O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti o‘zbekiston tarixi кафедраси



Download 277,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana12.01.2020
Hajmi277,62 Kb.
#33541
1   2   3   4
Bog'liq
ikkinchi jahon urushi yillarida ozbekiston xotin-qizlari faoliyati


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2 §. O`zbekiston xotin-qizlarining ipakchilik,  g`allachilik va chorvachilikni 

rivojlantirish uchun ko`rsatgan jasoratlari. 

 

 



Urush O`zbekiston qishloq xo`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lgan 

ipakchilikni rivojlantirishni ham taqoza qildi. 1940 yilgacha respublikada asosan 

individual asosda amalga oshirilar edi. Mamlakatda ipak mahsulotlarini ishlab 

chiqarishni ko`paytirish, malakali ipakchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 

BKP (b) Markaziy Komiteti 1941 yilning 13 martida “O`zbekistonda ipakchilikni 

yanada rivojlantirishni tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qildi. Bu qarorda 

respublikada ipakchilik mahsulotlarini ko`paytirish, pilla hosildorligini 

oshirishning aniq vazifalari ko`rsatib o`tildi. Ana shu qarorlarga ko`ra, O`zbekiston 

pillachilari yaqin 6-7 yil ichida pilla yig`ishni   20 ming tonnagacha yetkazish, har 

bir quti pilla urug`idan 50 kilogrammdan pilla olishga erishish ko`zda tutilgan edi. 

 

Respublikada ipakchilikni yuksaltirish uchun avvalo, yetarli darajadagi 



ipakchi mutaxassislar tayyorlash zarur edi. Chunki sanoat korxonalari uchun ipak 

eng kerakli xom-ashyo resurslaridan hisoblanardi. Shuning uchun O`zK(b)P 

Markaziy Komiteti va Xalq Komissarlar Soveti 1941 yil avgustida respublikada 

ipakchi kadrlar tayyorlash haqida qaror qabul qildi. 1941 yil sentyabr oyida 

Toshkent qishloq xo`jaligi instituti,   Andijon ipakchilik texnikumi, Urganch 

qishloq xo`jaligi o`rta maktabi qoshida ipakchilik bo`yicha mutaxassislar 

tayyorlaydigan maxsus kurslar ochildi.

1

    Buxoro viloyatining barcha tumanlarida  



ana shunday kurslar tashkil qilindi. 1941 yilning oxiriga kelib Buxoro viloyatida 

739 kishi, Qoraqalpog`iston ASSRda 161 kishi ipakchilik bo`yicha brigadir qilib 

tayyorlandi. Ushbu kadrlar orasida xotin-qizlar ham ko`pchilikni tashkil etardi. 

Jumladan, Qoraqalpog`iston ASSRdagi 161 nafar brigadirning 149 nafari xotin-

qizlar edi.

2

 



 

O`zbekiston pillachi xotin-qizlari respublikada ipakchilikni rivojlantirishga, 

frontni, armiyani qimmatbaho xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida fidokorlik 

                                                 

1

 Usmonov Q. Sodiqov M. 



2

 O`sha joyda. 



bilan ish qildilar. Natijada ipakchilikda  yaxshi natijalarga erishildi. Masalan, 

Shovot tumanidagi Kalinin nomli kolxoz pillachilari har quti pilla urug`idan 60,7 

kilogramdan pilla olishga muvaffaq bo`ldilar. Ayrim pillachi ayollar, jumladan 

Hazorasp tumanidagi S.Murodova boshliq zveno a’zolari bir quti pilla urug`idan 

60 kilogram    o`rniga 130 kilogramm,   “Qizil Sharq”    kolxozining Nurjon 

Karimova boshliq zveno a’zolari va Staxanov nomli kolxozning Hayot Nazarova 

boshliq zveno a’zolari 100 kilogramdan pilla olishdi. 1941 yilda respublikamiz 

bo`yicha davlatga 12051 tonna pilla topshirildi.

1

  

 



1942 yilda ham O`zbekiston pillachi ayollari samarali mehnat qildilar. 

Mazkur yilda xotin-qizlarning fidokorona mehnat qilganliklari  tufayli davlatga 

12190 tonna pilla tayyorlandi. Pilla tayyorlash davlat plani 103,5 prosent qilib 

bajarildi.

2

    Ushbu jarayonda Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani  pillachilari 



har bir quti pilla urug`idan o`rta hisobda 64, Andijon viloyati Izboskan tumani 

pillachilari 63,2, Samarqand viloyati G`allaorol tumani 58,2, Buxoro viloyati 

Qarshi tumani 58,7, Chiroqchi tumani pillachilari 51,1 kilogramdan pilla olishdi.

3

 



Xo`jaobod tumani Buddiyonniy nomli kolxoz pillakori Sarvinos  Hamroyeva esa 

101 kilogramdan pilla hosili olishga muvaffaq bo`ldi. 

 

Pilla yetishtirishda katta yutuqlarni qo`lga kiritgan 100 dan ortiq 



O`zbekistonlik xotin-qizlar turli xildagi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular 

orasida O`g`ilxon Hamidova, Azizaxon Mo`minova, Mastura Dadaboyeva, 

Turdixon Egamberdiyeva singari xotin-qizlar  bor edi.  Albatta bu xotin-qizlar 

mehnatining samarasi edi. 

 

1943 yilda ham davlatga pilla topshirish plani ortig`i bilan bajarildi. 1945 



yilga kelib esa Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Samarqand viloyati pillakor 

xotin-qizlari ulkan yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Mazkur yilda davlatga 9556 tonna 

pilla topshirildi. Shuningdek, ushbu yutuqlarning oqibatida 210 nafar xotin-qiz 

orden va medallar bilan mukofotlandi. 

                                                 

1

 O`zbekiston tarixi, T., O`qituvchi, 1994, B-234 



2

 O`sha joyda. 

3

 O`sha joyda. 



 

Ulug’ Vatan urushi yillarida respublika pillachilari 54 ming tonnadan ziyod 

xom-ashyo topshirdilar. 

 

Urush davrining qiyinchiliklari, shuningdek, Ukraina va Shimoliy Kavkaz 



kabi g`allakor rayonlarning fashistlar tomonidan vaqtincha bosib olinishi O`rta 

Osiyo va Qozog`iston respublikalari, jumladan, Ozbekistonda don va boshqa 

qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirishni taqozo etardi. Ma’lumki, Ulug` Vatan 

urushi boshlangunga qadar respublikada yetishtirilgan g`alla  taxminan 3-4 oyga 

yetar edi, xolos. Qolgan g`alla Ukraina, Shimoliy Kavkaz va Volgabo`yi 

rayonlaridan keltirilar edi. Urush boshlanishi bilan esa ahvol butunlay o`zgardi. 

O`zbekiston Respublikasi oldida nafaqat o`z xalqining g`alabaga bo`lgan ehtiyojini 

qondirib qolmay balki front va front ortini ham g`alla mahsuloti bilan ta’minlash 

masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bu jarayonni amalga oshirishda ham xotin-qizlar 

mehnatidan foydalanildi. 

 

Dehqonchiligi sun’iy sug`orishga asoslangan O`zbekistonda ekin 



maydonlarini kengaytirish irrigatsiya mahsulotlarini amalga oshirishni taqoza 

etardi. 1941 yilning oxiri va 1942 yil boshlarida Shimoliy Toshkent (Toshkent 

viloyati) Chust va Yuqori Uchqo`rg`on (Namagan viloyati), So`x-Shohimardon 

(Farg`ona viloyati), Nazarxon-Tozayorlish, Yunusobod, Sho`ro, Shumanoy 

(QQASSR) kabi kanallarning loyiha-smeta ishlari tayyorlandi.

1

  Ushbu sug`orish 



tarmoqlarini bunyod etishda xotin-qizlar ham ishtirok etdilar. Ko`klamning 

yaqinlashib qolayotganligi sababli hasharchilar o`z tashabbuslari bilan kechasi ham 

ishladilar. Masalan,  Kattaqo`rg`on suv ombori qurilishi uchun Beshkent tumani 

qishloq sovetlaridan xotin-qizlar ham yuborildi.

2

 

 



Kalilin  rayonidan kelgan 50 nafar ayol Habira Yo`ldosheva, O`rolbibi 

Rahmatova, Irisoy Murodova, Yekaterina Ladonna va Zulfi Sodiqova kabi qizlar 

brigadasi tunda tuproq tashishda mahorat ko`rsatdilar.

3

  Suv inshootlarining 



qurilishi oqibatida g`alla ekiladigan  maydonlar hajmi kengaytirildi. G`alla o`rim-

yig`im-terim ishlariga xotin-qizlar ham  jalb etildi. 1942 yilga kelib O`zbekistonda 

                                                 

1

 Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan. T–Fan, 1983, B-15 



2

 Rahmatullayev T.Qo`rg`on sadosi, Qarshi, “Nasaf”, 1999-B 72. 

3

 Qosimov Y.Ko`rsatilgan asar.-B - 55 



don ekinlari maydoni 1941 yilga nisbatan 333,2 ming gektarga kengaytirildi.

1

 



Mazkur yilda davlatga g`alla topshirish plani 113,5 prosent qilib bajarildi.

2

  



 

1945 yilda don xo`jaligi  respublika xalq xo`jaligining mas’uliyatli 

tarmoqlaridan biriga aylandi. G`alla o`rim-yig`imi davrida ko`plab g`allakor  

ayollarimiz zo`r g`ayrat bilan mehnat qildilar. Masalan, Andijon tumanidagi 

“Bolshevik” kolxozining  ilg`or g`allakori Karomat Uzoqova, Xosiyat Abdullayeva 

va boshqalar har kuni 2-2,5 normadan ish bajarishdi. G`alla o`ruvchi xotin-qizlar 

orasida Shahriniso Shermatova tashabbusi bilan musobaqa avj oldirildi. Uning o`zi 

kundalik normani 2-2,5 barobar ortig`i bilan bajardi. 

 

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Kuybishev nomli kolxozning 



T. Subanova boshliq xotin-qizlar  brigadasi g`alla o`rim-yig`im  terimida yaxshi 

natijalarga erishishdi. T.Subanovaning o`zi kunda 3 normadan ish bajardi. 

Beshkent tumanidagi “Yordamkom” kolxozining a’zolari Norxol Shodiyeva, 

Zaynab Sharipova, Mastura Odilova va boshqalar g`alla o`rim-yig`imi vaqtida 3-

3,5 normadan ishlashdi. Shu sababdan ham urush yillarida yalpi don mahsuloti 

ishlab chiqarish 104 million pudga yetkazildi.  

 

Urush yillarida O`zbekiston qishloq xo`jaligi uchun yangi  tarmoq  –  qand 



lavlagi yetishtirish ham yo`lga qo`yildi. Samarqand, Farg`ona, Toshkent, 

Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo`yicha ixtisoslashtirilib, 1942 

yildayoq 65 ming gektarga,  keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor 

yerlarga qand lavlagi ekildi

3

.

4



 

  Urush  yillarida O`zbekiston butun ittifoqda ishlab 

chiqarilgan qandning to`rtdan bir qismini berdi

5

.



    

Zirabuloq, Qo`qon, Yangiyo`lda 

qand zavodlari qurildi.

  

Respublikada lavlagikor mutaxassislar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar 



ochildi. 1942-1944 yillarda bu kurslarni 22139 kishi bitirib chiqdi. Bitirib 

chiqqanlar orasida xotin-qizlar ko`p edi. Ko`plab lavlagikor xotin-qizlar 

o`zlarining samarali mehnati tufayli mo`l hosil yetishtirishda katta 

                                                 

1

 Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan. T–Fan, 1983, B-15 



2

 O`sha joyda 

3

 Usmonov Q., Sodiqov M., O`zbekiston tarixi, T., Sharq, 2001, B-152 



 

 


muvaffaqiyatlarga erishdi. Toshkent viloyatining  mashhur lavlagikori Mehriniso 

Abdullayeva har gektaridan 550 sentnerdan, Munisxon Yo`ldosheva gektaridan 

590, Melixon Halimboyeva 552,  Xayriniso Yusupova 510 sentnerdan hosil 

olishdi. Ushbu raqamlar respublikmiz xotin-qizlarining qand lavlagini 

yetishtirishda qanchalik jonbozlik ko`rsatib mehnat qilganliklarini yaqqol ko`rsatib 

turibdi. 

 

Urush yillarida chorvachilikni rivojlantirish jarayonida ham fidokorona 



mehnat qilindi. Chunki chorvachilikni rivojlantirish respublika qishloq 

xo`jaligining muhim vazifalaridan biri edi.  Bu vazifani bajarishda ham xotin-

qizlar mehnatidan foydalanildi.  

 

Respublikamizda chorvachilik mahsulotlarini ko`plab tayyorlash va 



chorvachilikni rivojlantirishda O`zK (b)P va O`zSSR Xalq Komissarlari Soveti 

tomonidan 1942 yil 12 martda chorvachilikni rivojlantirish davlat plani haqida 

qabul qilgan qarori muhim rol o`ynadi. Qarorda ta’kidlanishicha, 1943 yilda 

O`zbekiston kolxoz va sovxozlarida qoramollar sonini 650, qorako`l qo`ylarini 

2385, echkilar sonini 623,6, otlar soni 402 ming boshga yetkazilishi kerak edi. 

Chorva mahsulotlarini ko`paytirish va qoramollarni parvarish qilishda xotin-qizlar 

aktiv ishtirok etdilar. Urganchlik Onabibi Safarova 25 qoramoldan  13500 litr sut 

sog`ib olishga muyassar bo`ldi. Xolijon Oymirzayeva, Ro`zim Dinmurodova 6 

sigirdan 4637 va 4770 litrdan sut sog`ib olishdi. Rema Olloberganova esa 28 

qoramoldan 21 buzoq oldi va 3538 litr sut sog`ib oldi. Toshkent viloyatida ilg`or 

sut sog`uvchilar soni 1421, Namagan viloyatida esa 898 nafarga yetdi. 

 

Andijon viloyati chorvadorlari ham mehnatda o`rnak ko`rsatishdi. 



Chorvachilikda erishgan yutuqlari uchun Andijon viloyatidan 7 nafar sut sog`uvchi 

xotin-qizlar, Samarqand viloyatidan 10 dan ortiq cho`pon ayollar respublika 

rahbariyati tomonidan mukofotlandilar. Qashqadaryo viloyati Beshkent tumani 

chorvadorlari ham yaxshi natijalarga erishdilar. Ular otchilik bo`yicha rejani 104 

foizga, qoramollar 127 foizga, mayda mollar 101,4 foizga, tuyachilikni 116 foizga 

bajardilar.

1

  Bu yutuqlarni qo`lga kiritishda xotin-qizlar munosib hissa qo`shdilar. 



                                                 

1

 Raxmatullayev T. Ko`rsatilgan asar, Qashi, “Nasaf 1999-B-73. 



Shuni ham alohida qayd etish kerakki O`zbekiston xotin-qizlari qishloq 

xo`jaligining barcha tarmoqlarida faol mehnat qildilar. Shuningdek respublikada 

tamakichilik, bog`dorchilik, uzumchilik, polizchilikdan yuqori hosil olishda ham 

xotin-qizlar o`z hissalarini qo`shdilar. 1943 yilda Toshkent tumani “Qizil dehqon” 

kolxozining a’zosi Bashar Azizova boshliq uzumchilik brigadasi 25 tonna 

kishmish tayyorlab frontga jo`natishdi. 

 

Xullas, Ulug` Vatan urushi yilllarida O`zbekiston xotin-qizlari faqat 



paxtachilikda emas, ipakchilik, g`allachilik, chorvachilik, polizchilik, 

bog`dorchilik sohalarini rivojlantirishga ham o`z hissalarini qo`shdilar. Ushbu 

fidokorona mehnatlari bilan front orqasida turib, g`alaba uchun astoydil mehnat 

qildilar. 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3 §. Rahbar xotin-qizlar faoliyatining o`sib borishi va ularning g`labaga 

qo`shgan hissasi. 

 

 

Ikkinchi jahon urushi yillarida butun mamlakat xotin-qizlari singari 



O`zbekistonlik ayollar ham barcha sohalarda mehnat qilishlari bilan birgalikda ular 

o`rtasida tashkilotchi, targ`ibotchi, rahbar xotin-qizlar ham anchagina edi. Ularning 

tashabbusi va sa’y-harakatlari oqibatida O`zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy 

hayotida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Birinchi o`rinda O`zbekistonlik xotin-

qizlar jangchilar, harbiy xizmatda bo`lganlarning oilalariga g`amxo`rlik qilish, 

moddiy tomondan yordam ko`rsatish tashabbusi bilan chiqishdi. Frontga 

ketganlarning bolalarini bog`chalarga, yaslilarga joylashtirishda, ularga bepul 

ovqatlar berishni tashkil qilishda ham yetakchi xotin-qizlar o`z hissalarini 

qo`shdilar. 

 

1941 yil oktyabr oyida Toshkent tumani xotin-qizlari O`zbekistonda birinchi 



bo`lib, frontdagi    jangchilar oilasiga ixtiyoriy ravishda yordam berish tashabbusi 

bilan chiqishdi.  Shu tuman partiya komiteti sekretari Nazira Jamilovaning 

tashabbusi bilan 100 dan ortiq harbiy xizmatchilarning  uylarini remont qilish, 

ularga 850 sarjin o`tin g`amlash, 40 tonna g`alla va sabzavot mahsulotlarinidan 

iborat oziq-ovqat fondi tayyorlash, jangchilarning bolalariga poyafzal tikishga 

qaror qilishdi.

1

  Bu tashabbus esa respublikadagi boshqa xotin-qizlar tomonidan 



ham qo`llab-quvvatlandi. Farg`ona viloyati xotin-qizlari ham bu ishda jonbozlik 

ko`rsatishdi. 1941-1942 yillarda farg`onaliklar 4733 uyni remont qilib, 16165 

oilaga g`amlab berishdi. Front ishtirokchilarining 8 mingdan ortiq bolalari kiyim-

kechak, 4140 oila oziq-ovqat va sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlandi, 8 ming 

bola bolalar bog`chasi va yaslilarga joylashtirildi. Toshkent viloyati Yangiyo`l 

tumanidagi U.Yusupov nomli dehqon xo`jaligi a’zolari frontchi oilalar yordam 

fondiga 26 ming so`m pul, 17 qo`y,  1,5 tonna guruch, bir tonna g`alla,  4,5 tonna 

sabzavot va boshqa narsalar to`plab, frontga  jo`natishga qaror qildilar.

2

  Bunday 



                                                 

1

 Inoyatov H. G`alabaga qo`shilgan hissa, T.,Fan,1975,-B. 51 



2

 Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi.1941-1945 urush yillarida Qarshiliklar, Qarshi, 1997, B 82. 



harakatlar Qashqadaryo hududida ham amalga oshirildi. Qarshi tumani Yertepa 

qishloq kengashining “Alanga”, Yusupov, Mirmiron qishloq kengashidagi 

Oxunboboyev, Xudoyzot qishloq kengashidagi “Qizil Askar”, “Harakat”, 

“Vostok”, “Oktyabr 15 yilligi” kabi dehqon xo`jaliklari frontchi oilalarga yordam 

uyushtirishda namuna ko`rsatdilar.

1

  “Qizil Askar” dehqon xo`jaligi a’zolari 2 



sentner bug`doy, 5 sentner sabzavot, 2 ming so`m pul, 10 g`aram o`tin, Kat qishloq 

kengashidagi “Maqsad”  dehqon xo`jalik a’zolari 40 g`aram o`tin tayyorlab 

berdilar. 5 ming so`m to`plab topshirdilar.

2

  Ayniqsa front yoqasidan vaqtincha 



zaruriyat oqibatida ko`chirib  keltirilgan oilalarga yordam uyushtirish namunali 

tashkil etildi. Ular uy-joy,  yoqilg`i  bilan ta’minlandi. Qarshi tumanidagi birinchi 

va ikkinchi MTS jamoalarida frontchilarning oilalariga yordam uyushtirish 

ommaviy tus oldi.

3

  Frontchi oilasi Krivyanina uy-joy bilan ta’minlangach unga 



elektropayvandchilikni, Lopachevaga tokarlikni, Cho`liyevaga avtogenchilik kasbi 

o`rgatildi.

4

 

 



Ma’lumki, urush davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan mamlakat 

hududining bosib olingan joylaridan ota-onasiz qolgan bolalar O`zbekistonda 

evakuatsiya qilindi. Shu munosabat bilan Toshkent xotin-qizlari O`zbekistonning 

barcha xotin-qizlariga murojaat qilib, evakuatsiya  qilingan bolalarga, oilalarga 

g`amxo`rlik qilishga, ularni bag`riga olishga da’vat qildi. Toshkent xotin-

qizlarining bu tashabbusini butun o`zbek xalqi yakdillik bilan qo`llab-quvvatladi. 

Shundan so`ng, O`zbekiston xotin-qizlari orasida yangi vatanparvarlik harakati 

boshlanib ketdi. Minglab ayollar urush tufayli mehribon ota-onalaridan ayrilib 

qolgan bolalarni o`z tarbiyasiga olishga shoshildilar. 1942 yil 1 fevralga qadar 

evakuatsiya qilinagan bolalarni o`z tarbiyasiga olishni  so`rab ariza berganlarning 

soni 3474 kishiga yetdi. Qisqa vaqt ichida respublikaga 78 ta bolalar uyi ko`chib 

keldi.  Unda 10 mingga yaqin bolalar tarbiyalandi. Ana shu bolalarni joylashtirish, 

ularni tarbiya qilishda   ham xotin-qizlar jonbozlik ko`rsatdilar. Bolalar uchun 

maxsus yordam fondlari tashkil etildi. Evakuatsiya qilingan bolalar uchun 

                                                 

1

Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi.1941-1945 urush yillarida Qarshiliklar, Qarshi, 1997, B 82. 



2

 Turdiyev S. KO`rsatilgan adabiyot, B-82. 

3

 O`sh joyda. 



4

 O`sh joyda. 



respublikaning ko`pgina tarmoqlaridan oziq-ovqatlar, pullar kiyim-kechaklar kelib 

turdi. Masalan, qisqa vaqt ichida aktiv xotin-qizlarning yordami bilan Buxoro 

viloyati    komissiyasi 525 ming so`m pul, 207 sentner oziq-ovqat, 20547 bolalar 

ust-boshlari yig`ildi. Andijon viloyati Paxtaobod tumanida jamoatchi ayollar 

yordam fondiga 3 tonna sholi, 2,5 tonna bug`doy, 82 ming dona bolalar kiyimlari 

topshirildi. Toshkent viloyatiga evakuatsiya qilingan bolalarga 36210 bolalar 

buyumlari va 54400 so`m pul yig`ildi. Bunday misollarni ko`plab keltirish 

mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlarga asosan xotin-qizlar boshchilik qildilar.  

Aholi o`rtasida yurib  targ`ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar. Shuningdek, 

mazkur amaliy ishlar bilan bir vaqtda O`zbekiston xotin-qizlari orasida yetim 

qolgan bolalarni o`z tarbiyasiga olish harakati ham keng avj oldi.  Samarqandlik 

Laylo Saidova va Xayri Mahsumovalar rus bolalarini, Malohat Qodirova esa 

yahudiy bolasini asrab olib, o`z farzandlari singari tarbiya berdilar. 

 

Namanganlik ayollardan Tojixon Mirzaolimova, Umidaxon Otaboyeva, 



Onaxon To`xtaboyeva, Manzuraxon Ermatova, Zubayda Qahramonova, 

Xosiyatxon Raimberdiyeva, O`lmasxon Jo`rayeva va boshqalar turli millat 

bolalarini o`z tarbiyalariga olishdi. 

 

Toshloq tumanidagi Telman nomli kollektiv xo`jaligining 14 kolxozchi 



ayollari bittadan bola olishdi.  Ba’zi ayollar esa bir nechta bolalarni o`z 

qaramog`lariga olib o`zlarining insoniylik fazilatlarini namoyish etdilar. Jumladan, 

Samarqandlik Fotima Qosimova 6 millat bolalarini tarbiyalashni o`z zimmasiga 

oldi. Qo`qonlik Bahri opa esa turli millat bolalaridan 10 tasini tarbiyalash uchun 

o`z bag`riga oldi. Toshkentlik Bahri Shomahmudovaning urush  yillarida 

evakuatsiya qilingan bolalarga ko`rsatgan g`amxo`rligi butun mamlakatga tarqaldi. 

Ular turli mamlakatlarga mansub bo`lgan 14 bolani o`z tarbiyasiga oldi

1



Shuningdek urush yillarida butun O`zbekistonda bo`lganidek, Qashqadaryo 

hududiga ham urush girdobida qolgan aholini ko`chirib keltirish ishlari amalga 

oshirildi.  Ularni uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh bilan ta’minlashda ham aktiv 

                                                 

1

 Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf. 1999-B-75. 



 

xotin-qizlar jonbozlik ko`rsatdilar. Jumladan, Beshkent tumani hududida aynan shu 

masala yuzasidan uchlik komissiyasi tuzildi.

1

  Ushbu komissiya a’zolari uch 



kishidan iborat bo`lib, ularning ikki nafari xotin-qizlar edi. Jumladan, Beshkent 

tumani ichki ishlar xalq komissariatidan  Xanchayeva, tuman sog`liqni saqlash 

bo`limidan Anna Ilichevalar aynan ana shu masala bilan shug`ullandilar.

2

 



  Ma’lumki, urushning og`ir sinov kunlari minglab erkaklar, rahbar xodimlar 

frontga ketgan edi. Bu holat esa xalq xo`jaligini yangi rahbar kadrlar bilan 

ta’minlashni talab etardi. Shu sababdan ilg`or xotin-qizlarni  qishloq xo`jaligi va 

boshqa sohalarning rahbarlik lavozimlariga tayinlash maqsadga muvofiq topildi. 

Shu sababdan ishlab chiqarishga kadrlar, rahbar xodimlar tayyorlash maqsadida 

O`zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida kolxoz raisi, rais o`rinbosari, 

brigadir,  hisobchi va boshqa mutaxassislar tayyorlovchi kurslar ochildi.  

1942 yilda Andijon viloyatida 2000 dan ortiq ilg`or tashkilotchi xotin-qizlar 

kolxoz raisi, brigadiri qilib saylandi. Birgina Jalolquduq tumanida 43 xotin-qiz 

kolxoz raisi,  rais o`rinbosari vazifasiga ko`tarildi. Shu yilning o`zida Qashqadaryo 

viloyati xo`jaliklarida 1400 nafar xotin-qizlar paxtachilik, g`allachilik bo`yicha 

zveno boshliqlari   lavozimlariga ko`tarildi. Viloyatning Chiroqchi tumanida 45 

nafar ayol xo`jaliklar raisi o`rinbosari va 72 ayol hosilot kengashining raisi qilib 

saylandi. Ba’zi tumanlarda xo`jalik rahbarlarining barchasi xotin-qizlardan iborat 

edi. Masalan, Samarqand tumaniga qarashli “Dehqonittifoq” xo`jaligining raisi va 

uning a\zolarining barchasi xotin-qizlar bo`lib, Toshbibi Ahmadjonova xo`jalik 

partiya tashkiloti sekretari edi.  

Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida 52 nafar ayollar rais o`rinbosari, 

150 ayol brigadir va 400 ayol zveno boshliqlari qilib saylandi. 1943 yilda Xorazm 

viloyatida 81 nafar xotin-qizlar kolxoz raisi, 334 ayol rais o`rinbosari, 133 nafar  

xotin-qiz ferma mudiri, 77 nafar ayol brigadir, 144 nafar ayol zveno boshliqlari 

vazifalariga ko`tarildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 581 nafar ilg`or 

                                                 

1

 Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf. 1999-B-75. 



2

 O`sha joyda 



ayollar, Samarqand viloyatida 1936 nafar ayollar rais o`rinbosarlari, 207 nafar ayol 

esa brigadirlar qilib tayinlandi

1

.

 



                   

2

 



 

Buxoro  viloyatida  3688,  Surxondaryo  viloyatida  927,  Toshkent  oblastida 

635, Qashqadaryo viloyatida 581 ilg`or  ayollar rahbarlik vazifalarida ishladilar.  

 

1943 yilda O`zbekiston bo`yicha hammasi bo`lib 15 ming tajribali, 



tashkilotchi xotin-qizlar xo`jalik raisi, rais o`rinbosari va brigadir, 48772 qishloq 

ayollari zveno boshliqlari bo`lib ishlashdi.  

 

Shuningdek yuqorida ta’kidlashganidek respublikada xotin-qizlardan rahbar 



kadrlar tayyorlash masalasiga ham doimiy ravishda e’tibor qaratib kelindi. 

Masalan, 1942-1943 yillarda O`zbekiston bo`yicha kadrlar tayyorlash va qayta 

tayyorlash kurslarini 6 ming xo`jalik raislari, 27883 nafar suvchilar, 21 mingga 

yaqin paxtachilik brigadirlari, 4 mingga yaqin chorvachilik xodimlari, 34 ming 

zveno boshliqlari, 5 mingga yaqin buxgalter va hisobchilar bitirib chiqdi.

 

3



   

1944 yilda O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun boshlangan 

umumxalq kurashi respublikamizda ko`plab xo`jalik sohasi kadrlarini tayyorlash 

va qayta tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat berishni talab qildi. Shu sababdan 

1944 yilda 76584 kishi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini bitirib 

chiqishdi. Shundan 1987 kishi xo`jalik raisi, 1468 dala brigadirlari, 4606 zveno 

boshliqlari, 3195 chorvachilik fermalarining mudirlari, 3784 hisobchilar va 

boshqalar edi.

4

  Jami bo`lib respublikada 80120 kishi kadrlar tayyorlash va qayta 



tayyorlash kurslarida ta’lim olishdi. Ularning asosiy qismi xotin-qizlar edi. Agar 

1941 yilda respublika qishloq xo`jaligida band bo`lgan xotin-qizlarning soni  52 

foizni tashkil etgan bo`lsa, 1944 yilga kelib bu ko`rsatkich 75 foizga ko`tarildi.

5

 



Xotin-qizlar  orasidan mexanizatorlik kasbini egallaganlar ham ko`pchilikni 

tashkil etardi. Ular mexanizatorlik kurslarida o`qib chiqdilar. 1942 yilning oxirida 

mexanizatsiya maktablari 21 ming nafar traktorchi ayollarni tayyorlab bergan 

bo`lsa, 1943 yilda esa 12 ming nafar ayol har xil ixtisosdagi mexanizatorlik kasbini 

                                                 

1

 



Султонова Т. Трудовой подвиг-женщин хлопкоробов Узбекистана в годы войны. –Т., 1974. –С34.  

 

 



 

 

  



 

egalladi.

1  


  Bu  jarayonda  ham  xotin-qizlar  mehnat  qilib,  shu  ishlari  tufayli 

g`alabaga o`z hissalarini qo`shdilar. 

Urush davomida O`zbekiston mamlakatiga 4 mln 806 ming tonna paxta, 

122000 tonna don, 482000 tonna kartoshka va sabzavot, 57444 tonna meva va 

uzum, 36000 tonna quruq meva, 159000 tonna go`sht, 22300 tonna jun, 54067 

tonna pilla va boshqalar yetkazib berdi.

2



 Ana shu mahsulotlarni yetishtirish, ularni 

yig`ib-terib olishda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar. 

Xullas, urush yillarida xotin-qizlar barcha sohalarda yetakchilikni o`z 

yo`llariga oldilar. Har tomonlama g`alaba uchun ko`mak berib turuvchi bo`g`inga 

aylandi. Ayniqsa, tashkilotchi, yetakchi qizlar barcha sohalarda oldingi o`rinlarda 

turib, mehnat qildilar. Rahbarlik lavozimlarida ishlagan xotin-qizlar mehnatlari 

ham samaralai bo`ldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                 



 

Султонова Т. Трудовой подвиг-женщин хлопкоробов Узбекистана в годы войны. –Т., 1974. –С34. 



 Qosimov Y.Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun kurashi tarixidan-T.Fan.1983. B-102 



Xulosa 

Ikkinchi jahon urushida O`zbekiston xotin-qizlarining g`alabaga qo`shgan 

hissasi mavzusini o`rganish quyidagi umumlashma xulosalarni chiqarish imkonini 

beradi: 


-  Ikkinchi jahon urushini agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo`lishi 

uchun intilishlaridan keltirib chiqardi. Urushni fashistlar Germaniyasi va Italiyasi 

hamda Yaponiya boshladi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davrida G`arbiy va 

Markaziy Yevropa davlatlari bosib olindi. Millatlar ligasi harakatdan to`xtadi. 

-  Germaniya harbiy, iqtisodiy resurslarni qo`lga kiritib, sovet davlatiga 

bostirib kirdi. Germaniya bilan birga Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, 

Bolgariya ham sobiq sovet davlatiga qarshi urushga kirdi. Sovet hukumati 

urushning boshlanishi bilan mamalkat    aholisiga murojaatnoma ishlab chiqdi va 

e’lon qildi. Butun mamlakat urush girdobiga tortildi. 

- O`zbekistonda ham safarbarlik e’lon qilindi. O`zbekistonliklar ham boshqa 

qardosh respublikalardagi singari urushning birinchi kunidanoq vatan himoyasi 

uchun urushga otlandi. O`zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy 

qo`shilmalar turizm tashabbusi bilan chiqdilar. 

-  Urush yillarida O`zbekistonda mehnat safarbarligi e’lon qilindi. Front 

orqasini mustahkamlash, xo`jaliklarni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni 

mehnatga safarbar etish, jangovar texnika, qurol-aslaha, o`q-dorilar ishlab 

chiqishni yo`lga qo`yish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqildi. 

-  Urush yillarida O`zbekistonga ko`plab sanoat korxonalari ko`chirib 

keltirildi. Sanoat korxonalari jangovar texnika, qurollar, o`q-dori ishlab chiqarishga 

moslashtirildi. Sanoat korxonalarda ishlash uchun xotin-qizlar jalb qilindi. 

Shaxtalar, zavod va fabrikalarda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar. 

-  O`zbekistonlik xotin-qizlar o`z xohishlari bilan frontga ketdilar. Xotin-

qizlar jang maydonlarida jasorat ko`rsatib, g`alabaga o`z hissalarini qo`shdilar. 

Tibbiyot sohasidagi xotin-qizlar urush ishtirokchilariga katta yordam ko`rsatdi. 

-  Front orqasida mehnat safarbarligi e’lon qilindi. Safarbarlikda ham xotin-

qizlar to`liq ishtirok etib, o`z fidoiyliklarini namoyish etdilar. Ishlar smenali 



ravishda tashkil etildi. Front orqasidagi asosiy ish xotin-qizlar zimmasiga tushdi. 

O`zbekiston front uchun xom-ashyo yetkazib beruvchi hududga aylantirildi. 

-  Madaniy-ma’rifiy muassasalardagi xotin-qizlar respublika  aholisi orasida 

tashviqot-targ`ibot ishlarini olib bordi. O`zbekistonlik xotin-qizlardan ansambllar 

tuzilib, frontdagilar uchun konsertlar uyushtirildi. 

-  Rahbar xotin-qizlar jamoasi shakllantirildi. Kolxoz raislari, brigadirlar, 

turli xildagi lavozimlarda xotin-qizlar fidokorona mehnat qildilar. Qishloq xo`jaligi 

sohasini rivojlantirish, paxtachilik, ipakchilik, g`allachilik, chorvachilikni 

yaxshilashda xotin-qizlar o`z hissalarini qo`shdi. 

-  Ikkinchi  jahon urushi yillarida O`zbekistonga urush bo`layotgan 

hududlardan oilalar, bolalar evakuatsiya qilindi. O`zbek oilalari ularga katta 

g`amxo`rlik ko`rsatdi. Ular orasida xotin-qizlar ham bor edi. Ikkinchi jahon urushi 

g`labasiga o`zbekistonlik xotin-qizlar ham munosib hissa qo`shdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Foydalanilgan   adabiyotlar. 

 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., ”O‘zbekiston”, 2010.- 36 b. 

2. 

Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.,”O‘zbekiston”, 



2011.-169 b.

 

3.  Karimov I.A . Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008. – 



171 b. 

4.  Karimov I.A. Tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.,-O`zbekiston, 2001- 290 b. 

5.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.,Sharq, 1998 - 31 b. 

6.  Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Maqolalar, nutqlar, suhbatlar. 

T.,- O`zbekiston, 1995- 251-252 betlar. 

7.  O`z. Resp.  Prezidenti Farmoni. 1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan 

qozonilgan g`alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash 

to`g`risida. 1994 yil 16-17 mart.// Xalq so`zi. 

8.  Abdurahmonov E. O`rta Osiyo respublikalari olimlarining frontga qo`shgan 

hissasi. T.,Fan, 47 b. 

9.  Adham Rahmat. Shinelli qizlar. T.,1970 - 264 b. 

10. Ibragimova A. 

Развитие хлопподства в Узбекистане на завершающем этапе 

Великой  Отечественной  войны  //  Общественные  науки  в  Узбекистане. 

1984, № 5, с 11. 

11. Inoyatov H. G`alabaga qo`shilgan  hissa. T., Fan, 1975, 92 b. 

12. Jasoratnoma. T., 1990, 144 b. 

13. Jo`raqulov O.,Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. Qarshi, Nasaf, 1996 - 91 

b. 

14. Jo`rayev T. O`zbekiston jangchilari ulug` Vatan urushi frontlarida, T., Fan, 



1975, 60 b. 

15. Jo`rayev T.J. Moskva uchun bo`lgan janglarda. T., Fan, 1977, 48 b. 

16. Mahmudov B. Qashqadaryo xalq ta’limining taraqqiyot yo`li. Qarshi, Nasaf, 

1999, 128 b. 

17. Nasanov V. Qashqadaryoliklar Vatan uchun janglarda. T., 1970, 38 b. 


18. O`zbekiston tarixi, T., Yangi asr avlodi, 2003, 662 b. 

19. O`zbekistonlik shifokorlar. T.,1991, 210 b. 

20. O`zbekistonning yangi tarixi. II-jild. O`zbekiston mustamlakachiligi davrida. 

T.,Sharq, 2000, 688 b. 

21. Oblomurodov A. O`zbekistonning fashistlar akkulatsiyasidan zarar ko`rgan 

rayonlarga yordami. T.,Fan, 1985, 52 b. 

22. Po`latov I. Buyuk g`alabada O`zbekiston hissasi. T., O`zbekiston, 1974 , 146 b. 

23. Qosimov Y. Ulug` Vatan urushi yillarida O`zbekiston xalqlarining suv uchun 

kurashi tarixidan. T., Fan, 1983, 98 b. 

24. Rahmatullayev T. Qo`rg`on sadosi. Qarshi, Nasaf, 1999, 144 b. 

25. Sultonova  T. 

«Трудовой  подвиг  –  женщин  хлоппоробов  Узбекистана  в 

годы войны» T.,1974, S-117. 

26. Turdiyev S. Jasorat unutilmaydi. Qarshi, 1997 y., 174 b. 

27. Ulug` Vatan urushi. Savollar va javoblar. T.,O`zbekiston, 1967 y.,215 b. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 277,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish