O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 55,34 Kb.
bet12/13
Sana15.04.2022
Hajmi55,34 Kb.
#553155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
alpomishova Shahlo Butunov

8-Misol.
Uskuna jismoniy shikastlangan, ammo u shikastlanishidan oldingi holatdagidek yaxshi ishlamasa ham, hanuz ishlamoqda. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq. Uskuna mustaqil pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi. Uskunani o’z ichiga olgan va boshqa aktivlardan keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlarning eng kichik aniqlanadigan guruhi – uskuna tegishli bo’lgan ishlab chiqarish liniyasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish liniyasining qoplanadigan qiymati shuni ko’rsatadiki, butun ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Faraz 1: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish bo’yicha rahbariyatning hech qanday majburiyatini aks ettirmaydi.
Uskunaning qoplanadigan qiymatining o’zini baholash imkonsizdir, chunki uskunaning foydalanishdagi qiymati:
(a) uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan farq qilishi mumkin; va
(b) faqatgina uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik (ishlab chiqarish liniyasi) uchun aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Shu tufayli, hech qanday qadrsizlanish bo’yicha zarar uskuna uchun tan olinmaydi. Shunga qaramasdan, tadbirkorlik sub’ekti uskuna uchun eskirish davrini yoki eskirishni hisoblash usulini qayta baholashi zarur bo’lishi mumkin. Balki, qisqaroq eskirish davri yoki tezroq eskirish hisoblash usuli uskunaning kutilgan qolgan foydali xizmat muddatini yoki tadbirkorlik sub’ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning o’zlashtirilishi kutilgan holatni aks ettirish uchun talab etiladi.
Faraz 2: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish va uni yaqin kelajakda sotish bo’yicha rahbariyatning majburiyatini aks ettiradi. Uskunaning chiqib ketishiga qadar undan ukluksiz foydalanish bo’yicha pul oqimlari sezilarsiz deb baholangan.
Uskunaning foydalanishdagi qiymatini uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholash mumkin. Shu tufayli, uskunaning qoplanadigan qiymati aniqlanishi mumkin va uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka (ya’ni ishlab chiqarish liniyasiga) hech qanday e’tibor qaratilmaydi. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq bo’lgani tufayli, qadrsizlanish zarari uskuna uchun tan olinadi.
Ushbu talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davrining oxirida gudvilldan tashqari aktiv uchun oldingi davrlarda tan olingan qadrsizlanish bo’yicha zarari bundan buyon mavjud bo’lmasligining yoki kamaygan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligini baholashi lozim. Agarda bunday ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim.
Xulosa

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:


- ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;
- hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);
- fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;
- kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.
Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.
Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo’lib o’tdi.
Prezident mizning PQ-4611-sonli 24.02.2020-yilda qabul qilingan qarori ham Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha bir turtki bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Unda quyidagi bandlar keltirib o’tilgan;
Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (keyingi o‘rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko‘rsatilmagan davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin.
Yuqoridagilar ushbu qarorning ustuvor maqsadlari etib belgilab qo’yildi.
Kurs ishim aktivlar hisobini qadrsizlanishini bilan bog'liq qator masalalarni ko'rib chiqadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Aktivlarni hisobga olish uchun ularning tarkibi va maqsadi xilma -xilligi sababli ularning tasnifi muhim ahamiyatga ega bo'lib, uning asosida aktivlarning qadrsizlanishi va harakati to'g'risida hisobotlar tuziladi, shuning uchun bu turdagi mablag'larni hisobga olish tashkil etiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini amaliyotga joriy qilish va xo’jalik operatsiyalarni xalqaro standartlar asosida hisoblash oldimizda turgan muhim vazifa deb o’ylayman.


Download 55,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish