O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 55,34 Kb.
bet6/13
Sana15.04.2022
Hajmi55,34 Kb.
#553155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
alpomishova Shahlo Butunov

1-misol.
Kompaniya o’zining balans qiymati 100000 sh.b. bo’lgan asosiy vositasining qadrsizlanishi belgilarini aniqladi va uning qoplanadigan qiymatini aniqladi. Asosiy vositaning haqqoniy qiymati sotish xarajatlarini chigirib tashlagandan so’ng 80000 sh.b. ni tashkil qiladi. Kompaniya bu vositani yaqin davrda sotmoqchi emas va uning haqqiniy qiymati foydalanish davrida o’sib boradi deb hisoblamoqda.
Bunday holatda kompaniya foydalanish orqali olinadigan qiymatni e’tiborga olib qoplanadigan qiymatni haqqoniy qiymatdan (sotish xarajatini va foydalanish qimmatini chegirgandan so’ng) yuqori deb qaraydi. Faraz qilaylik, foydalanish qiymati ortishi evaziga 105000 sh.b.ni tashkil qiladi. Bunday holatda aktiv qadrsizlanmagan hisoblanadi va balans qiymatida baholanadi. Noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni uning balans qiymatini uning qoplanadigan qiymatga qiyoslash orqali har yili qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi, bunda u qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Biroq, bunday aktivning qoplanadigan qiymatining bevosita oldingi davrda amalga oshirilgan eng yaqin batafsil hisob-kitobi joriy davrda ushbu aktiv uchun qadrsizlanish tekshiruvida qo’llanilishi mumkin, bunda quyidagi barcha mezonlar qanoatlantirilgan holda:
(a) agarda nomoddiy aktiv uzluksiz foydalanishda boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmaganda va shu tufayli u tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi sifatida qadrsizlanishga tekshirilganda, ushbu birlikni tashkil etadigan aktivlar va majburiyatlar qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobidan buyon sezilarli tarzda o’zgarmagan;
(b) qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobi aktivning balans qiymatidan sezilarli tafovut bilan oshgan summaga olib kelgan; va
(v) qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobidan buyon sodir bo’lgan hodisalar va o’zgargan holatlar tahliliga asoslangan holda, joriy qoplanadigan qiymat aktivning balans qiymatidan kamroq bo’lishi mumkinligining ehtimoli kamroq.
Majburiyatlar sifatida tan olinganlardan tashqari chiqib ketish xarajatlari - chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholashda chegiriladi. Bunday xarajatlarga misollar yuridik xarajatlarni, gerb yig’imlarini va shunga o’xshash operatsiya soliqlarini, aktivni yo’qotish xarajatlarini hamda aktivni uning sotilish sharoitiga keltirish uchun bevosita qo’shimcha xarajatlarni o’z ichiga oladi. Biroq, ishdan bo’shashda olinadigan nafaqa (MHXS 19 da ta’riflangandek) va aktivni sotishdan so’ng biznesni qisqartirish yoki qayta tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar aktivni chiqib ketishi bo’yicha bevosita qo’shimcha xarajatlar hisoblanmaydi.
Quyidagi jihatlar aktivning foydalanishdagi qiymatini hisoblashda aks ettirilishi lozim:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining baholanishi;
(b) ushbu kelgusi pul oqimlarining summasidagi yoki muddatidagi ehtimoliy o’zgarishlar bo’yicha kutishlar;
(v) joriy bozor xatardan-holi foiz stavkasi orqali aks ettirilgan holda, pulning vaqtdagi qiymati;
(g) aktivga xos bo’lgan noaniqlik uchun narx; va
(d) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarini narxlashda bozor ishtirokchilari aks ettiradigan boshqa omillar, masalan nolikvidlilik.
Aktivning foydalanishdagi qiymatini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanish va uning yakuniy chiqib ketishi orqali yuzaga keladigan kelgusi pul kirimlari va chiqimlarini baholash; va
(b) ushbu kelgusi pul oqimlariga nisbatan o’rinli diskont stavkasini qo’llash.
Foydalanishdagi qiymatni baholashda tadbirkorlik sub’ekti:
(a) pul oqimi rejalarida o’rinli va tasdiqlangan farazlarga asoslanishi lozimki, bunda ushbu farazlar aktivning qolgan foydali xizmat muddati davomida mavjud bo’ladigan bir qator iqtisodiy sharoitlar bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi bahosini aks ettiradi. Ko’proq e’tibor tashqi dalilga qaratilishi lozim.
(b) pul oqimi rejalarida rahbariyat tomonidan tasdiqlangan eng yaqin oradagi moliyaviy byudjedlarga/loyihalarga asoslanishi lozim, ammo kelgusi qayta tashkil etilishlardan yoki aktivdan foydalanishni yaxshilashdan yoki takomillashtirishdan yuzaga kelishi kutilgan har qanday baholangan kelgusi pul kirimlarini yoki chiqimlarini inobatga olmasligi lozim. Ushbu byudjedlarga/loyihalarga asoslangan rejalar eng ko’pi bilan besh yillik davrni qamrab olishi lozim, bunda uzoqroq davr asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.
(v) eng yaqin oradagi moliyaviy byudjedlarda/loyihalarda qamrab olingan davrdan tashqari pul oqimi rejalarini keyingi yillar bo’yicha barqaror yoki kamayuvchi o’sish sur’atini qo’llagan holda byudjedlarga/loyihalarga asoslangan rejalarni kengaytirish orqali baholashi lozim, bunda o’suvchi sur’at asoslanishi mumkin bo’lmaguncha. Ushbu o’sish sur’ati tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko’rsatadigan mahsulotlar, sohalar, yoki mamlakat yoki mamlakatlar bo’yicha, yoki aktiv foydalaniladigan bozor bo’yicha uzoq muddatli o’rtacha o’sish sur’atidan oshmasligi lozim, bunda yuqoriroq sur’at asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.
Kelgusi pul oqimlarining baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarining rejalari;
(b) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarini yuzaga keltirish uchun zaruriy tarzda sarflangan (jumladan aktivni foydalanishga tayyorlash uchun pul chiqimlari) va aktivga o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan pul chiqimlarining rejalari; va
(v) aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan (yoki to’lanadigan) sof pul oqimlari, agarda mavjud bo’lsa.
Kelgusi pul oqimlarining va diskont stavkasining baholanishi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlari bo’yicha mos farazlarni aks ettiradi. Shu tufayli, agarda diskont stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z ichiga olsa, kelgusi pul oqimlari nominal summalarda baholanadi. Agarda diskont stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z ichiga olmasa, kelgusi pul oqimlari real summalarda baholanadi (ammo kelgusi muayyan narx o’sishlari yoki kamayishlarini o’z ichiga oladi).
Pul chiqimlarining rejalari aktivni saqlash bo’yicha kunlik xarajatlarni hamda aktivdan foydalanishga nisbatan o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan kelgusi ustama xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Qachonki aktivning balans qiymati u foydalanishga yoki sotuvga tayyor bo’lishidan oldin sarflanadigan barcha pul chiqimlarini hali to’liq o’z ichiga olmaganda, kelgusi pul chiqimlarining baholanishi aktiv foydalanishga yoki sotuvga tayyor bo’lishidan oldin sarflanishi kutilgan har qanday navbatdagi pul chiqimlarining baholanishini o’z ichiga oladi. Masalan, bu qurilish ostida bo’lgan bino yoki hali tugallanmagan ishlab chiqish loyihasi holatida bo’ladi.
Ikkita marta hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun, kelgusi pul oqimlarining baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:
(a) ko’rib chiqilayotgan aktivdan keladigan pul kirimlardan ko’proq tarzda mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlardan keladigan pul oqimlari (masalan, debitorlik qarzlari kabi moliyaviy aktivlar); va
(b) majburiyatlar sifatida tan olingan javobgarliklarga tegishli pul chiqimlari .

Download 55,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish