O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Transformatsiya jarayonlarining mazmunini aniqlaydigan omillar



Download 61,79 Kb.
bet9/10
Sana31.05.2022
Hajmi61,79 Kb.
#621237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shoira

Transformatsiya jarayonlarining mazmunini aniqlaydigan omillar:
1. Kompaniyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati xususiyatlari
2. Tashkilot buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyati
Birinchisi, tuzatishlarning yo’nalishini aniqlab beradi;
Ikkinchisi, axborotni yig’ish texnikasini
Transformatsiya hisoboti
1. Tayyorlov
2. Ishchi bosqichi
3. Giperinflyatsiya ta’sirining hisobi
4. Xorijiy valyutaga o’tkazish
5. Moliyaviy hisobotning shakllanishi

Tashkilot (shuba korxona) uchun MHXS bo’yicha hisobot tuzishdan maksad, guruhning konsolidallashgan hisobotini shakllantirish hisoblanadi.


Bu transformatsiya jarayonlariga qay tarzda ta’sir ko’rsatadi? Bosh kompaniya va uning filiallari uchun yagona hisob siyosatini qo’llash zarur hisoblanadi.
Ayni vaqtda ushbu talabni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud.
Birinchisi – guruh uchun yagona hisob siyosati ishlab chiqilayotganda, guruxning barcha korxonalari bir xil talablar bo’yicha individual hisobotni tuzadilar va hisobni yuritadilar.
Ikkinchisi – bunda individual hisobot ma’lumotlari mustaqil hisob siyosati bo’yicha shakllantiriladi, konsolidatsiya maksadlari uchun esa yagona hisob siyosatining talablariga muvofiq ma’lumotlarni kiritish bo’yicha qo’shimcha tuzatishlar amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida MHXSlarini keng joriy qilishning zaruriy sharti bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solishda ushbu standartlardan foydalanish imkonini beradigan infrastrukturani yaratishdan iborat. O’zbekiston Respublikasida MHXSni keng qo’llash uchun uning qonunan e’tirof qilinishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, MHXS bo’yicha tayyorlangan jamlanma moliyaviy hisobot rasmiy hisobotlarning bir shakli sifatida e’tirof qilinishi lozim. Har bir MHXSni (shu jumladan sharhlarni ham) ma’qullash jarayonining maqsadi – ularni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy hujjatlari tizimiga kiritish. Bunday tartib(jarayon) professional jamoatchilik ekspertizasi va har bir standartni amalga kiritishni o’z ichiga olishi lozim.


Ushbu jarayon:
- MHXSni O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga kiritishni;
- MHXSdan chetga chiqishga yo’l qo’ymaslikni;
- O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni;
- moliyaviy axborotning iqtisodiyotga mos kelishini ta’minlashi lozim.
Favqulodda holatlarda O’zbekiston Respublikasida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda muayayyan bir MHXSni ma’qullashni ma’lum muddatga to’xtatib turish (rad qilish) mumkin. Shu bilan birga biron-bir standartning bir qismini ma’qullash ham mumkin emas.
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan standartlarni bir xil va navbati bilan qo’llash va ular haqida mos moliyaviy axborot berish uchun muhim. Bunday mexanizm MHXSni qo’llash bo’yicha turli xil axborot-metodik materiallar bo’lishini nazarda tutib, ular faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini rivojlantirish shunday modelni yaratishga qaratilishi lozimki, u barcha manfaatdor tomonlar qiziqishlarini hisobga olib, xarajatlarni kamaytirib va tartibga solish samaradorligini oshirishi lozim. Ushbu model asosida davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalarning (O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston Auditorlar Palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi va boshqa manfaatdar jamoat tashkilotlari) oqilona birligi yotadi.

Davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalar o’rtasida funktsiyalarning taqsimlanishi quyidagicha bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisoboti iqtisodiyot va tadbirkorlik faoliyati sohasida axborotga bo’lgan konstitutsion huquqni ta’minlagan holda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy makon va bozor birligining kafolatidan biri hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti yagonaligini va ushbu tizimni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini ta’minlab berishi, ko’plab manfaatdor foydalanuvchilar qiziqishlarini hisobga olishi hamda izchillikni ta’minlashi lozim. Ushbu jarayonda Davlat hokimiyati organlari va Kasbiy birlashmalar zimmasiga yuklatiladigan vazifalarni quyidagi chizmalardan ko’rish mumkin.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1iyuliga qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilandi


Prezidentimizning PQ-4611-sonli 24.02.2020-yilda qabul qilingan qarori ham Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha bir turtki bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Unda quyidagi bandlar keltirib o’tilgan;
Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (keyingi o‘rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko‘rsatilmagan davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin.
Quyidagilar ustuvor vazifalar etib belgilab olindi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o‘z vaqtida e’lon qilinishini monitoring qilish; [OKOZ:1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]

  • MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;

  • rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida o‘quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o‘tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS bo‘yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida o‘qitish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish.



Xulosa

2015 yil 24-aprelida PF-4720 «Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon kilindi.


Mazkur Farmon talablaridan kelib chikib, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:

  • xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • chet el kapitali ishtirokida aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;

  • eski bo’linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo’linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish;

  • aktsiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aktsiyadorlar, jumladan, minoritar aktsiyadorlar rolini oshirish;



Mening fikrimcha IAS va UFRSni amaliyotda ishlab chiqish va qo'llash:



  • Ular turli mamlakatlarda yuqori sifatli, shaffof, taqqoslanadigan va ishonchli hisobotni shakllantirishga yagona yondashuvni ta'minlashga imkon beradi;

  • Ular turli mamlakatlar investorlari va aktsiyadorlariga bir xil tamoyillarga muvofiq tayyorlangan va shuning uchun taqqoslanadigan potentsial sarmoyadorlarning (yana boshqa mamlakatlardan) hisobotlarini yaxshiroq tahlil qilishda yordam beradi;

  • Ular turli mamlakatlardagi fond birjalariga kiradigan firmalarga bir nechta moliyaviy hisobotlarni (har bir milliy birja uchun alohida) emas, balki barcha birjalar uchun yagona to'plamni tayyorlashga imkon beradi.

Respublikamizda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish va yuritish uchun kechiktirmasdan hal qilinadigan muammolar mavjud. Mening fikrimcha, bular Buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishning huquqiy asosini yaratish maqsadida buxgalteriya hisobi bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o’zbek va rus tilidagi rasmiy tarjimasini nashr qilish; Faoliyat ko’rsatayotgan professor o’qituvchi va buxgalterlarni qayta tayyorlash; Buxgalteriya hisobi mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlayotgan oliy o’quv y urtlarining Davlat ta’lim standartlari o’quv rejalariga “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari” nomli fanni kiritish asosida kadrlar tayyorlash(bakalavriyat bosqichidayoq). Bu muammolarni atroflicha o’rganib hal qilsak mamlakatimizda ham jahon mamlakatlaridagi singari buxgalteriya va moliya sohasi hozirgidanda rivojlanadi deb o’ylayman.



Download 61,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish