O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti o‘zbekiston tarixi кафедраси



Download 277,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.01.2020
Hajmi277,62 Kb.
#33541
  1   2   3   4
Bog'liq
ikkinchi jahon urushi yillarida ozbekiston xotin-qizlari faoliyati


 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA  

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

O‘ZBEKISTON TARIXI КАФЕДРАСИ  

 

 

Yorbozorova Zamira Yusupovna 

 

“5220200 - Tarix” (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim 

yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun  

Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston xotin-

qizlari faoliyati   

mavzusida yozgan   

 

 

 



 

           

 

 

 



 

                                                Ilmiy rahbar:          t.f.n

.   

M

 



. To‘rayeva  

 

 



         “Himoyaga tavsiya etildi” 

 

Tarix  fakulteti  

 

dekani _______t.f.n. F.Raxmonov. 



 

“_____”____________ 2013 yil 



 

 

 

Qarshi shahri -  2013 yil 

 

 

 

Kirish……………………………………………………………….  

I  bob. Urushning boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining  

vatanparvarlik harakatlari.  

 

I.1. O’zbekiston xotin-qizlarining urush janggohlaridagi 

 jasoratlari…………………………………………………………….  

I.2. Urush yillarida O’zbekiston sanoat korxonalarida  

xotin-qizlar faoliyati………………………………………………… . 

I.3. Ma’daniy-ma’rifiy sohalarda xotin-qizlarning vatanpar- 

varlik, insonparvarlik  harakatlari………………………………….… 

 

II 



bob.Urush yillarida xotin-qizlarining qishloq xo‘jaligi 

sohalaridagi mehnat jasoratlari.  

 

 II.1.Paxtachilikni rivojlantirishda O’zbekiston xotin-qizlari 

ning fidoiyliklari……………………………………………………….  

 II.2.O’zbekiston xotin-qizlarining ipakchilik, g’allachilik va chorva- 

chilikni rivojlantirish uchun ko’rsatgan jasoratlari…………………….  

II.3. Urush yillarida rahbar xotin-qizlar faoliyatining o’sib borishi 

 va ularning g’alabaga qo’shgan hissasi………………………………..  

Xulosa…………………………………………………………….…… 

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati……..............................……..................... 

Tavsiyalar…………………………………………………….....................…….. 

Ilovalar…................................................................................................................

 

 

 

 



Kirish. 

  

Mavzuning  dolzarbligi. Yaqin  o’tmishimizning  sobiq  sovet  hokimiyati   

hukumronlik  qilgan   davri  mamlakatimiz   tarixida   o’ziga  xos  o’rin  egallaydi.  

Bu  davr  garchi  tarixan  qisqa  bo‘lsada,  lekin  o’zining  murakkabligi  va  

ziddiyatliligi  bilan  ajralib  turadi.  

      Jahon  tarixida  misli  ko’rilmagan  darajada  katta  va  dahshatli,  butun  

insoniyat  boshiga  og’ir  kulfatlarni  solgan  urush  bo’ldi.  O’zbekiston  

Respublikasi  Prezidenti   Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  ta’kidlab 

 

o’tganlaridek,  “  Bizning  xalqimiz  voqealarga  boy  ko’p  ming  yillik  tarixi  



davomida  ko’p  narsalarni  boshdan   kechirdi,  madaniyat,  ilm-fan,  o’z  

davlatchiligi  yutuqlari  nashidasini  surdi,  o’zaro  nizolar,  begonalar  asorati  

alamini  tortdi,  eng  yaxshi  o’g’il  qizlaridan   judo  bo’ldi.”  Lekin  “  tarixning  

o’yini  ham,  omonsiz  jang-u  jadallari  ham,  tabiiy  ofatlar  va  ochlik  ham  

xalqimizning  insoniylik  tabiatiga  dog’  tushirolmaydi”.

1

  Ikkinchi  jahon  



urushining  g’alaba  bilan  yakun  topishida  ham  O’zbekistonliklarning  jumladan  

o’zbek  xotin-qizlarining  xissalari  juda  katta   bo’ldi.   

       1939   yilning  1  sentabr  kuni  fashistlar  Germaniyasi  qo’shinlarining  

Polshaga  bostirib  kirishi  bilan  boshlangan  bu urush  61  mamalakatni,  Yer  

shari  aholisining  80  foizini,  ya’ni  1,7  milliard  kishini  o’z  girdobiga  tortdi.  

Insoniyat  ushbu  urushda  o’lganlar  hisobidan  50  mln.  dan  ortiq  kishidan  

ajraldi. Bu  birinchi  jahon  urushida  o’lganlardan  5  barobar  ko’pdir.  

Vayronagarchilikdan  ko’rilgan  zarar  va  urush  olib  borish  uchun  sarflangan  

mablag’lar  miqdori  4  trillion  dollarni  tashkil  qildi.  

Urushni  asosiy  agressiv  davlatlar   fashistlar  Germaniyasi  va  Italiyasi  

hamda  Yaponiya  boshladi.  Ular  orasida  Germaniya  uyushtiruvchi,  yetakchi  

rol  o’ynadi. 

   

O’zbekistonliklar  ikkinchi   jahon  urushi  frontlarida  ona  yurtlari  uchun  



olib  borilgan  ayovsiz  janglarda,  kuchli  va  makkor  dushmandga  qarshi  qonli  

urushda  o’zbek  xalqiga  xos  bo’lgan  qahramonlik  va  mardlik,  qo’lda  qurol  

                                                 

1

 Karimov  I.A. O’zbekiston: milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  T. 1. – T.,  1996. 77- bet.  



bilan  jonajon  zaminini  himoya  qila  olishlik  butun  qudrati  bilan  namoyon  

bo’ldi. 


  Ikkinchi  jahon  urushining  g’alaba  bilan  yakun  topishida  O’zbekistonlik  

xotin-qizlarning  ko’rsatgan  jasoratlarini  ko’rsatib  berish  bitiruv  malakviy  

ishning  dolzarbligini  belgilaydi.   

 

Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.  

Ushbu mavzuni o’rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad, Ikkinchi jahon urushida 

O’zbekiston xotin-qizlarining g’alabaga qo’shgan hissasini manbalar, adabiyotlar 

asosida batafsil yoritib berish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib quyidagi vazifalar 

belgilab olindi. 

-  Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining 

vatanparvarlik harakatlarini ko’rsatib berish; 



O’zbekiston  xotin-qizlarining  urush ochib berishi, 

-  O’zbekiston  sanoat  korxonalarida  faoliyat  olib  borgan    xotin-qizlarning  

mehnat  jasoratlarini  yoritib  berish; 

-  Madaniy-ma’rifiy  sohalarda  xotin-qizlarning  vatanparvarlik,  insonparvarlik  

harakatlarini  tahlil  qilish

-  Urush  yillarida xotin-qizlarning qishloq  xo’jaligi  sohasidagi  mehnat  

jasoratlarini  misollar  asosida yoritib  berish; 

-  Paxtachilikni  rivojlantirishda xotin-qizlarning fidoiyliklarini  ko’rsatib  berish; 

-  Xotin-qizlarning ipakchilik,  g’allachilik  va  chorvachilikni rivojlantirishi  uchun  

ko’rsatgan jasoratlarini  tahlil  qilish; 

-  Urush  yillarida  rahbar  xotin-qizlar  faoliyatining  o’sib  borishi  va ularning 

g’alabaga qo’shgan hissasini misollar  tariqasida asoslash; 

-  Mavzuga  oid manbalarni  o’rganish  va  tahlil  qilish  natijasida  xulosalar  

chiqarish, foydali  taklif  va tavfsiyalar  berish. 

  Bitiruv  malakaviy  ishning ilmiy yangiligi va  amaliy  ahamiyati. 

Ikkinchi  jahon  urushining boshlanish  sabablari, O’zbekistonning  ham  urush  

girdobiga tortilishi,  xotin-qizlarning frontga  va  front orqasida ko’rsatgan 

qahramonliklari,  mehnat  jasoratlarini, adabiyotlar,  risolalar  va  boshqa 



manbalardan  kompleks  ravishda  foydalanib yoritib  berilganligidir. Urushda  

ishtirok  etgan  va  front  orqasida  mehnat  qilgan xotin-qizlar nomlarining  

keltirilishi  ham  bitiruv  malakaviy ishning  yangiligini  ko’rsatuvchi 

xususiyatlardan  biridir. 



    

Mazkur  ishda  yoritilgan masalalar  O’zbekistonning  1941-1945  yillar  

tarixini o’rganishda, shuningdek xotin-qizlar faoliyatiga bog’liq mavzularni 

 

yoritishda muhim qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda keltirilgan ma’lumotlardan 



Oliy  va  o’rta maxsus o’quv  yurtlarida, Qashqadaryo  vohasining shu  davrdagi  

tarixini  yozishda foydalanish  mumkin. 



Ishning aprabasiyasi.  Bitiruv malakaviy ish Qarshi davlat universiteti  

Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshidagi “Yosh o‘lkashunoslik” 

to‘garagida ma’ruza qilingan va kafedra yig‘ilishlarida muhokamadan o‘tgan.  

Bitiruv  malakaviy  ish  Kirish, ikki bob, oltita  fasl, xulosa, foydalanilgan 

a

dabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat. 



Ibob. Urushning boshlanishi va O’zbekiston xotin-qizlarining  

vatanparvarlik harakati. 

I.1.  O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi  va xotin-qizlarning 

 urushdagi ishtiroki. 

 

        Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko’rilmagan darajada katta va 



dahshatli, butun insoniyat boshiga og’ir kulfatlarni solgan urush bo’ldi. 1939 yil 1 

sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining  Polshaga bostirib kirishi bilan 

boshlangan bu urush  61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 

milliard kishini o’z girdobiga tortdi.  

       Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, agressiv 

kuchlarning dunyoga hukumron bo’lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni 

asosiy agressiv davlatlar fashistlar Germaniyasi va Italiya hamda Yaponiya 

boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol  o’ynadi. 

Fashizm  o’ta agressiv, o’ta uyushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida 

birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya  va Germaniyada vujudga keladi. 

Fashistik kuchlarni  birinchi jahon urushi yakunlaridan  norozi bo’lgan, dunyoni 

qaytadan bo’lishga va dunyoda hukmron bo‘lishga intiluvchi  yirik moliya-sanoat 

korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo’llab-quvvatladilar.  Fashistlar bu 

ikki jahon urushi o’rtasida o’tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi  va 

nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda  siyosiy hokimyatni 

egallaydilar.  

     

Ikkinchi jahon urushining 1-davrida  -1939 yil 1 sentabrdan 1941  yil 22 



iyungacha bo’lgan davrda fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy Yevropada 

hukumronlikni qo’lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni- 

Polsha, Chexslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, 

Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.

1

     


    

Germaniya G’arbiy Yevropaning  harbiy, iqtisodiy resurslarini qo’lga 

kiritgach, 1941 yil 22 iyun kuni hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, 

                                                 

1

 Usmonov Q, , Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.: sharq,2001. -6. 132.   



urush e’lon qilmasdan sobiq SSSR ga xoinnona hujum boshladi.

1

  Germaniyaning 



bu urushi harakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi. Germaniya bilan 

hamkorlikda uning ittifoqchilari  -  Italiya,  Ispaniya,  Finlyandiya, Vengriya, 

Rumeniya, Bolgariya ham SSSR ga qarshi urushga kirdilar.

2

   



Sovet  hukumati  22  iyun  kuni  urushning  boshlanishi  munosabati  bilan 

mamlakat xalqiga  murojaatnoma   ishlab chiqdi va  o’sha  kuni radio orqali e’lon 

qilindi.  Bu murojaatnoma xalqni g’alabaga  erishish uchun  mustahkam 

 

jipislashishga,  uyushqoqlik  va  fidokorlik  ko’rsatishga chaqirdi.  



      

Sobiq SSSR davlati tarkibiga kirgan barcha respublikalar, muxtor viloyatlar, 

milliy  okruglar, shu jumladan O’zbekiston xalqi ham urush girdobiga tortildi. 

O’zbekiston xalqining boshiga og’ir sinovlar tushdi. O’zbekistonning barcha 

shahar va tumanlarida,  korxona   va  muassasalarida mitinglar   va  yig’ilishlar  

bo’lib  o’tdi.   Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o’z 

Vatanlarini himoya qilishga  otlandilar. 

Vaziyat  butun  mamlakat  hayotini  urush  davri  talablariga  moslab  qayta 

qurishni,  butun  kuch  va  vositalarini  safarbar  etishni  talab  qilar  edi. 23 iyn  kuni 

VKP(b)  MQ  Siyosiy  byrosi  partiya  va  sovet  organlari  urush  sharoitiga  moslab 

qayta  qurish  to’g’risida  qaror  qabul  qildi.Partiya  va  sovet  hukumatining  harbiy 

holat to’g’risida, harbiy xizmatga majbur bo’lgan kishilarni qizil armiyaga safarbar 

etish  no’g’risida,  qurol  aslaha  ishlab  chqarish  bo’yicha  safarbarlik  rejasini  joriy 

etish  to’g’risida  qarorlari  e’lon  qilindi.  Urushning  birinchi  oyidayoq  harbiy 

komissariyatliklarga  32  mingdan  ko’p  o’zlarini  frontga  jo’natishini  so’rab  ariza  

berdilar. 

     

Sobiq  SSSR  tarkibiga  kirgan  barcha  respublikalar,  muxtor  viloyatlar,  



milliy  okruglar,  shu  jumladan,  O’zbekiston  xalqlari  ham  urush  girdobiga  

tortildi.  O’zbekiston  xalqlarining  boshiga  ham  og’ir  sinovlar  tushdi. 

1941 yilda O’zbekiston aholisi  jami 6,5 million kishini tashkil etgan,  

ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo’lsa, yaroqli odamlarimizning 

                                                 

1

 Usmonov Q, , Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.: sharq,2001. -6. 132.   



2

 O’sha  joyda.  



50-60 foizi, aniqrog’i  1.433.230 kishi urushga safarbar bo’ldi.  Eng yangi  tarixiy  

tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  Ikkinchi  jahon  urushida  O’zbekistondan  1 mln.  

433230  kishi  qatnashdi.  ” Bir  qaraganda-  deb  ta’kidlaydilar  I.A. Karimov, -  

bu  raqam  uncha  katta  tuyulmasligi  mumkin.”  Lekin “  1941  yilda  O’zbekiston  

aholisi  bor-yo’g’i …  6,5  million  kishi  ekanini  eslasak,  respublika  xalqi  

boshiga  tushgan  sinovning  naqadar  katta  ekani  yaqqol  ko’rinadi.”

1

         



Keltirib  o’tilgan  ma’lumotlardan  ko’rinib  turibdiki,  Ikkinchi  jahon  urushi  

frontlarida  O’zbekiston  aholisining   22  foizi  jang  qilgan.  Agar aholining  

yarmini  ayollar,  bolalar  va  keksalar   tashkil  etishini   hisobga  olinadigan  

bo’lsa,  mehnatga  yaroqli   aholining  40-42  foizi  frontda  jang  qilganligi  aniq  

bo’ladi.   Kurashuvchilarning   bunday  yuqori  salmog’i  faqat  fashizmga  qarshi  

koalizatsiyadagi  cheklangan  miqdordagi  ishtirokchi  mamlakatlar   uchungina  

xos  bo’lgan. Bosqinchilarga  qarshi  qo’lga  qurol  olib  jang  qilgan 

O’zbekistonlik  jangchilarning  umumiy  tarkibidan 263005  kishi  halok  bo’lgan,  

132670  kishi  bedarak  yo’qolgan, 60452 vatandoshimiz  nogiron  bo’lib  qolgan.   

Ikkinchi  jahon  urushining  g’alaba  bilan  yakunlanishida   O’zbekistonlik  

xotin-qizlar  ham  katta  hissa  qo’shdilar.  Ularning  ba’zilari  urushda  ishtirok  

etish  uchun  frontga jo’nab  ketgan  bo’lsalar, qolgan  qismi  esa  front  orqasida  

mehnat  qildilar. Urushning  dastlabki  yillarida  O’zbekiston  sanoatida  xotin-

qizlar  salmog’i   29  foizni  tashkil  etgan  bo’lsa  1943  yilga  kelib  63,5  foizga  

yetdi.  Ana shuncha aholi o’rtasida xotin-qizlar ham ko’pchilikni tashkil etar edi. 

Dastlabki yillarda xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari, turmush o’rtoqlari,  

farzandlari o’rniga mehnat qilishga kirishdilar.  Front uchun kerakli bo’lgan  xom-

ashyolarni,  oziq –ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda qattiq  mehnat  qildilar.  

Shuningdek ikkinchi  jahon  urushi  yillarida frontga borish istagida  bo‘lgan  

xotin-qizlar ham bor edi. 

Birgina  Shahrisabz  tumanidan  urushning  bir  necha  kuni  ichida  1148  kishi 

harakatdagi  armiyaga ixtiyoriy jo’nadi, ularning 10 tasi  xotin-qizlar edi.  

                                                 

1

 Karimov. I.A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir. T- III. T.,  1996. 80-bet.  



 Shunday qizlardan biri Muqaddam Ashrapova edi. U Toshkent Miditsina 

institutini tamomlagan yili  urush boshlanib  qoldi. Qaroqchiqum qishlog’ida vrach 

bo‘lib  ishlagan  Muqaddam Ashrapova armiya safiga  ko’ngilli bo’lib  yozildi.

1

  U 



frontning  oldingi  uchastkalariga  yetib  kelib, Bryansk, G’arbi-shimoliy , birinchi 

Ukraina va  boshqa  frontlarning  jangchilari bilan  birga  Moskvadan  Karpat 

tog’lariga qadar  bo’lgan og’ir va mashaqqatli yo’lni bosib o’tdi. Muqaddam 

Ashrapova urushda harbiy gospitalda vrach bo’lib ishladi. U ko’plab bemorlarni 

xirurgik  yo’l  bilan  operatsiya  qilib, ularning hayotini saqlab  qoldi. 1941 yili 

Muqaddam  bilan  birga institutning davolash  fakul’tetini tamomlagan 

dugonalaridan Anvara Muharramova, Po’latoy Qodirova, Sobira Majidova ham 

frontga ko’ngilli  sifatida  yozilib,  urushda ishtirok etdilar.

2

   Ular  ham dugonalari  



Muqaddam  Ashrapova  singari  yaralangan  kishilarni  davolash  ularning  

hayotini  saqlab  qolish  bilan  shug’ullandilar. Bunday  O’zbekistonlik  qizlar 

jasoratini  unutib  bo’lmaydi.  Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  keyin  ular  

O’zbekistonga  qaytib  kelishdi, va tibbiyot  sohasida  nomzodlik,  doktorlik  

dissertatsiyalarini  himoya  qilishib, el  salomatligini  saqlashga  o‘z hissalarini  

qo’shdilar.  Urushga  ko’ngillilar  bo’lib  ketgan  qizlar orasida  Buxorolik  Soliha  

Davronova, Rahima  Olimova,  Salomat Sanginova, Xosiyat  Usmonova, 

Qosimovalar  ham  bor  edi.

3

    Ular 1942  yilning  bahorida  urushga  jo’nadilar. 



Soliha  Davronova   dastlab  qismga  sanitariya  instruktori, keyinroq  esa  yosh  

komandirlikdan  ofitserlik  darajasiga  ko’tarildi. U  janglarda  ko’rsatgan  

qahramonligi  uchun  “Jasurligi  uchun”   medali bilan  mukofotlandi.

4

    U 



Chexslovakiya, Ruminiya, Vengriya  va  Avstriya    xalqlarini  fashizm  asoratidan  

saqlab   qolishgacha  bo’lgan  hamma  janglarda  ajoyib  mardlik  va  qahramonlik   

ko’rsatdi.  

       Soliha  Davronova   urush yillarida  ko’rsatgan  xizmatlari  uchun  “II  darajali  

Vatan urushi”,  “ Qizil  yulduz” ordenlari va  bir  necha medallar  bilan  

mukofatlandi.  O’zbekistonlik  jasur  qizlardan biri  Azizaxon Qalandarova edi.  

                                                 

1

 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 33  



2

 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 34  

3

 O’sha joyda B 40  



4

 O’sha joyda B 41 



Azizaxon meditsina hamshiralari tayyorlash kursini  tugatgach, 1941 yilning 

sentabrida armiya safiga  chaqiriladi.  U olti  oy davomida  zenitchilikni   emas, 

hatto  stanokli   pulemyotdan  otishni  ham  yaxshilab  o’rganib  oldi. Qisqa 

muddatli  mashqlar  davomida  navodkachi bo’lib yetishdi. 1943 yilning yozida 

Kursk  shahri  atrofidagi  o’rmonga  eshilon  keladi. Ana  shu  eshilonda  30 dan  

ortiq  rus, ukrain, turkman  qizlari  bilan  birga  o’zbek  qizi Azizaxon  ham  bor  

edi.  

    


1943  yilning 7 iyulida navodkachi  Azizaxon raschyoti  fashistlarning  uchta  

bombardimonchi  samaliyotini  urib  tushiradi. 8 iyuldagi  janglarda  bataliyonning  

zenitchilari  dushmanning  bombardimonchi  sakkiz  samaliyotini  urib  tushiradi.  

Uning  birinchisini  Azizaxon  Qalandarova  raschyoti  nishonga  oladi.  Ana  shu 

qahramonliklari  tufayli  u “Qilzil  yulduz” ordeniga  tafsiya  etiladi.  Toshkentning  

Chig’atoy  dahasida  joylashgan  bolalar  uyida  tarbiyalangan  Aziza  Qalandarova  

Oryol,  Kursk,  Ukraina, Ruminiya

  hududlarida  jang  olib  boradi.  Urush  

tugagandan  so’ng u  Toshkentga  qaytib  keldi.  Azizaxon  Qalandarova  o’zbek  

xalqining  bahodir  qizi  sifatida  urush  yillarida  soldatlikdan  ofiserlik  darajasiga 

o’sib  chiqdi. Urush  yillarida  qahramonlik ko’rsatgan  o’zbek  qizlaridan  yana  

biri  Roza  Ibrohimova  edi.  Roza Ibrohimova  Xorazm  viloyati, Shovot tumanida  

tug’ulldi.  U  Toshkent  meditsina  texnikumini tugatib, urushga  ketdi. 1943  

yilning  yoz  oyida  Roza  O’zbekistondagi aloqachilik maktabini  bitirib chiqqach  

Moskva shahri yaqinidagi radiodivazonga  borib  tushdi. U  urushda  razvedkachi 

sifatida ishtirok  etdi va ko’p  qahramonliklar  ko’rsatdi. Roza  Ibrohimova 

Berlinni  ishg’ol  qilish  uchun  bo’lgan  janglarda  ham  ishtirok  etdi. Ana 

shunday  qahramon,  jasur  qizlardan  yana  biri  G’ijduvonlik  Rayhon Hamroyeva  

edi.  Uning otasi  Rahmat Hamroyev  urushda  halok  bo’ladi.  Shundan  so’ng  

Rayhon  Hamroyeva  ko’ngilli  bo’lib  frontga  ketish  uchun  ariza  berdi. O’sha  

paytda  uning  yonida G’ijduvonlik qizlardan Qumri  va  Saida ismli  dugonalari  

ham  bo’lib,  ularning  uchalasi  ham  urushga  jo’nab  ketadilar.

1

  Urushga  kelgan 



Rayhon  bilan  Qumri sanitariya  instruktorlari tayyorlash   kursida  o’qiydilar. 

                                                 

1

 Jo’rayev  T. O’zbekiston jangchilari  Ulug’ Vatan urushi frontlarida. –T.  ; Fan 1975. B 32              



Urush tugagach serjant Rayhon Hamroyeva  sanitariya instruktori   vazifasini  

o’tash  uchun   Gomel yonidagi front  uchastkalaridan  biriga  yuborildi.  Rayhon  

Hamroyeva  urush  jangohlarida  yarador  jangchilarga  katta  yordam  ko’rsatdi.  

Ko’plab  jangchilarning  hayotini  saqlab  qoldi.  Janglarning  birida  uning  o’zi  

ham  yaralandi  va   G’ijduvonga  qaytarib  yuborildi. Unga  janglarda  ko’rsatgan  

qahramonligi  uchun  “ Jasurligi  uchun”  medali  berildi.

1

    


   

Ukraina  uchun  olib  borilgan  janglarda   Buxorolik  qizlardan   Rahima  

Alimova   ham qatnashdi.   U o’qchi    rotaning  sanitariya  instruktori  bo’lib  

xizmat  qildi.  1943  yilning  18  iyulidan  28  iyuligacha  Shimoliy  Dones daryosi  

qirg’oqlarida  Donbassni  ozod  qilish  uchun  o’n  kunlab  jang   bo’ldi. Ana  shu  

vaqtda  Rahima  Alimova pulemyot  hamda  minomyot  o’qi ostida  97  nafar 

yarador  jangchi  va  ofetserga  shoshilinch  meditsina  yordami  ko’rsatib,  

ularning ko’pchiligini  jang  maydonidan  xavfsiz  yerlarga  olib  chiqishda  

jonbozlik  ko’rsatdi.  Undan  keyingi  janglarda  u o’z  qahramonliklarini  namoyon  

etdi. Rahima  Alimova  urushda  ko’rsatgan harakatlari uchun “ Jasurligi  uchun”  

va  “ Qizil  bayroq” ordenlari  bilan mukofotlandi.

2

  



     

 “Jangovor  xizmatlari  uchun’’  medali  bilan  mukofotlangan  

o’zbekistonlik  qizlardan  biri  Ruqiya  Ismoilova  edi.  U  1942  yili  meditsina  

institutini  tamomlab  Qo’qon  tumanidagi  kasalxonada  vrach  bo’lib  ishladi. 

Ko’plab  yarador  jangchilarga  yordam   ko’rsatdi. 1943  yilning  yanvar  oyida  

esa  u  bir  guruh  vrachlar bilan  Volga  bo’yida  turgan  qo’shinlar safiga  kelib  

qo’shildi.  Ana  shu  yerda Ruqiya Ismoilova o’z qahramonliklarini  namoyish  

etdi. Urush jangohlaridagi  jangchilarga  juda katta yordam ko’rsatdi.

3

 U urushdan  



qaytib  kelgach , Farg’ona  shahridagi bolalar  shifoxonasida xizmat qildi.  

   


1942  yilning  iyun  oyida  Buxorolik  21 nafar  qiz  vatan ozodligi uchun 

urushga ketish  haqida  ariza  berdilar. Ularning  11 nafari o’zbek  qizlari  edi. 

Ulardan  biri  Xosiyat  Halimova bo’lib, u ham ko’ngilli sifatida frontga jo’nab  

ketdi. Xosiyat aloqachilar kursini  tamomlagandan  so’ng  90-o’qchilar  

                                                 

1

 Jo’rayev  T. O’zbekiston jangchilari  Ulug’ Vatan urushi frontlarida. –T.  ; Fan 1975. B 32                



2

 Adham Rahmat. Shinelli qizlar. –T., 1970. B. 86  

3

 O’sha  joyda.  



brigadasida, so’ngra tank korpusida aloqachi  bo’lib  xizmat  qildi. Xosiyat 

Halimova    juda  ko’p  jangovar  topshiriqlarni  bajarishga  muvaffaq  bo’ldi. U  

uzilgan  aloqa  simlarini ulash, aloqani tiklashda qahramonliklar  ko’rsatdi. 

Urushda  yaralandi. Janglarda  ko’rsatgan  qahramonliklari  uchun Xosiyat  

Halimovaga  “  Jasurligi  uchun” va  “ Jangovor  xizmatlari  uchun” va  boshqa  

medallar  bilan  mukofotlandi.

1

 

     



Urush  yillarida  ikkinchi  Ukraina  frontidagi  132  –  o’qchi  polk  sostavi  

bilan birga Xarkov, Praga  va  Budapesht  shaharlarini  ozod  qilish  uchun  bo’lgan  

janglarda,  Chexoslovakiya,  Avstriya,  Karpat  tog’lari  hamda  Ruminiya  uchun  

bo’lgan  janglarda  yuzlarcha  jangchilar  hayotini  saqlab  qolgan  Samarqandlik  

Xanifa  Mamatkazina  ham  vatan  oldidagi  xizmatlari  uchun  ikki  marta  “ Qizil  

bayroq”  ordeni, “ III  darajali  Shuhrat”  ordeni  hamda  ikki  marta  “Jasurligi 

uchun”  medallari  bilan  mukofotlandi.

2

  Yuqorida  nomlalri keltirilgan  qizlar  



singari  Ulug’  Vatan  urushida  qahramonlik  ko’rsatgan  ayollar  nomlarini   

ko’plab  keltirish  mumkin. 

 Toshkentlik  Umri  Umarova, meditsina  hamshirasi  Yangiyo’llik  Manzura  

Mastonova,  Kogonlik  hamshira  Muhtarama  Saidjonova,  G’ijduvonlik  hamshira  

Saida Ro’ziyeva,  Bouxorolik  Salomat  Sanginova,  Toshkent  meditsina  instituti 

sobiq  talabalari  Sobira  Majidova,  Nuri  Shokirova,  P’olatoy  Qodirova, Vasila 

Sayfullina,  yosh  tomoshabinlar  teatri  aktyori  Matlab  Muxtorova,  uning  

jangovor  dugonalari  Xosiyat  Usmonova, Saida  Kamolova, Soliha  Davronova, 

Bashorat  Xo’jayeva,  Buxorolik  Munira  G’iyosova  uning  singlisi  Rosiya  

G’iyosova  kabi  urush  jangohlarida  jasorat  ko’rsatgan  qizlar  O’zbekistonliklar  

faxri  bo’lib  hisoblandi.  Ularning  deyarli  barchasi  ko’ngillilar  sifatida  urushga  

ketib,    erkaklar bilan  bir safda dushmandga  qarshi   kurash  olib  bordilar.  

Barchalari  o’zlarining ko’rsatgan  jasoratlari  va  mehnatlariga  yarasha  Vatanimiz   

orden  va  medallari  bilan  mukofotlandi.  Eng  asosiysi  esa  ularning  o’z  

                                                 

1

 Adham Rahmat. Ko’rsatilgan  asar. 98-102  betlar. 



2

 O’sha  joyda  B. 103 

 


Vatanlari  oldidagi burchlarining  bajarishi bo’ldi.   1945  yilning  9  mayida  4  yil 

davom  etgan urush  g’alaba  bilan  tugadi.  

      

Xullas,  urush  yillarida  O’zbekistonlik  xotin-qizlar  ham  fidokorona  



ishtirok  etib,  misli  ko’rilmagan  qahramonliklarni  amalga  oshirdilar.  Bu  esa  

O’zbekistonlik xotin-qizlarning  g’alabaga  qo’shgan  katta  hissasi  edi.  

 


Download 277,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish