O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Mavzu: 1-sonli “Moliyaviy hisobotni taqdim etish MHXS(IAS”)ni amaliyotga joriy etishdagi muammolar va uni takomillashtirish yo’llari



Download 61,79 Kb.
bet2/10
Sana31.05.2022
Hajmi61,79 Kb.
#621237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shoira

Mavzu: 1-sonli “Moliyaviy hisobotni taqdim etish MHXS(IAS”)ni amaliyotga joriy etishdagi muammolar va uni takomillashtirish yo’llari
Reja:
Kirish____________________________________________________________4
Asosiy qism_______________________________________________________6
1. 1-sonli “Moliyaviy hisobotni taqdim etish MHXS(IAS)”standartining mazmuni_________________________________________________________ 6
2. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi______________15
3.Moliyaviy hisobotlarning maqsadi va qo’llanilish sohasi , O’zbekistonda amaliyotda joriy qilishni takomillashtirishning yo’llari ________________________________________________________________19Xulosa__________________________________________________________27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati__________________________________29
Foydalanilgan internet saytlari ro’yhati______________________________29

Kirish
Bugungi kunda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobotining kelgusi taraqqiyoti uchun qulay sharoit vujudga kelmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ob’ektlarining aksariyat qismini o’z ichiga oluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar amalga kiritilgan, ammo ushbu hujjatlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga bo’lgan talablarning o’zgarib borayotganligi nuqtai-nazaridan tubdan ko’rib chiqish lozim. Chunki ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingandan so’ng MHXSlarda katta o’zgarishlar bo’lgan.
Respublikamizda 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga muvofiq tashqi audit o’tkazishi17 belgilangan. Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ tizimini takomillashtirish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash hamda nashr qilish ko’zda tutilmoqda.

Hozirda nafaqat aktsiyadorlik jamiyatlarida, balki boshqa xo’jalik jamiyatlari, xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar kabi tashkiliy-huquqiy shaklga ega tadbirkorlik sub’ektlarida ham MHXSdan foydalanishga o’tishni sur’atini oshirish zarur deb hisoblaymiz.


O’rta muddatli istiqbolda (yaqin 5-10 yilda) buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimining o’ziga xos funktsiyalarini O’zbekiston iqtisodiyotida muvaffaqiyatli va izchil bajarilishi uchun maqbul zamin va sharoit yaratish zarur. Xususan, manfaatdar ichki va tashqi foydalanuvchilar (mulkdorlar, investorlar, kreditorlar, davlat hokimiyati organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqaruv xodimlari va b.) tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’ladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risidagi aniq va shaffof axborotni shakllantirish imkoniyatini yaratish lozim. Kelgusi taraqqiyotning mohiyati, samarali hisob jarayonini tuzish va zaruriy infratuzilmani yaratish yo’li bilan MHXSdan foydalanishni faollashtirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotni quyidagi asosiy yo’nalishlarda rivojlantirish zarur:
- buxgalteriya hisobi va hisobotlarda shakllanadigan axborot sifatini oshirish;
- MHXSni qo’llash infratuzilmasini yaratish;
- buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini o’zgartirish;
- buxgalteriya hisobotlari sifat nazoratini kuchaytirish;
- tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari auditi, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan band bo’lgan mutaxassislarning, shuningdek buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning malakasini sezilarli darajada oshirish.
Bundan tashqari MHXSga o’tish, axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayonlarining yangicha metodlarini amalda qo’llashni o’zlashtirib olish ma’lum vaqt talab qiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlar, jumladan MHXSga o’tish jarayoni jamoatchilikning kasbiy tayyorgarligi, shuningdek davlat hokimiyati organlarining ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.
Prezidentimizning PQ-4611-sonli 24.02.2020-yilda qabul qilingan qarori ham Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha bir turtki bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Unda quyidagi bandlar keltirib o’tilgan;
Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (keyingi o‘rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.


Download 61,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish