Reja: Oktabr to`ntarishidan so`ng Turkistonda xotin-qizlar borasidagi siyosat



Download 30,61 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi30,61 Kb.
#108819
Bog'liq
ozbek xotin qizlarini ozodlikka chiq


O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari.

REJA:
1.Oktabr to`ntarishidan so`ng Turkistonda xotin-qizlar borasidagi siyosat.

2.Hujum harakatining uyushtirilishi uning mohiyati va oqibatlari.

3. 20-30 yillarda xotin-qizlar savodini chiqarish kurslari faoliyati va ularni ishlab chiqarishga jalb etish.
XX-asr 20-yillari ikkinchi yarmida “Hujum” nomi bilan boshlangan harakat o‘z mohiyati bilan o‘zbek xotin-qizlarini tutqunlikdan, paranji zulmatidan ozod qilishga qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xos o‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu ijtimoiy-siyosiy masala hukmron partiya tomonidan hech bir o‘ylanmasdan, mahalliy shart-sharoitlarni, xalqning an’anaviy udumlari, urf-odatlarini e’tiborga olmasdan kutilmagan bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lka hayotida ko‘plab noxush holatlarni keltirib chiqardi.

Malumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Jumladan ular aksariyat hollarda mehnatga tortilmasdan, balki uy-ro‘zg‘or ishlarida band bo‘lishgan va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Sovet hukumati esa o‘zbek xotin-qizlarining bunday turmush tarziga diniy “xurofot” sifatida qarardi. Shu bilan birgalikda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi.

Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o‘zgarishda davom etadi. O`zbek ayollarini paranjidan ozod qilish muhim vazifalardan biri hisoblanardi. Jadidlar rahbarlari F.Xo‘jayev, Fitrat, Cho‘lpon, Avloniylar ham bu masalani hal etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Bu yerda gap faqat paranji tashlash ustida emas, balki xotin-qizlar uchun maxsus klublar, artellar, do‘konlar, savodxonlik kurslari ochish haqida borardi. Bu xildagi tadbirlarning ko‘plab o‘tkazilishi natijasida xotin-qizlar ijtimoiy-foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga tortila boshlagandi. Ammo, ming afsuski, bu dastlabki yutuqlar, xususan, ayollarning jamoat joylariga paranjida kelishlari mustabid to`zumni aslo qoniqtirmasdi.

Shuning uchun ham VKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1926-yil sentabridagi maxsus qarori asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi, oqibatda bu majburiy harakat “Hujum” nomini oldi. Xolisona aytganda, uni o‘zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldilar. Chunki ochiq yurish, yorug‘ olamni ko‘rish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroq bu harakat yuqorida ta’kidlanganidek, nihoyatda shoshma-shosharlik, ma’muriyatchilik yo‘li bilan o‘tkazildi. Bu tadbirlarga hatto erkak kommunistlar ham tayyor emas edilar. Shunga qaramay “Hujum” harakati dastlab ancha yutuqlarga erishib bordi. 1927-yil boshlariga kelib 100 ming ayol paranji tashladi, ming-minglab ayollar korxonalarga, qishloq, tuman kengashlariga, sud tizimiga ishga jalb qilindi. Ular orasidan ko‘plab traktorchilar, brigadirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari yetishib chiqdi. 1927–1928-yillarda “Hujum harakati yanada keng quloch yozdi. Xotin-qizlarni savodsizlikni tugatish kurslariga jalb etish, ularning farzandlari uchun yasli va bog‘chalar ochish tadbirlari ko‘paydi.



Biroq shu bilan birgalikda bu harakat ko‘pgina salbiy oqibatlarning yo`z berishiga ham sabab bo‘ldi. Bu jarayonni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklar, xalqning asriy udumlari, o‘zbek ayollariga xos sharqona odob, axloq tamoyillarining bo`zilishi, bu nozik sohada odamlarning or-nomusini mensimaslik hollari ko‘plab fojeali voqealarni keltirib chiqardi. Joylarda xotin-qizlarni o‘ldirish hollari ko‘plab ro‘y berdi. 1927–1928-yillarda 2,5 mingdan ortiq faol ayollar yovo`z kuchlar qurboni bo‘ldi. Bu borada qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullari o‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. Natijada, hatto 10–15 yashar qizlarni ham erga berib yuborish hollari ro‘y berdi.

Eng achinarlisi shuki, “Hujum” harakatida faol ishtirok etib, unda tashabbuskor bo‘lgan ilg‘or xotin-qizlar keyinchalik stalincha qatag‘onlik qurboni bo‘ldilar. Bunga o‘zbek xotin-qizlari ozodligi kurashining otashin namoyondalari – Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova, Xosiyat Tillaxonova, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova singarilarning fojeali va tahlikali kechgan nochor qismatlari to‘la misol bo‘la oladi.
Download 30,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish