O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


-MAVZU: DUNYO OKEANI. OKEAN SUVI XUSUSIYATLARI



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

16
-MAVZU: DUNYO OKEANI. OKEAN SUVI XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1. Dunyo okeani. 
2. Okean qismlari. 
3. Okean suvi xususiyatlari. 
4. Okeandagi bo’ylama zonalar. 
Tayanch iboralar: 
Dunyo okeani, Tinch okeani, Atlantika Okeani, Hind okeani, Shimoliy 
Muz okeani, dengiz, ichki va tashqi dengiz,qo’ltiq, bo’g’iz, okean suvi xususiyatlari, sho’rligi, 
harorati, okeandagi bo’ylama zona. 
1. Dunyo okeani. 
Geografik qobiqda ikki xil yuza ajratiladi –quruqlik va okeanlar 
yuzasi.Yer sharida quruqlik 6 ta materikdan iborat bo’lsa, Okean bir butun. Olimlarning fikricha, 
«okean» atamasi finikiyaliklar so’zidan olingan «qirg’oqsiz dengiz», «Yerni aylanib oquvchi 
daryo» degan ma’noni
 
anglatadi.
 
«Dunyo okeani» atamasini rus olimi Yuliy Mixaylovich 
Shokalskiy 1917 yilda fanga kiritgan.
Dunyo okeanining maydoni 361 mln. km
2
. Dunyo okeani gidrosfera suvlarining 96,5%ini 
takil kiladi. Ular Yer yuzasini 70,8%ini qoplab yotadi. 
Suv yer yuzasining: Shimoliy yarim sharda 61% ni, Janubiy yarim sharda 81% ni qoplagan.
 
Quruqlik yuzasi bilan suv yuzasi doimo o’zaro aloqadadir. Mazkur aloqaning eng muhim qismi 
modda va issiqlikning almashininishidir. Quruqlik va okean o’rtasida modda va issiqlikning 
almashinuvi quyidagi yo’nalilarda sodir bo’ladi; 
- namning almashinuvi. Okeanlar Yer yuzasining uchdan ikki qismini egallab yotishi tufayli 
ular Quyo radiatsiyasining asosiy qismini olib, atmogidrosferadagi oqimlar tufayli bu issiqlikni 
Yer yuzasida qayta taqsimlaydi;
- mineral moddalarning almashinuvi. Mineral moddalar geosinklinallarning rivojlanishi 
jarayonida dengizlar transgressiyasi natijasida quruqlikka o’tadi. Quruqlikdan okeanlarga 
mineral moddalar daryo loyqalari sifatida qaytib keladi. 
Hozirgi zamon ilmiy tasavvurlariga binoan, okean suvlari hosil bo’lishining asosiy 
manbai bo’lib mintaqaning tabaqalanishi va gazsizlanishi (degazatsiya) hisoblanadi.
Okean botiqlari va materik ko’tarilmalarining kelib chiqishiga to’xtaladigan bo’lsak, 
ularning kelib chiqishi to’g’risidagi quyidagi gipotezalar mavjud:
1. Okeanlarning birlamchiligi gipotezasi. Mazkur gipotezaga asosan quruqliklar okeanlar 
evolyutsiyasi hosilasidir. Okeanlarning quruqlikka aylanishi geosinklinal jarayon orqali sodir 
bo’ladi. “O’tish zonasida” joylashgan chekka geosinklinal oblastlarda okean yer po’stining 
quruqlik yer po’stiga aylanishi ro’y beradi. Mazkur gipoteza 1950 yillari P,P.Kropotkin, Jefrison 
va N.Vilsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning fikricha materiklarning kengayishi asosan 
chekkadagi joylarning quruqlikka aylanishi tufayli sodir bo’ladi. Buning asosiy sababi Yerning 
siqilishidir. Ular atmogidrosfera asosan mantiyani degazatsiyasi (gazsizlanishi) tufayli sodir 
bo’ladi, buni natijasida esa Yer siqiladi deb faraz qilishadi.
2. Okeanlarning ikkilamchiligi gipotezasi. Mazkur gipotezaga binoan okeanlar ikkilamchi 
hosila sifatida sobiq quruqliklar o’rnida paydo bo’lgan, ya’ni okean yer po’sti quruqlik yer po’sti 
o’rnida vujudga kelgan. Mazkur gipoteza okeanlar tuzilishining ko’p jihatlarini tushuntirib 
beradi. Ammo granitli 9 qatlamning qanday yo’q bo’lganligini tushuntirib berolmaydi. Mazkur 
gipoteza V.V.Beluosov va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. 
3. Mabelistik gipoteza. Mazkur gipotezaga muvofiq ikkilamchi hosiladir. Ular litosfera 
plitalari siljishi natijasida hosil bo’lgan degan fikr olg’a suriladi. Mazkur gipotezaning asoschisi 
A.P.Vegener hisoblanadi. U o’z gipotezasini isbotlashda quyidagilarga asoslanadi: 
- Atlantika okeanining g’arbiy va sharqiy qirg’oqlari qiyofasining o’xshashligi;
- Okeanlar geologik tuzilishining o’xshashligi; 
- Mezazoy erasida Amerika va eski dunyoning o’simlik va hayvonot dunyosining 
rivojanishidagi umumiylik; 


59 
- Mezazoy erasigacha Afrika, Hindiston, Antarktida va Janubiy Amerikani birlashtirgan 
Gandvana quruqligining bo’lganligi. Litosfera plitalarini siljitadigan kuch sifatida A.Vegener 
Yerning aylanishi kuchi va qalqish kuchini ko’rsatadi. Ammo XX asrning 60-yillarida Jefri 
mazkur kuchlar litosfera plitalarini siljita olmasligini ibsotladi.
4. Yangi global tektonika yoki neombilistik gipoteza. XX asrning 60-70 yillarida litosfera 
plitalari tektonikasi sifatida vujudga keldi. Mazkur gipoteza asosan geofizik ma’lumotlarga 
asoslanadi va okean tubi geologik tuzilishiga doir ma’lumotlardan kam foydalanilgan. 
Gipotzaning asosida materiklarning gorizontal harakati yotadi. Litosfera plitalarining chegarasi 
bo’lib o’rta okean suvi osti tog’ tizmalari va chuqur okean tizimalari hisoblanadi. Plitalar esa yer 
po’sti va yuqori mantiyaning bir qismidan iborat. Okeanlar tubi geologik tuzilishi qo’yidagi 
rasmda o’z aksini topgan . Tinch okeani to’liq litosfera plitasiga ega. Qolgan okeanlar materiklar 
plitasi bilan tutashib ketgan. 
Dunyo okeanining bir butunligi suv massalarining erkin almainuviga imkon beradi, shu 
sababli uni qismlarga, ya’ni ayrim okeanlarga bo’li ko’p jihatdan shartli bo’lib, bo’lini turli 
davrlarda o’zgarib turgan. 1650 yilda golland geografi V.Varenus o’zining «Umumiy 
geografiya» kitobida 5 ta okeanni ajratgan, ya’ni hozirgi 4 ta okeandan taqari Janubiy Muz 
okeanini ham ajratgan. 1845 yil London Geografiya jamiyati bu bo’linini tasdiqlagan. Lekin
XIX asr oxiri va XX asrning boshida shimoliy Muz okeani bilan Janubiy Muz okeanini 
mustaqil okean ekanligiga shubha tug’ilgan. Janubiy Muz okeani Tinch, Atlantika, Xind 
okeanlariga bo’lib yuborilgan. Shimoliy Muz okeani esa Atlantika okeanini bir qismi –
 
o’rta 
dengizi deb hisobladilar. 1930 yillarda Arktika chuqur o’rganilgach, Shimoliy Muz okeani 
mustaqil okean ekanligi haqidagi fikr qayta tiklandi. Hozirda Antarktika va janubiy yarim shar 
okeanlarining tadqiq qilinii munosabati bilan Antarktika suvlarini alohida Janubiy okean deb ata
haqidagi fikr tobora olg’a surilmoqda va atalmoqda ham.Hozirda kelib Dunyo okeani to’rtga: 
Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga bo’linadi (5-jadval).
 
Okean tubi relyefi o’ziga xos xususiyatlar egaligi bilan ajralib turadi. Okean tubi relyefi 
quyidagi tuzilishga: chuqurligi 200 m gacha bo’lgan joylar dengiz sayozligi, shelf, 200-3000 
mgacha batial yoki chuqur, 3000-6000 m gacha abisal yoki tubsiz, 6000 m dan dan past joylar 
ocean botiqlari deyiladi (6-jadval).
2.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish