O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Moddiy bo'lmagan turgan mavjudotlar



Download 55,34 Kb.
bet5/13
Sana15.04.2022
Hajmi55,34 Kb.
#553155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
alpomishova Shahlo Butunov

Moddiy bo'lmagan turgan mavjudotlar


Moddiy bo'lmagan turgan borliqlarning misollari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • mijozlar ro'yxatlari

  • franchayzing shartnomalari

  • ijobiy moliyaviy yoki ijara shartnomalari

  • tovar nomlari

  • tarqatish tarmoqlari

  • patentlar

  • mulkchilik jarayonlari yoki texnologiyasi (yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan narsa)

  • yetkazib beruvchi shartnomalari

  • malakali xodimlar

Moddiy bo'lmagan turgan mavjudotlar bilançolarda ko'rinmaydi, lekin (biznesga bog'liq holda), korxona aktivlarining qiymatini sezilarli darajada tashkil qilishi mumkin.
Assotsiatsiyani moddiy yoki nomoddiy deb tasniflash oddiy jarayon emas. Misol uchun, neft va gaz sanoati neft zaxiralarini rivojlanish bosqichiga qarab moddiy yoki nomoddiy deb tasniflash uchun maxsus hisob-kitob qoidalariga ega, chunki tog'-kon sanoati (masalan, neft koni yoki javhar organi moddiy aktivga aylanmaguncha) tijorat maqsadlarida foydalanishga yaroqli bo'lib, neft va gazni yoki ruda ishlab chiqarishni boshlaydi.
Tovar sanoati sohasidagi aktivlarning qiymati juda katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkin - 2015 yilda neft narxlarining keskin tushib ketishi, masalan, ko'plab neft va gaz kompaniyalari zahiralari qiymatining pasayishi oqibatida aktivlarga nisbatan jiddiy qarama-qarshiliklar olishga majbur qildi.

Obyektlar nisbati


Aktivlar yoki aktivlarni aylanmasining nisbati odatda aktivlarning samaradorligi bo'yicha keng qamrovli ko'rsatkich sifatida qo'llaniladi. Savdo daromadlarini jami aktivlar bo'yicha taqsimlash yo'li bilan hisoblab chiqiladi:
Aktivlar bo'yicha% = Net daromad / Jami aktivlar
2. BHXS(IAS) 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” standartining mazmuni va maqsadi

Mazkur Standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qo’llaniladigan shunday tartiblarni belgilashdan iboratki, bunda uning aktivlari ularning qoplanadiganqoplanadigan qiymatdan ortiq bo’lmagan summada hisobga olinganligi ta’minlanadi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o’zining qoplanadigan qiymatidan ortiq summada hisobga olingan bo’ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan deb hisoblanadi va mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan qadrsizlanish zararini tan olishni talab etadi. Ushbu Standart tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanish zararini qachon qayta tiklashi kerakligini hamda ochib berilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni belgilaydi.


Mazkur standart quyidagilardan tashqari barcha aktivlarning qadrsizlanishini hisobga olishda qo’llanilishi lozim:
(a) tovar-moddiy zahiralar (BHXS 2 «Tovar-moddiy zahiralar” ga qarang);
(b) qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 11 «Qurilish shartnomalari» ga qarang);
(v) muddati kechiktirilgan soliq aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga qarang);
(g) xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 «Xodimlarning daromadlari»ga qarang);
(d) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy aktivlar;
(e) haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulk (BHXS 40 «Investitsion mulk» ga qarang);
(j) chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi» ga qarang);
(z) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta shartnomalari ostida sug’urtalovchining shartnomaviy huquqlaridan yuzaga keladigan muddati kechiktirilgan sotib olish xarajatlari va nomoddiy aktivlar; va
(i) MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlar (yoki chiqib ketish guruhlari).
Mazkur Standart tovar-moddiy zahiralarga, qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlarga, muddati kechiktirilgan soliq aktivlariga, xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlarga, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish guruhlariga kiritilgan) aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi, chunki ushbu aktivlar uchun o’rinli bo’lgan joriy MHXSlar ushbu aktivlarni tan olish va baholashga nisbatan talablarni qamrab oladi.
Mazkur Standart quyidagicha tasniflangan moliyaviy aktivlarga nisbatan qo’llaniladi:
(a) MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» da ta’riflangan sho’’ba tadbirkorlik sub’ektlari;
(b) MHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar» da ta’riflangan qaram tadbirkorlik sub’ektlari; va
(v) MHXS 11 «Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar» da ta’riflangan qo’shma korxonalar.
Boshqa moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo’yicha MHXS 39 ga murojaat eting.
Mazkur Standart MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy aktivlarga, BHXS 40 ning qo’llash doirasidagi haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart MHXS 16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli kabi boshqa Standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatda (ya’ni har qanday keyingi jamg’arilgan eskirish summasi va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlari chegirilgan holda qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatda) hisobga olingan aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Aktivning haqqoniy qiymati bilan uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir.
(a) Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lsa, qayta baholangan aktivning qoplanadigan qiymat uning qayta baholangan qiymatiga yaqinroq, yoki undan ko’proq, bo’ladi. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, qayta baholangan aktiv qadrsizlangan bo’lish ehtimoli mavjud emas va qoplanadigan qiymatning baholanishi shart emas.
(b) Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lmasa, qayta baholangan aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning haqqoniy qiymatidan kamroq bo’ladi. Shu tufayli, qayta baholangan aktiv qadrsizlanadi, agarda uning foydalanishdagi qiymati uning qayta baholangan qiymatidan kamroq bo’lsa. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, tadbirkorlik sub’ekti ushbu Standartni aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun qo’llaydi.
Aktiv qadrsizlangan bo’ladi, qachonki uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatdan oshsa. Agarda ushbu ishoralardan biri mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlash talab etiladi. Standart tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlashni talab etmaydi, agarda qadrsizlanish zararining hech qanday ishorasi mavjud bo’lmasa.
Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishi lozim. Agarda biror bunday ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim.
Qadrsizlanishning har qanday ishorasi mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ekti: (a) noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni yoki hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivni qadrsizlanishga har yili tekshirishi lozim, bunda uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymati bilan taqqoslanadi. Ushbu qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi mumkin, biroq shunday shart bilanki, u har yili bir xil paytda amalga oshiriladi. Turli xil nomoddiy aktivlar turli paytlarda qadrsizlanishga tekshirilishi mumkin. Biroq, bunday nomoddiy aktiv dastlab joriy yillik davrda tan olingan bo’lsa, ushbu nomoddiy aktiv joriy yillik davr oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.
(b) biznes birlashuvida sotib olingan gudvillni har yili qadrsizlanishga tekshirishi lozim.
Nomoddiy aktiv foydalanishda mavjud bo’lgan holatga nisbatan aktiv foydalanishda mavjud bo’lishidan oldingi holatda, nomoddiy aktivning o’z balans qiymatini tiklash uchun yetarli kelgusi iqtisodiy manfaatlar keltirish qobiliyati odatda yuqoriroq noaniqlikka duchor bo’ladi. Shu tufayli, mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivning balans qiymatini, kamida har yili, qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi.
Aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishda, tadbirkorlik sub’ekti, kamida, quyidagi ishoralarni ko’rib chiqishi lozim:
Ma’lumotlarning tashqi manbalari:
(a) shunday kuzatiladigan ishoralar mavjudki, bunda aktivning qiymati vaqt o’tishi yoki me’yoriy foydalanish natijasida kutilishi mumkin bo’lgan kamayishga nisbatan davr mobaynida sezilarli darajada kamaygan.
(b) tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko’rsatadigan texnologik, bozor, iqtisodiy yoki yuridik muhitda yoki aktiv tegishli bo’lgan bozorda davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’ladi.
(v) bozor foiz stavkalari yoki investitsiyalar bo’yicha boshqa bozor foydalilik ko’rsatkichlari davr mobaynida oshdi va ushbu oshishlarning foydalanishdagi aktivning qiymatini hisoblashda qo’llanilgan diskont stavkasiga ta’sir etish hamda aktivning qoplanadigan qiymatini ahamiyatli kamaytirish ehtimoli mavjud.
(g) tadbirkorlik sub’ektining sof aktivlarining balans qiymati uning bozor kapitalizatsiyasidan ko’proqdir.
Ma’lumotlarning ichki manbalari:
(d) aktivning ma’naviy eskirishi yoki jismoniy shikastlanishiga dalil mavjud.
(e) tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar aktivdan foydalanilgan yoki foydalanilishi kutilgan darajada, yoki undan foydalanish holatida, davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’lishi kutiladi. Ushbu o’zgarishlar aktivdan foydalanilmagan holatni, aktiv tegishli bo’lgan faoliyatni to’xtatish yoki qayta tashkil etish rejalarini, aktivni avval kutilgan sanadan oldin hisobdan chiqarish rejalarini va aktivning foydali xizmat muddatini noaniqdan aniq sifatiga qayta baholashni o’z ichiga oladi.
(j) aktivning ishlatilishidan iqtisodiy natijalar kutilganidan salbiyroq bo’lganligini, yoki bo’lishini, ko’rsatadigan dalil ichki hisobot asosida aniqlangan.
(z) sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiya uchun, investor investitsiya bo’yicha dividendni tan oladi va shunday dalil mavjudki, bunda:
- alohida moliyaviy hisobotlardagi investitsiyaning balans qiymati jamlangan moliyaviy hisobotlardagi investitsiya ob’ektining sof aktivlarining, jumladan tegishli gudvillning, balans qiymatlaridan oshadi; yoki
- dividend e’lon qilingan davrda dividend sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining jami umumlashgan daromadidan oshadi.
Tadbirkorlik sub’ekti aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining boshqa ishoralarini aniqlashi mumkin va ular tadbirkorlik sub’ektidan aktivning qoplanadigan qiymatni aniqlashni, yoki gudvill holatida, qadrsizlanish tekshiruvini amalga oshirishni ham talab etishi mumki.
Aktiv qadrsizlangan bo’lish mumkinligini ko’rsatadigan ichki hisobot dalili quyidagilarning mavjudligini o’z ichiga oladi:
(a) aktivni sotib olish bo’yicha pul oqimlari, yoki undan foydalanish yoki uni saqlash uchun keyinchalik zarur bo’ladigan pul mablag’larining dastlab rejalashtirilgan byudjet mablag’laridan sezilarli darajada ko’proq bo’lishi;
(b) aktiv bo’yicha haqiqiy sof pul oqimlarining yoki operatsion foyda yoki zararning rejalashtirilgan byudjet ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli tarzda salbiy bo’lishi;
(v) aktiv bo’yicha rejalashtirilgan sof pul oqimlarining yoki operatsion foydaning sezilarli darajada kamayishi yoki rejalashtirilgan zararning sezilarlai darajada ko’payishi; yoki
(g) joriy davr summalari kelgusi davr uchun rejalashtirilgan summalar bilan jamlanganida aktiv bo’yicha operatsion zararlar yoki sof pul chiqimlari paydo bo’lishi.
Standart noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv yoki hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktiv va gudvill qadrsizlanishga kamida har yili tekshirilishini talab etadi. Masalan, agarda oldingi hisob-kitoblar aktivning qoplanadigan qiymat uning balans qiymatidan sezilarli tarzda ko’proq bo’lganini aks ettirsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu farqni yuqotishi mumkin bo’lgan hech qanday hodisa sodir bo’lmaganda aktivning qoplanadigan qiymatni qayta baholashi zarur emas.
Standart qoplanadigan qiymatni aktivning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i sifatida ta’riflaydi. Ushbu talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi.
Ham chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi aktivning haqqoniy qiymatini ham uning foydalanishdagi qiymatini aniqlash har doim ham zarur emas. Agarda ushbu summalarning biri aktivning balans qiymatidan oshsa, aktiv qadrsizlanmagan bo’ladi va ikkinchi summani baholash zarur bo’lmaydi.

Hattoki ma’lum aktiv uchun faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmasa ham, chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash mumkin bo’ladi. Biroq, ayrim holatlarda chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash imkoniyati bo’lmasligi mumkin, chunki joriy bozor sharoitlarida baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasida aktivni sotish bo’yicha odatiy operatsiyaning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narxni ishonchli baholash uchun asos mavjud bo’lmaydi. Bunday holatda, tadbirkorlik sub’ekti aktivning foydalanishdagi qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanishi mumkin.


Agarda aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan ahamiyatli tarzda oshishiga kutish uchun hech qanday sabab bo’lmasa, aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanish mumkin. Bu ko’p hollarda sotish uchun mo’ljallangan aktiv holatida bo’ladi. Bunga sabab shuki, sotish uchun mo’ljallangan aktivdan uning sotilishiga qadar uzluksiz foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari sezilarsiz bo’lish ehtimoli tufayli, aktivning foydalanishdagi qiymati asosan sotishdan olinadigansof tushumlardan tashkil topadi.
Alohida aktiv boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmagan holatdan tashqari holatlarda, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun aniqlanadi. Agarda ushbu holat yuz bersa, qoplanadigan qiymat aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun aniqlanadi, bunda:
(a) aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan ko’proq bo’lmaguncha; yoki
(b) aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholanishi va chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati baholanishi mumkin bo’lmaguncha.

Download 55,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish