O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Epoksid kompaundidan tayyorlangan voronkada kabellarning zadelkasi



Download 9,63 Mb.
bet35/104
Sana16.03.2022
Hajmi9,63 Mb.
#493240
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
Elektrik tayyor tuplam

2. Epoksid kompaundidan tayyorlangan voronkada kabellarning zadelkasi


Uchlariga epoksidli ishlov berish oddiyligi, yaxshi germetiklikni va kimyoviy turg’unlikni tahminlashi, shuningdek yuqori elektrik va mexanik mustahkamligi bilan farq qiladi, bu ularni chinni vtulkalarsiz va himoyalovchi metall kojuxsiz tayyorlashga imkon beradi. SHu bilan birga ular yong’in chiqishi jihatdan xavfsiz va issliqlikka chidamli; bunday voronkalarning ish temperaturasi – 50 dan dan +90 S gacha. Ular umumiy KVE tipaviy belgilarga va har qanday xonalar ichida,shuningdek tashqi elektr qurilmalarida kuchlanish izolyatsiya 10 kV gacha bo’lgan kuch kabellarning izolyatsiya uchlariga ishlov berishda ishlatiladi. Tashqi elektr qurilmalarida ishlatilganda ularga atmosfera yog’inlari va quyosh nuri bevosita tahsir etmasligi shart.


Ishlov berishda(zadelkada) epoksidli korpus Kabelg’ uchiga vaqtincha kiygiziladigan qolipga qo’yilgan epoksid kompaund qotgandan keyin hosil bo’ladi. Korpus konssimon voronka ko’rinishiga ega.
KVE tipidagi (3–rasm) epoksid korpusli konussimon shakldagi zadelkalar quyidagicha tayyorlanishi mumkin:
KVEn (3–rasm, a) – quruq xonalarda ishlatish uchun tomirlarda nayrit rezinasidan tayyorlangan naychali;
KVEd (3–rasm, b) – zax xonalarda va tropik hamda subtropik iqlimli tumanlarda ishlatish uchun, tomirlari ikki qatlamli (pastki qatlami polivinilxlorid, ustkisi–polietilendan ishlangan) naycha ichiga olingan;
KVEp (3–rasm, v) – zadelkaning korpusi ichida kabelning tomirlariga kavsharlangan korpusdina izolyatsion simlar chiqarilgan, KVEd tipidagi zadelka faqat tomirlarning kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan ko’p simli kabellar uchun;
KVEz (3–rasm, g) – bir simli tomilari nayrit rezinasidan ishlangan naycha ichiga olingan va KVEd tipidagi zadelkalar sharoitida foydalanish uchun epoksid korpus ichida “qulf” qurilmasi bor, faqat tomirlarining kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan bir simli kaballar uchun.

3–rasm. Kabellarning uchlariga epoksidli zadelka qilish :



a – KVEn, b – KVEd, v – KVEp, g – KVEz; 1 – uchlik, 2 – bandaj yoki xomut, 3 – nayrit rezinasidan naycha, 4 – zavod izolyatsiyasi o’ralgan tok o’tkazuvchi tomir, 5epoksid kompaundidan korpus, 6 – belbog’ izolyatsiyada dag’al ipdan bandaj, 7 – kabelg’ qobig’i, 8 – ikki qatlamli o’ram, 9 – yerga ulanadigan simning sim bandaji, 10 – yerga ulanadigan sim, 11 – epoksid kompaundi surtilgan paxta ipi tasmasidan o’ram, 12 – ikki qatlamli naycha, 13izolyatsiyalangan sim, 14 – tomirlar kavsharlab ulangan joyi, 15 – yopishqoq polivinilxlorid tasmasidan o’ram, 16 – tomirning ochilgan qismi.

Qayd qilingandan tashqari quyida epoksid korpussiz, lekin epoksid kompaundi bilan yelimlangan paxta ipi lentasidan podmotka qilingan KVEo zadelkasi ham qo’llaniladi; zadelkalar kuchlanish 1 kV gacha bo’lgan bir tomirli kabellarning uchlariga KVEN va KVEd tipidagilar kabi ishlov berish sharoitlaridan foydalanishga mo’ljallangan. Zadelkalar kabellarga ishlov berilgandan keyin montaj qilinadi, bu ishni ilgari keltirilgan, kabellarni muftalarda ulash uchun ularning ishlov berishdagi umumiy ko’rsatmalariga mos holda bajariladi.


KVEn zadelkasini montash qilish da tomirlarga germetiklaydigan nayrit rezinasidan naycha kiygizilayotganda ularning izolyatsiyasi buralib ketmasligi uchun Kabelg’ tomirlariga yopishqoq polivinilxlorid tasma orasini ochiq qilib o’rab chiqiladi. Nayrit rezinasidan tayyorlangan naychaning epoksid korpusida quyilishi lozim bo’lgan uchining ichki va tashqi sirti atseton yoki benzin bilan artib yog’sizlantiriladi, so’ngra 5–6 min. o’tgandan keyin (erituvchi uchib ketgandan so’ng) yog’sizlantirilgan yuzalar egov yoki pichoq bilan g’adir–budir qilinadi. Naychaning uchlikka kiygiziladigan boshqa uchlikka kiydiriladigan uchining faqat ichki tomoniga xuddi shunday ishlov beriladi, undan keyin naychaning ikkala uchining sirtlariga yupqa qatlam qilib epoksid kompaundi surtiladi.
Nayrit rezinasidan tayyorlangan naycha tomirlar izolyatsiyasiga oson kirishi uchun ularning qog’oz izolyatsiyasiga polivinilxlorid loki suriladi. Undan keyin tomirlarga naycha kiydiriladi, vaqtincha ularni kabelning chetiga surib qo’yiladi va tomirlarning uchlariga uchliklar kiydiriladi. Keyin tomirlar qog’oz izolyatsiyasining kesilgan joyi bilan uchliklar orasida hosil bo’lgan oraliqqa lentaning paxta ipi tolasidan to’qilgan tasma o’raladi.

Epoksidli KvEn, KvEd, KvEp va VKEz zadelkalarini montaj qilish


uchun kabellarga ishlov berish o’lchamlari
1–jadval

Zadelkalarning tip o’lchamlari

O’lchamlari, mm (4–rasm)

KVEn–1, KVEd–1

J+50

35

15





KVEn–2, KVEn–3, KVEn–4
KVEd–2, KVEd–3, KVEd–4

J+55

35

20





KVEn–5, KVEn–6, KVEn–7
KVEn–8, KVEn–9, KVEn–10
KVEd–5, KVEd–6, KVEd–7
KVEd–8, KVEd–9, KVEd–10

J+70

50

20





KVEp–1, KVEP–2
KVEp–3, KVEP–4
KVEp–5, KVEP–6
KVEp–7

170
210
240
245

35
50
50
50

20
20
20
20

40
45
50
55






KVEz–1
KVEz–2, KVEz–3
KVEz–4, KVEz–5

J+55

35

20



90
95
120

Eslatma: 1. Kabellarning tomirlariga ishlov berish uzunligi (J–o’lchami) tutashtirilish sharoitiga qarab qabul qilinishi kerak, lekin kuchlanish 1 kV gacha bo’lganda 150 mm dan, 6 kV bo’lganda 250 mm dan, 10 kV bo’lganda 400 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
2. KVEn, KVEd, KVEz tipidagi zadelkalar uchun G o’lcham tomirlarga ishlov berish usuli bilan aniqlanadi.

Buning uchun avval tasmaning har bir o’ramiga yaxshilab epoksid kompaundi surtiladi. Bu qism tekislangandan keyin uchlikning tsilindrik qismiga nayrit rezinadan tayyorlangan naycha uchlikka kuch bilan itarib kiritiladigan yo’g’onlikda lenta o’raladi. Naycha uchlikda to’qali metall kamarcha yoki yigirilgan ipning bir necha o’ramidan tayyorlangan bandaj bilan bog’lab mahkamlanadi. Qobiq pog’onasi va kabelning ishlov berilayotgan uchi tomonidagi zirhning ustki qismi atseton yoki benzin bilan yog’sizlantiriladi, keyin epoksid kompaundi yaxshi yopishishi uchun sirti yirik tishli egov bilan egovlanib, g’adir–budir qilinadi; qobig’iga va zirhiga ikki qatlam epoksid kompaundi yaxshilab surtilgan paxta ipidan tayyorlangan tasma o’raladi.


Kabelning ishlov berilgan uchiga polivinilxlorid yoki viniplast listidan konus shaklida o’ralgan rezina bog’langan olinadigan qolip o’rnatiladi. Qolipni ish joyida mavjud materiallar, masalan karton, tunuka yoki list po’latdan ham foydalanish mumkin. Lekin, bunday materiallardan tayyorlangan qolipni o’rnatishdan oldin uning ichiga, epoksid kompaundi qotgandan keyin ularni ajratib olish oson bo’lishi uchun, yupqa qatlam transformator moyi, solidor yoki texnik vazelin surtiladi.
Qolipda tomirlarning o’zaro to’ri joylashganligi va tomirlar bilan uning qirralari orasidagi masofada tekshiriladi; tomirlar qolipdan chiqqanda (kompaund qotgandan keyin voronka korpusidan chiqqanda) bir–biridan va qolip chetidan bir xil, lekin kamida 7 mm, masofada bo’lishi kerak.
Kompaund qolipga uzluksiz oqim tarzida lozim bo’lgan sathgacha quyiladi. Kompaundning ketish jarayoni (polimerlanish) tamom bo’lgandan keyin kabelning ichidan qolip chiqarib tashlanadi, hosil bo’lgan epoksid korpus yoriqlar, uchib singan, tok o’tkazuvchi tomirlarning ochilib qolgan qismlari va kabelga kuchlanish berishga xalaqit beradigan boshqa nuqsonlari yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun yaxshilab ko’zdan kechiriladi.
KVEd, KVEp va KVEz kabellar uchidagi voronkalar ham KVEn voronkasi kabi tayyorlanadi, lekin ular asosan ishlatiladigan materiallar nomenklaturasi, kabellarning tok o’tkazuvchi tomirlarini epoksid korpusidan chiqarish usuli va montaj qilish ayrim operatsiyalarini bajarish usuliga qarab undan farq qiladi.

Download 9,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish