Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
kassa opreatsiyalari
ssuda operatsiyalari
investitsiya va fond operatsiyalari
valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish
bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ularga naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritadigan mulkiy shaklidan qatiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli kreditlar beradi. Malumki, bank kreditlari bir yilgacha-qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga-uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun malum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, Fond birjalarda oldi-sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalar amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursining o‘zgarishi g‘isobiga foyda yoki zara ko‘rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy mussasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar malum darajada foyda olishni rejalashtiradi.
Yuqoridagi qayd etilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.
Erkin zahiralar-bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlardagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlardagi vakillik hisobvaraqlardagi mablag‘lar. Erkin zahiralar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi
Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliyaviy muassasalariga, shuningdek, Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar
Investitsiyalar-bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi
Banklarning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |