O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi



Download 61,79 Kb.
bet5/10
Sana31.05.2022
Hajmi61,79 Kb.
#621237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shoira

2. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi

O‘zbekiston Respublikasida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha 612 ta aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, ularning moliyaviy hisobotlari auditorlik tashkilotlari tomonidan transformatsiya qilinib, elektron saytlarida e’lon qilingan hamda investorlarning ishonchini oqlash maqsadida xalqaro standartlar asosida tayyorlangan hisobotlar jahon tili – ingliz tilida tarjima qilinib, 2016 yildan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Respublikamizda bu yangi bosqich bo‘lganligi sababli, MHXS 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartiga asosan tranformatsiya jarayonlari amalga oshirildi. Shu sababli, ushbu masalalar to‘plamida talabalar amaliy jarayonlarni o‘rganish maqsadida bilimlarni oshirib borish imkoniyati yuzaga keladi.


Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillarini xalqaro miqyosida bir shaklga keltirish maqsadida Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo’yicha Qo’mitasi (MHXSQ) tuzilgan. Ushbu Qo’mita tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilib chop etilgan va hamma joylarda tadbiq etish va rioya qilish uchun tavsiya etilgandir.
Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo’lganda qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etish bilan birga, qo’llash haqqoniy taqdim etishni ta’minlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko’zda tutiladi.
Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo’lgan xo’jalik sub’ekti izohlarda bunday muvofiqlikni aniq va shartsiz ta’kidlashi lozim. Moliyaviy hisobotlar MHXSlarning barcha talablariga muvofiq bo’lmaguncha, xo’jalik sub’ekti ularni MHXSlarga muvofiq deb ta’kidlamasligi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim. Qachonki rahbariyat xo’jalik sub’ektining faoliyatini tugatishni yoki savdoni to’xtatishni mo’ljallayotgan bo’lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar mavjud bo’lmagan holat yuzaga kelmasa, xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlashi lozim. Agar rahbariyat, baholashni amalga oshirayotganda, xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyati to’g’risida ahamiyatli shubha to’g’dirishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki sharoitlarga tegishli ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lsa, xo’jalik sub’ekti ushbu noaniqliklarni oshkor etishi lozim. Agar xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy hisobotlar qaysi asosda tayyorlanganligini hamda xo’jalik sub’ekti faoliyatning uzluksizligini ta’minlay olmaydi deb hisoblanishining sababi bilan birga, oshkor etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti o’zining, pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim.

Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillarini xalqaro miqyosida bir shaklga keltirish maqsadida Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo’yicha Qo’mitasi (MHXSQ) tuzilgan. Ushbu Qo’mita tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilib chop etilgan va hamma joylarda tadbiq etish va rioya qilish uchun tavsiya etilgandir.


Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan mustaqil bo’lishi lozim. Moliyaviy hisobot ma’lumotning tanlash va takdim etishi bilan qarorlarni qabul qilinishiga yoki oldindan belgilangan natija yoki yakunga yetishish maqsadida fikrni shakllantirishga o’z ta’sirini ko’rsatsa u betaraf deb hisoblanishi mumkin emas.
Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak.
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o’zgarishlardan va shunday o’zgarishlarning natijalaridan xabardor bo’lishlari lozim.
Hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasida bevosita bogliqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biroi-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi deb xdsoblanadi. Foydalanuvchilar xo’jalik yuri^uvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o’zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o’zining iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vaqtida takdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo’lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi.
Daromadlar va xarajatlar orasidagi muvozanat sifatga oid tavsif emas, aniqrog’i tamoyil bo’yicha cheklovdir. Ma’lumotdan olinadigan naf uning olish uchun sarflangan xarajatlardan oshiq bo’lishi kerak.
Amaliyotda ko’pincha sifat tavsiflari orasida muvozanat yoki o’zaro kelishuv bo’lishi kerak. Bundan maqsad tavsiflar orasida tegishli muvofiqlikka yetishishdir. Turli sharoitlarda tavsiflarni nisbiy muhimligi - kasbiy mulohazaning ishidir.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kabi MHXSning asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagilar belgilanishi kerak
- vazifalarni echish uchun talab etiladigan moliyaviy ma’lumot;
- axborot tizimini tuzish tamoyillari;
- moliyaviy hisobot elementlari.



Download 61,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish