va bu ta‘sir tufayli sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashoratlashtirishdir. Mahalliy bashoratlashtirish ma‘lum hudud uchun tegishli bo‘lmay, balki bir necha shunday korxonalarning ta‘sirini aniqlash ham zarur bo‘ladi. Bu holda hudud maydoni va ta‘sir kuchi ham ortib boradi, binobarin bashoratlashtirish ham murakkablashadi.
7) Tabiat komponentlari va komplekslarining o‘zgarishini bashoratlash.
Tabiiy geografik bashoratlashtirishning xususiyatlaridan biri ba‘zi zaruriy ma‘lumotlarni tabiatning o‘zidan ishlashda ko‘rinadi. Mavjud tabiat komplekslarining barcha xususiyatlari, tadrijiy o‘zgarishlarni chuqur o‘rganish natijasida tabiiy muhitda kelgusida kutilayotgan o‘zgarishlar asoslanadi.
Tabiatda relefning turli shakllari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zida ma‘lum bashoratli xususiyatlarni mujassamlashtiradi. O‘rta Osoyoning daryo vodiylaridagi allyuvial terrasalarning aksariyat qismi sug‘oriladigan dexqonchilikda foydalaniladi. Sug‘orishda suvdan noto‘g‘ri foydalanish jar eroziyasining rivojlanishiga olib kelgan. Relef shakllarining o‘zgarishini bashorat qilishda bu omillarni albatta hisobga olish zarur.
Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojla-nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi.
Antropogen ta'sirga texnologiya yoki to'g'ridan-to'g'ri odamlar tomonidan yaratilgan, tabiatni tushkunlashtiradigan barcha ta'sirlar kiradi. Ularni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
1) ifloslanish, ya'ni. atrof-muhitga o'ziga xos bo'lmagan fizik, kimyoviy va boshqa elementlarni kiritish yoki ushbu elementlarning mavjud tabiiy darajasini sun'iy ravishda oshirish;
2) tabiiy resurslarni qazib olish, qurilish va h.k. jarayonida tabiiy tizimlar va landshaftlarni texnik qayta qurish va yo'q qilish;
3) tabiiy resurslar - suv, havo, minerallar, organik yoqilg'i va boshqalarni olish;
4) global iqlim ta'siri;
5) landshaftlarning estetik ahamiyatini buzish, ya'ni. vizual idrok etish uchun noqulay bo'lgan tabiiy shakllarning o'zgarishi.
Tabiatga eng muhim salbiy ta'sirlardan ba'zilari ifloslanish, turiga, manbasiga, oqibatlariga, nazorat choralariga va boshqalarga ko'ra tasniflanadi. Antropogen ifloslanish manbalari sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari, energetika ob'ektlari, transport. Uyning ifloslanishi umumiy balansga hissa qo'shadi.
Atrof-muhitni ifloslantirishning asosiy va eng xavfli manbalari bu inson ekanligini, shuningdek uning faoliyati atrof-muhitga tubdan ta'sir ko'rsatadigan va o'zgartiradigan oqibatlarini hisobga olgan holda, inson tomonidan yaratilgan.
Atmosfera ifloslantiruvchi moddalar bo'lishi mumkin qattiq (sanoat changi) suyuq va gazsimon, va shuningdek, atmosferadagi kimyoviy o'zgarishlardan so'ng yoki boshqa moddalar bilan birgalikda zararli ta'sir ko'rsatadi.
Turlar bo'yicha antropogen ifloslanish ham ko'rib chiqiladi:
Ifloslanish
Ifloslanishning asosiy manbalari quyidagilar:
issiqlik va gidroelektrostantsiyalar, atom elektr stantsiyalari va organik yoqilg'ini yoqadigan isitish moslamalari
transport, birinchi navbatda avtomobil
qora va rangli metallurgiya
muhandislik
kimyoviy ishlab chiqarish
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash
ochiq manbalar (qazib olish, haydaladigan erlar, qurilish)
radioaktiv moddalarni qazib olish, qayta ishlash va saqlash bilan bog'liq chiqindilar
Kelib chiqish turi bo'yicha tasniflash
Atrof-muhitga inson ta'sirining 3 turi mavjud bo'lib, ular kelib chiqish turi bo'yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |