Aksiya va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi-sotdisiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda tijorat banklari o‘z aksiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqish mumkin.Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarining bozor bahosi moliya borzoridagi mavjud talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Aksiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi o‘rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bo‘lsa, tijorat banklari moliyaviy jihatidan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog‘ozlar orqali resurslarni oshirishga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Tidorat banklari aksiya va sertifikatlarning bahosiga tasir qiladigan asosiy omillardan biri ularga to‘lanadigan dividend va foiz to‘lovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita tasir ko‘rsatadi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatining asosida iqtisodiy foyda olish yotadi.Shuni alohida takidlash mumkinki, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasini inobatga olish mumkin. Tijorat banklari mablag‘lari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidvan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi.
umumiy kapital
O‘z mablag‘lari manbasi Asosiy ( birinchi darajali) kapital ustav kapitali
emission daromad
maxsus zahiralar
taqsimlanmagan foyda
Qo‘shimcha (ikkinchi darajali) kapital joriy yilning sof foydasi
qayta baholash zahirasi
subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari
shuba korxonalarga qilingan quyilmalar
Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va ikkinchi darajali kapitalidan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar va Bazel andozalariga ko‘ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida etirof etiladi. Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel andozalariga asosan ustav kapitalining to‘langan qismi, muddatsiz nekumilyativ imtiyozli aksiyalar, emission daromad, sof foydahisobidan shakllantirilgan zahira summalari va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi.